Oila uchun – NGM tomonidan suratga olingan, birinchi qismi 2021-yil 20-fevralda namoyish etilgan, rejissyor Serkan Birinji tomonidan boshqarilgan, ssenariysi Gul Abus Semerji tomonidan yozilgan drama, oʻsmirlik va romantika janridagi turk teleserialidir Bosh rollarni Jelil Nalchakan, Juneyt Mete, Simge Selchuk, Yigit Kochak, Halit Oʻzgur Sari, Onur Seyit Yaran, Fadik Sevin Atasoy, Ahu Yagʻtu va Su Burju Yazgi Joshkun ijro etgan. 4 fasldan iborat boʻlgan serial, 2024-yil 8-iyunda efirga uzatilgan 132-qismi bilan final qilib yakunlangan.

Mavzusi

Hayotning qarshilariga chiqargan barcha muammolarni birgalikda yengib oʻtishga urinayotgan, hech narsaga qaramay ajralmay, bir-birlaridan kuch olgan toʻrt aka-ukaning boshidan kechirgan qiyinchiliklari va muhabbatlari haqida hikoya qilinadi.

Prodakshn

Texnik guruh Serial rejissyori Serkan Birinji, prodyuserlari Nazli Hepturk, Ugʻur Turkmen va Goʻkhan Erkaldir. Ssenariy guruhi Gul Abus Semerji, Melis Veziroʻgʻli Yilmaz va Mert Merichlidan iboratdir.

Serialning kinooperatori Vedat Dikmetash, rejissyor yordamchisi Eda Aksoy Giritlioʻgʻi, ikkinchi rejissyor Neshe Kelsoy, badiiy rahbar Burchak Demet Danyal va chiroq ustasi Bilgehan Perchindir. Fantaziyasi Ogun Kichikoʻgʻli tomonidan qilingan.

Serialning ijrochi prodyuseri Resul Oʻzkaya, koordinatori esa Hilal Duygu hisoblanadi. Serialning rol berish boʻyicha rejissyori Sema Hatun Bilmish hisoblanadi.

Suratga olish joylari Serial Istanbulning turli joylarida, asosan, Fatihda suratga olingan. Serialdagi makonlardan biri boʻlgan Ataman kolleji uchun Eyupsultandagi Xususiy Kemerburgaz Bilim Maktabi ishlatiladi.

Saundtrek albomi Serial musiqalarini oʻz ichiga olgan saundtrek albomi 2021-yil 18-iyun kuni chiqarilgan. Musiqalar Alp Yenier va Guliz Ayla tomonidan tayyorlagan. Albomda umumiy hisobda 41 ta musiqa mavjuddir.

Xalqaro efirga uzatish Serial For My Family nomi bilan jahon bozoriga chiqqan. Ispaniya, Chili, Jazoir, Bahrayn, Chad, Jibuti, Misr, Gʻazo, Eron, Iroq, Iordaniya, Quvayt, Livan, Liviya, Mavritaniya, Marokash, Ummon, Falastin, Qatar, Saudiya Arabistoni, Somali, Janubiy Sudan, Sudan, Suriya, Tunis, Birlashgan Arab Amirliklari, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili, Yaman, Rossiya, Ruminiya, Isroil, Oʻzbekiston va 30 dan ortiq mamlakatda efirga uzatilgan. 2021-yil 15-avgustdan Yaqin Sharqdagi eng yirik internet platformalaridan biri boʻlgan OSNʼda koʻrsatila boshladi.

Aktyorlar jamoasi va personajlar Eslatma: Quyidagi asosiy qahramonlarning tavsiflari, batafsil holini va yordamchi qahramonlar haqida batafsil maʼlumotlar va qism raqamlari haqida maʼlumot olish uchun qahramonlar roʻyxatiga qarang. Akif Atakul (Jelil Nalchakan), (1-132): Nebahatning turmush oʻrtogʻi va Suzanning eski turmush oʻrtogʻi, Zumrutning eski sevgilisi; Doruk, Melisa ve Kaanning dadasidir. Oʻzi biznesmendir. Atakul Grup’ning eski sohibi hisoblanadi. Orhan Eren (Juneyt Mete), (1-132): Shengulning turmush oʻrtogʻi, Ogʻuljan, Aybike ve Umutjanning dadasidir. Avvallari Ataman kollejida farrosh boʻlib ishlagan. Marhamatli va pok yurakli odamdir. Xotinining, farzandlarining va jiyanlarining baxtli boʻlishini istaydi. Nebahat Shen (Simge Selchuk), (1-132): Akifning turmush oʻrtogʻi, Doruk ve Melisaning onasidir. Aylaning eski hamkoridir. Oʻmer Eren/Yilmaz (Yigit Kochak), (1-132): Suzanning va Ahmetning oʻgʻli, Susenning sevgilisi va Harikaning ukasidir. Aqlli, hirsli ammo shu qadar hissiyotlidir. Doim boy boʻlish hayolini quradi. Asiye Eren (Su Burju Yazgi Joshkun), (1-117): Hatije va Velining qizi, Kadirning singlisi, Emelning opasi, Dorukning sevgilisidir. Gʻururli, haqiqatgoʻy va mehnatkash bir qizdir. Suzan Erjan (Ahu Yagʻtu), (1-114): Akifning va Kenanning eski turmush oʻrtogʻi, Ahmet Yilmazning eski sevgilisi, Harika ve Oʻmerning onasidir. Shuningdek Akifning eski hamkoridir. Shengul Aslan (Fadik Sevin Atasoy), (1-112): Orhanning turmush oʻrtogʻi, Ogʻuljan, Aybike va Umutjanning onasidir. Doruk Atakul (Onur Seyit Yaran), (1-95): Akif ve Nebahatning oʻgʻli, Melisa va Kaanning katta akasi, Asiyening sevgilisidir. Kelishgan, aqlli va oshiq bir qahramondir. Muhabbati har narsadan ustundir. Kadir Eren (Halit Oʻzgur Sari), (1-29): Hatije va Velining oʻgʻli, Asiye ve Emelning katta akasi, Melisaning va Susenning eski sevgilisidir.

Efirga uzatilishi MavsumEfir kuniva soatiMavsumboshlanishiMavsumfinaliSuratga olinganqismlarsoniQismoraligʻiEfiryiliTVkanali1-mavsumShanba20:002021-yil 20-fevral2021-yil 19-iyun181-182021atv2-mavsum2021-yil 11-sentyabr2022-yil 11-iyun3819-562021-20223-mavsum2022-yil 3-sentyabr2023-yil 10-iyun57-942022-20234-mavsum2023-yil 9-sentyabr2024-yil 8-iyun(Final)95-1322023-2024

Qoʻshiqlar

Mukofotlar va nomzodliklar Serial 47-Oltin Kapalak Sovrinlariʼda 14 ta sovringa nomzodlik qilib 3 ta sovrin yutib olgan va Jurnalistlar uyushmasi tomonidan tarqatilgan 25-Oltin Obyektiv Sovrinlariʼda bitta sovrin yutib olgan.

Yil Sovrin Kategoriya Nomzod Natija 2021 25-Oltin Obyektiv Sovrinlari Yilning Drama Seriali Oila uchun Moon Life Sovrini Yilning Eng Yaxshi Aktrisasi Fadik Sevin Atasoy Yilning Eng Yaxshi Drama Seriali Oila uchun Oltin 61 Sovrinlari Yilning Yulduzi Porlagan Aktrisasi Su Burju Yazgi Joshkun Yilning Eng Yaxshi Yordamchi Aktyori Onur Seyit Yaran 47-Oltin Kapalak Sovrinlari Eng Yaxshi Serial Oila uchun Eng Yaxshi Aktrisa Su Burju Yazgi Joshkun Eng Yaxshi Serial Juftligi Su Burju Yazgi Joshkun & Onur Seyit Yaran Eng Yaxshi Rejissor Serkan Birinji Eng Yaxshi Ssenariy Gul Abus Semerji Eng Yaxshi Saundtrek Alp Yenier Eng Yaxshi Bola Aktrisa Aylin Akpınar Xalqaro Oltin Ege Sovrinlari Yilning Porlagan Aktyori Bilal Yigit Kochak GQ Jurnali Sovrinlari Yilning Yuksalgan Yulduzi Onur Seyit Yaran 2022The Best of Time 2022 Sovrinlari Eng Yaxshi Drama Seriali Oila uchun Eng Yaxshi Aktrisa Fadik Sevin Atasoy Eng Yaxshi Yordamchi Aktyor Turan Jihan Shimshek Eng Yaxshi Yordamchi Aktrisa Goʻzde Turker Istanbul Okan UniversitetiYilning Englari Eng Yaxshi Serial Oila uchun Yilning Eng Yaxshi Juftligi Su Burju Yazgi Joshkun & Onur Seyit Yaran 48-Oltin Kapalak Sovrinlari Eng Yaxshi Serial Oila uchun Eng Yaxshi Aktrisa Su Burju Yazgi Joshkun Eng Yaxshi Aktyor Onur Seyit Yaran Bilal Yigit Kochak Yulduzi Porlaganlar Su Burju Yazgi Joshkun Eng Yaxshi Serial Juftligi Su Burju Yazgi Joshkun & Onur Seyit Yaran Eng Yaxshi Rejissor Serkan Birinji Manbalar

Turkum:Seriallar Turkum:Turkiya teleseriallari Turkum:Televideniye