Mahfuza Bobotillayeva (16-oktyabr 1961-yil; Toshkent shahri, OʻzSSR) — oʻzbek kino va teatr aktrisasi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist.

Hayoti Bobotillayeva Mahfuza Ubaydullayevna 1961-yilning 16-oktyabrida Toshkent shahrining Yakkasaroy mahallasida oʻqituvchilar oilasida tavallud topgan. Otasi Ubaydulla Bobotillayev boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib, uning kino sanʼatiga qiziqishiga otasi sabab boʻlgan. Onasi Latifa Bobotillayeva. Aktrisa dastlab, taʼlimi rus tilida olib boriladian oʻrta maktabida oʻqigan, undan soʻng esa Toshkent teatr va rassomlik institutida tahsil olgan. Uning bir qizi va 2 nevarasi bor.

Faoliyati Mahfuza Bobotillayeva 1983-yildan Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktrisasi sifatida oʻz faoliyati boshlagan. Uning Oʻzbek milliy akademik drama teatridagi ilk roli „Parvona“ spektakli boʻlib, unda Yulduz rolini oʻynagan. Undan keyin „Afgʻon reportaji“ spektaklida Sitora obrazini, „Yulduzli tunlar“ spektaklida Samarqandning soʻnggi temuriy malikasi Zuhrabegim obrazini gavdalantirgan. Uning teatr sahnasida keng ommaga mashhur qilgan roli Erkin Xushvaqtov qalamiga mansub „Qalliq oʻyini“ spektakli boʻlib, unda Xolbeka rolini oʻynagan. Bundan tashqari u xorij va oʻzbek asarlari asosida sahnalashtirilgan „Qirol Lir“, „Yetti faryod“, „Chimildiq“, „Iymon“, „Alla“ va „Neksiya“ kabi spektakllarda har xil obrazlar yaratgan. Aktrisa teatr haqida quyidagicha fikr bildirgan:"Teatr – meni hayotim, meni umrim, meni rizqim-nasibam, meni ikkinchi uyim".

Filmografiyasi Mahfuza Bobotillayevaning kinofilmlardagi ilk roli 1987-yilda taniqli oʻzbek rejissori Melis Abzalov tomonidan suratga olingan "Armon" film boʻladi. Uning keng omma orasida yanada tanitgan "Janob hech kim" film hisoblanadi. +Suratga tushgan filmlariYilNomiObrazIzoh2019Uzilgan rishta2018Dilozorim201796-soat2016Boy boʻlma, sahiy boʻl2015Qiz koʻngliShunqorlarBosh rol2014Koʻrgim keladi2013VafodorimFarzandimSudya2012QudajonlarZirapchaMalikaning onasiBevalarAkbarning onasi2009Ada emas, dadaJanob hech kimKomilboyning rafiqasiBosh rol2008Xavfli burilish1998ShaytanatGuli1997Koʻngil koʻchalari1991Koʻzlarim yoʻlingdaBarmenning rafiqasi1990BoburZuhrabegim, Sulton Ali Mirzoning onasiSerial1986ArmonEpizod

Mukofotlari

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (?-yil)

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Oʻzbekistonlik aktrisalar Turkum:1961-yilda tugʻilganlar Turkum:16-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar