Xitoy yulduz turkumlari – xitoychada: xīngxiù, Pinyin xīngxiù, anʼanaviy Xitoy madaniyatida tilga olingan guruhlarda tashkil etilgan yulduzlardir. Ular qadimgi yunon astronomiyasiga asoslangan zamonaviy burjlardan juda farq qiladi. Oʻxshashliklar faqat maʼlum guruhlarda mavjud, masalan, Ursa Major va Orion.
Shakllanish va evolyutsiya
Yunon astronomiyasining asosini tashkil etgan Bobil va Misr astronomiyasi Quyoshni kuzatish, uning quyosh chiqishidan oldin va quyosh botgandan keyin yulduzlarga nisbatan joylashishini solishtirishga asoslangan edi. Bu yil davomida Quyosh harakatlanadigan yulduzlar orqali burjlar paydo boʻlishiga olib keldi.
Qadimgi Xitoyda osmonni kuzatganlar, diqqat markazini qutbiy yulduzga qaratishgan va yulduzlarni unga nisbatan joylashganiga qarab boʻlishgan: shimoliy qutb atrofida doimo koʻrinadigan uchta osmon (xitoycha anʼanaviy 三垣, pinyin Sān Yuán) va oy harakati bilan muvofiq boʻlgan zodiak guruhini oylarga ajratgan 28 yulduz manzili (xitoycha anʼanaviy 二十八宿, pinyin Èrshíbā Xiù). Bu oy manzillari hindistonlik Nakshatra tizimiga oʻxshaydi, va ayni paytda 27 nakshatra klassik roʻyxatidan farq qiladi.
Shimoliy burjlar va asterizmlar
Dunyoning shimoliy qutbi atrofidagi osmon xitoylik astronomlar tomonidan uchta osmon (qirolliklar, inglizcha versiya: devorlar)ga boʻlingan boʻlib: Binafsha taqiqlangan osmon (xitoycha anʼanaviy 紫微垣, pinyin Zǐ Wēi Yuán), Oliygoh saroyi osmoni (xitoycha anʼanaviy 太微垣, pinyin Tài Wēi Yuán) va Samoviy bozor osmoni (xitoycha anʼanaviy 天市垣, pinyin Tiān Shì Yuán). Qadimgi xitoyliklar nuqtai nazaridan, Binafsha taqiqlangan osmon osmonning oʻrtasida joylashgan va boshqa barcha yulduzlar bilan oʻralgan. Oliygoh saroyi osmoni sharqda va shimolda, Samoviy bozor osmoni esa gʻarbda va janubda joylashgan. Uchta osmon yulduz turkumlaridan iborat „devorlar“ bilan boʻlingan.
Oyning 28 ta joyi
28 ta oy stantsiyalari toʻrtta belgiga birlashtirilgan, ularning har biri asosiy yoʻnalish bilan bogʻliq va yettita oy stantsiyasini oʻz ichiga oladi.
Zodiakning to'rtta belgisi (四象) Oy to'xtash joyi (宿) № Nomi (pinyin) Transkripsiya, Tarjima Yulduz FaslOsmon-rang AjdarhoSharq(東方青龍) 1 角 (Jiăo) Jiao, Shox α Vir Bahor 2 亢 (Kàng) Kan, Bo'yin κ Vir 3 氐 (Dĭ) Di, Ildiz α Lib 4 房 (Fáng) Fan, Xonagoh π Sco 5 心 (Xīn) Sin, Yurak σ Sco 6 尾 (Wěi) Vey, Dum μ Sco 7 箕 (Jī) Tsi, Qamchi γ SgrQora ToshbaqaShimol(北方玄武) 8 斗 (Dǒu) Dou, Cho'mich φ Sgr Qish 9 牛 (Niú) Nyu, Buqa β Cap 10 女 (Nǚ) Nyuy, Sumbula ε Aqr 11 虛 (Xū) Syuy, Bo'shliq β Aqr 12 危 (Wēi) Vey, Tom tarnovi α Aqr 13 室 (Shì) Shi, Chodir α Peg 14 壁 (Bì) Bi, Devor γ PegOq yo'lbarsG'arb(西方白虎) 15 奎 (Kuí) Kuy, Son (Boldir) η And Kuz 16 婁 (Lóu) Lou, Qoziq β Ari 17 胃 (Wèi) Vey, Oshqozon ε Ar 18 昴 (Mǎo) Mao, Soch va bosh 17 Tau 19 畢 (Bì) Bi, To'r ε Tau 20 觜 (Zī) Tsi, Toshbaqa λ Ori 21 參 (Shēn) Shen, Uchta yulduz ζ OriQizil qushJanub(南方朱雀) 22 井 (Jǐng) Tzin, Quduq μ Gem Yoz 23 鬼 (Guǐ) Guy, Jin θ Cnc 24 柳 (Liǔ) Lyu, Majnuntol δ Hya 25 星 (Xīng) Sin, Yulduz α Hya 26 張 (Zhāng) Chjan, Ochiq to'r υ¹ Hya 27 翼 (Yì) I, Qanot α Crt 28 軫 (Zhěn) Chjen, Arava γ Crv Janubiy burjlar va asterizmlar
Dunyoning janubiy qutbi atrofidagi osmon qadimgi Xitoyda maʼlum emas edi va u uchta devor va 28 oy manzillariga kiritilmagan. Min imperiyasi oxiriga kelib, Xu Guangqi ellinistik yulduz xaritalari asosida yana 23 yulduz turkumini kiritdi.
№Xitoycha nomi (pinin)Transkripsiya TarjimaYulduzlar soniYulduz turkumi g'arbiy zodiak1海山Sayoz6Sentavr/Pashsha/Yelkan2十字架Xoch4Janubiy Xoch3馬尾Ot yoli3Sentavr4馬腹Ot qormi3Sentavr5蜜蜂Asalari4Pashsha6三角形Uchburchak3Janubiy uchburchak7異雀G'alati qush9Jannat qushi/Oktant8孔雀Tovus11Tovus9波斯Fors11Hindu/Teleskop10蛇尾Ilon dumi4Oktant/Janubiy Gidra11蛇腹Ilon Qorni4Janubiy Gidra12蛇首Ilon boshi2Janubiy Gidra/To'r13鳥喙Qush tumshug'i7Tukan14鶴G'oz12G'oz/Tukan15火鳥Olovli qush10Feniks/Haykaltarosh16水委Suv toshqini3Eridan/Qaqnush17附白Oq klaster2Janubiy Gidra18夾白Oq dog'2To'r/Oltin baliq19金魚Oltin baliq5Oltin baliq20海石Dengiz marjoni5Kil21飛魚Uchuvchi qush6Uchuvchi qush22南船Janubiy kema5Kil23小斗Kichik cho'mich9Xameleon
IAU yulduz turkumlari bilan yozishmalar
Quyidagi roʻyxatda IAU tomonidan qabul qilingan yulduz turkumlarining Xitoy tizimiga muvofiqligi koʻrsatilgan.
Andromeda (仙女座) Jannat qushi (天燕座) Suvsar (寶瓶座) Burgut (天鷹座) Qurbonlik (天壇座) Xamal (白羊座) Ot arava (御夫座) Cho'pon(牧夫座) Jirafa(鹿豹座) Qisqichbaqa(巨蟹座) It(獵犬座) Katta it(大犬座) Kichik it(小犬座) Tog' echkisi(摩羯座) Kil(船底座) Kassiopeya(仙后座) Tsentavr(半人馬座) Tsefey(仙王座) Kit(鯨魚座) Xamelion(蝘蜓座)
Kabutar(天鴿座) Veronika Sochlari(后髮座) Janubiy Toj(南冕座) Shimoliy Toj(北冕座) Qarg'a(烏鴉座) Jom(巨爵座) Janubiy Xoch(南十字座) Oq qush(天鵝座) Delfin(海豚座) Oltin baliq(劍魚座) Ajdarho(天龍座) Kichkina toychoq(小馬座) Eridan(波江座) Tandir(天爐座) Egizaklar(雙子座) G'oz(天鶴座) Gerkules(武仙座) Gidra(長蛇座) Janubiy Gidra(水蛇座) Hindu(印第安座)
Kaltakesak(蝎虎座) Arslon(獅子座) Kichik arslon(小獅座) Quyon(天兔座) Tarozi(天秤座) Bo'ri(豺狼座) Shohol(天貓座) Lira(天琴座) Mikroskop(顯微鏡座) Yakkashox(麒麟座) Pashsha(蒼蠅座) Oktant(南極座) Ilonegasi(蛇夫座) Orion(獵戶座) Tovus(孔雀座) Pegas(飛馬座) Persey(英仙座) Feniks(鳳凰座) Baliq(雙魚座) Janubiy baliq(南魚座)
Korma(船尾座) Kompas(羅盤座) To'r(網罟座) Nayza(天箭座) O'q otar(人馬座) Chayon(天蝎座) Haykaltarosh(玉夫座) Qobiq(盾牌座) Ilon(巨蛇座) Sekstant(六分仪座) Buqa(金牛座) Teleskop(望远镜座) Uchburchak(三角座) Janubiy Uchburchak(南三角座) Tukan(杜鵑座) Latta ayiq(大熊座) Kichik ayiq(小熊座) Yelkan(船帆座) Sumbula(室女座) Uchar baliq(飛魚座)
Manbalar
Turkum:Astrologiya