thumb| Jinsiy lablar (oldidan koʻrinish, tuklar olingan): yuqoridagi fotosuratda odatdagi holatda, katta jinsiy lablar tashqi tomondan bir juft kichik lablarga ulashgan; pastki rasmda esa katta jinsiy lablar qoʻllari bilan yon tomonga tortilgan, oʻrtada esa kichik jinsiy lablar. Jiysiy lablar tashqi ayol jinsiy aʼzolarining bir qismini tashkil etuvchi ikki juft teri burmalari boʻlib, oyoqlar orasidan pubisdan perineyagacha oʻtadi va klitor va qinning vestibyulini qoplaydi, ayolning ichki jinsiy aʼzolariga kirish joyini oʻz ichiga oladi va ayol uretrasining tashqi ochilish yoʻliSinelnikov R. D., Sinelnikov Ya. R., Sinelnikov A. Ya. Atlas anatomii cheloveka / V 4-x tomax. T. 2. Izdanie 7-e, pererab. // M.: RIA „Novaya volna“. – 2009. – 248 s.: il. ISBN 978-5-7864-0200-2. S. 199-201, 205.. Boshqa sutemizuvchilarning urgʻochilari ham jinsiy lablarga egaKiryakulov V. M., Seversov A. S., Shubkina A. V. i dr. Oxotniche sobakovodstvo. Kinologiya // M.: Tovariщestvo nauchnix izdaniy KMK. – 2012. – 378 s., il. ISBN 5-87317-839-1. (S. 70, 74, 75, 323).Akaevskiy A. I. Anatomiya domashnix jivotnix / Izdanie 3-e, ispr. i dop. // M.: Kolos. – 1975. – 591 s. (S. 338-341)..
Katta jinsiy lablar () – asosan yog 'toʻqimasidan hosil boʻlgan, ichki tomondan teri bilan qoplangan, teri shilliq qavatining epiteliyasiga oʻxshash tashqi juftlik. Ularning old yuzasi pubik uchburchakning pastki choʻqqisini, oʻzlari esa genital yoriqning lateral tomonlarini hosil qiladi. Balogʻat davrida ularning tashqi tomoni, xuddi yuqorida joylashgan pubis kabi, tuklar bilan qoplanadi. Kichik jinsiy lablar () – bir juft yupqa teri burmalari, ularning asosi katta labia ichida ularga parallel joylashgan. Ular toʻgʻridan-toʻgʻri qinning kirish qismini va ayol siydik yoʻlining tashqi teshigini oʻrab oladi va ularning oldingi komissurasi klitor uchining terisiga – uning sunnat terisiga oʻtadi.
thumb| Ayollarda katta va kichik jinsiy lablarning tashqi koʻrinadigan qismlarining shakli va nisbiy holatining baʼzi variantlari Turlarga qarab, jinsiy lablar baʼzi anatomik farqlarga ega: masalan, qalinligida jinsiy aʼzolar yorigʻini siqib chiqaradigan mushaklar boʻlishi mumkinAntipova L. V., Slobodyanik V. S., Suleymanov S. M. Anatomiya i gistologiya selskoxozyaystvennix jivotnix: uchebnik i praktikum dlya akademicheskogo bakalavriata / Izdanie 2-e, pereab. i dop. // M.: Yurayt. – 2019. – 388 s., il. ISBN 978-5-534-10844-6. (S. 225, 226)., jinsiy lablardan hosil boʻlgan jinsiy yoʻlning burchaklari oʻtkir va yumaloq shaklga ega boʻlishi mumkin (masalan, toq tuyoqli hayvonlarda ustki qismi uchli va pastki qismi yumaloq, juft tuyoqlilarda – aksincha)Baxtov S. G., Parshutin G. V., Rodin I. I. i dr. Praktikum po veterinarnomu akusherstvu, ginekologii i iskusstvennomu osemeneniyu selskoxozyaystvennix jivotnix // M.: Kolos. – 1965. – 296 s., il. (S. 9).Akaevskiy A. I., Krinitsin D. Ya. Fiziologiya selskoxozyaystvennix jivotnix s osnovami anatomii // M.: Сельхозгиз. – 1948. – 438 s. (S. 272-273)., yoshga bogʻliq oʻzgarishlar ham farqlanadi (masalan, shimpanzelarning katta yoshli urgʻochilarida katta jinsiy lablar yoʻqoladiCarl Safina. Beyond words: what animals think and feel / V perevode O. Novitskoy, Yu. Goldberga. Za granyu slov: o chyom dumayut i chto chuvstvuyut jivotnie // M.: KoLibri, Azbuka-Attikus. – 2018. – 560 s. ISBN 978-5-389-15401-8.). Jinsiiy lablardagi siklik oʻzgarishlar (shish, siqilish) jinsiy sikllarga (estrus bilan ovulyatsiya va estruslararo davr) yoki maʼlum kasalliklarga qarab ham kuzatiladiMilovanov V. K. Texnologiya iskusstvennogo osemeneniya i biologiya vosporizvedeniya selskoxozyaystvennix jivotnix / VASXNIL // M.: Kolos. – 1972. – 320 s. (S. 134).Laktionov A. M. Uchebnik dlya mladshego veterinarnogo feldshera // M.: Сельхозгиз. – 1946. – 509 s. (S. 340, 354, 368).Ozerov A. V. Bolezni selskoxozyaystvennix jivotnix i zoogigiena // M.: Сельхозгиз. – 1948. – 591 s. (S. 357)..
Shuningdek qarang
Labioplastika
Manbalar
Turkum:Anatomiya Turkum:Jinsiy hayot