Mixail Pavlovich Borkin (; 1928-yil, SSSR – keyingi taqdiri nomaʼlum) – Sovet ittifoqi sobiq futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati Mixail futbolchilik faoliyatini Moskvadagi Krilya Sovetov bolalar oʻsmirlar sport maktabida boshlagan. 1951-yilda Moskvaning „Lokomotiv“ jamoasi tarkibida professional faoliyatini boshlagan. Temiryoʻlchilar tarkibida bir mavsum oʻynaganidan soʻng, Ashxobodga Kopetdag jamoasi tarkibiga oʻtgan. Turkmaniston klubida 3 mavsumga yaqin faoliyat olib borgan va 1954-yilgi mavsum ikkinchi yarmida sobiq jamoasi, Lokomotiv klubi tarkibiga qaytgan.
1955-yilgi mavsumda Bokuning „Neftchi“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Ozarbayjon SSR klubi tarkibida oʻtkazgan bir mavsumidan soʻng, 1956-yil Oʻzbekistonga, Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga yoʻl olgan. 1956-yildan 1958-yilgi mavsum soʻngiga qadar Toshkent klubi tarkibida oʻynagan. Dastlabki ikki mavsumda Paxtakor jamoasining toʻpurari boʻlgan. 1959-yilgi mavsumda Moskvaga qaytgan va Zenit jamoasi safida bir mavsum oʻynaganidan soʻng katta futboldagi faoliyatini yakunlagan.
1956-yilgi mavsumda Futbol boʻyicha SSSR xalqlari yozgi spartakiadasi turnirida Oʻzbekiston SSR terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan. Musoboqa davomida 4 ta gol urgan Borkin jamoasining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.
Futboldan keyingi hayoti va taqdiri haqida maʼlumotlar mavjud emas.
Manbalar
Havolalar Mihail Borkin Footballfactsru saytida Mihail Borkin Transfermarkt saytida Mihail Borkin Teamsby saytida Mihail Borkin Sport-strana.ru saytida
Turkum:1928-yilda tugʻilganlar Turkum:SSSRda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FC Lokomotiv Moskva futbolchilari Turkum:Kopetdag futbol klubi futbolchilari Turkum:Neftçi Boku klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Zenit Moskva futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar