Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari – Ozarbayjon Respublikasida joylashgan ommaviy axborot vositalarini anglatadi. Televideniye, jurnallar va gazetalar davlat hamda notijorat korporatsiyalari tomonidan boshqariladi. Ular reklama, obuna va boshqa savdo bilan bogʻliq daromadlar hisobiga faoliyat yuritadi.
Tarixi thumb|"Ekinchi" gazetasining birinchi soni Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari va matbuoti tarixi bir necha bosqichlardan iborat: 1832-yildan boshlanib, 1917-yilgacha davom etgan chor Rossiyasi hukmronligi ostida nashr etilgan matbuot, 1918—1920-yillarda Ozarbayjon Demokratik Respublikasi davridagi matbuot, 1920-yildan 1991-yilgacha Sovet Ittifoqi davridagi matbuot, muhojirlik matbuoti va mustaqillikdan hozirgi kungacha boʻlgan matbuot.
Qonunchilik bazasi Soʻz erkinligi va axborotdan foydalanish boʻyicha qonunchilik bazasiga Ozarbayjon Konstitutsiyasi, Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonun va Axborot olish huquqi toʻgʻrisidagi qonun kiradi.
Ommaviy axborot vositalari Ozarbayjonda bosma va radioeshittirish ommaviy axborot vositalari asosan davlatga tegishli yoki hukumat tomonidan subsidiyalanadi. Mulkchilikning shaffofligi qonun bilan taʼminlangan. Ozarbayjonda 9 ta milliy telekanal, 12 dan ortiq mintaqaviy telekanal, 25 ta radiokanal, 30 dan ortiq kundalik gazetalar mavjud.
Bosma nashr vositalari Ozarbayjonda rasman 3500 ta matbuot roʻyxati qayd etilgan. Ularning aksariyati ozarbayjon tilida nashr etilgan. Qolgan 130 tasi rus (70), ingliz (50) va boshqa tillarda (turk, fransuz, nemis, arab, fors, arman va boshqalar) nashr etilgan.
Manbalar
Turkum:Ommaviy axborot vositalari Turkum:Ozarbayjon OAV shirkatlari