Igor Nikolayevich Kudrenko (; 1978-yil 13-noyabr) – qirgʻizistonlik sobiq futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan va futbol murabbiyi. Qirgʻiziston terma jamoasida oʻynagan. 1999-yil Qirgʻizistonning eng yaxshi futbolchisi. Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi katta murabbiyi.
Klub karerasi U 1994-yilda Bishkekning „Alga“ tarkibida kattalar oʻrtasidagi musobaqalarda qatnasha boshladi. 1996-yilda Bishkekning "Dinamo" jamoasiga oʻtdi va u bilan birga Qirgʻizistonning uch karra chempioni (1997, 1998, 1999) boʻlgan. 1999-yilgi mavsum oxirida u mamlakatning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan.
2000-yildan Qozogʻistonning yuqori divizion klublari, SSKA-Qayrat, Qayrat, Vostok, Jetisu, Yesil (Koʻkchetav) jamoalarida oʻynagan. U Qozogʻiston oliy ligasida jami 96 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan. „Qayrat“ tarkibida 2001-yil Qozogʻiston kubogi gʻolibi boʻlgan. Qozogʻistondagi oʻtkazgn yillari davomida u shu davlat fuqaroligini ham olgan.
2004 va 2006—2009 yillarda Qirgʻizistonning "Dordoy-Dinamo" klubida oʻynab, koʻp marotaba chempion va Qirgʻiziston kubogi sohibiga aylangan. 2014—2015-yillarda „Alga“ jamoasining futbolchilar tarkibiga kiritilgan.
Milliy jamoadagi faoliyati Qirgʻiziston terma jamoasidagi debyut uchrashuvini 2000-yilning 25-may kuni Livanga qarshi oʻtkazgan. U oʻzining birinchi golini toʻrtinchi oʻyinida, 2001-yilning 30 yanvarida Tailandga qarshi oʻyinda kiritdi. Hammasi boʻlib 2000-—2008-yillar davomida u 25 ta oʻyinda qatnashib, bitta gol urgan.
Qirgʻiziston olimpiya terma jamoasi aʼzosi sifatida 2006-yili Qatarda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida 23 yoshdan oshgan uch nafar futbolchidan biri sifatida ishtirok etgan.
Murabbiylik karerasi 2010-yildan „Dordoy-2“ va „Alga“ klublari murabbiylar shtabida ishlagan. 2014-yildan Qirgʻiziston terma jamoasi murabbiylar shtabida, bosh murabbiy yordamchisi, texnik va sport direktori lavozimlarida ishlagan. 2016-yilda yoshlar jamoasida Mirlan Eshenovga yordam berdi.
2017-yilda buyon Qirgʻiziston olimpiya (23 yoshgacha) terma jamoasini boshqargan. Indoneziyada boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Osiyo oʻyinlarida uning qoʻl ostidagi jamoa uchta oʻyinda bir ochko jamgʻarib, guruhdan chiqa olmadi.
2018-yildan boshlab u "Dordoy" jamoasida bosh murabbiy Aleksandr Krestininning yordamchisi sifatida ham ishlagan.
2024-yil 10-iyundan Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi katta murabbiyi.
Shahsiy hayot Uylangan, ikki farzandi bor.
Manbalar
Havolalar
Igor Kudrenko Dordoy saytida
Turkum:13-noyabrda tugʻilganlar Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qirgʻizistonlik erkak futbolchilari Turkum:FC Dordoy Bishkek futbolchilari Turkum:Oqjetpes klubi futbolchilari Turkum:Jetisu klubi futbolchilari Turkum:FC Vostok futbolchilari Turkum:Qayrat klubi futbolchilari Turkum:FC Alga Bishkek futbolchilari Turkum:Qirgʻiziston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:Qirgʻizistonlik futbol murabbiylari Turkum:Qirgʻizistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FC Dinamo MVD Bishkek futbolchilari Turkum:CSKA Olmaota klubi futbolchilari Turkum:Qirgʻizistonda yilning eng yaxshi futbolchisi