L. John Doerr (1951-yil 29-iyunda tugʻilgan) – amerikalik investor va venchur kapitalist. 2009-yil fevral oyida Doerr AQSh prezidenti va uning maʼmuriyatiga Amerikaning iqtisodiy inqirozini tuzatish boʻyicha maslahatlar berish uchun Prezidentning iqtisodiy tiklanish boʻyicha maslahat kengashi aʼzosi etib tayinlangan. Forbes Doerrni 2017-yilda texnologiya sohasidagi 40-eng boy odam va 2023-yil 1-avgust holatiga koʻra, 11,9 milliard AQSh dollari boyligi bilan dunyoning 146-eng boy odami sifatida qayd etgan. Doerr „Measure What Matters“ va „Speed & Scale: An Action Plan for Solving Our Climate Crisis Now“ kitoblarining muallifi.
2022-yilda John va uning rafiqasi Ann Stanford universiteti bilan hamkorlik qilgan holda taxminan 70 yil ichida birinchi yangi maktabini ishga tushirishdi: Stenford Doerr Barqarorlik maktabi.
Yoshligi Doerr Missuri shtatining Saint Louis shahrida tugʻilgan. Doerr Saint-Louisdagi Chaminade kollejining tayyorgarlik maktabini tamomlagan. 1976-yilda Rice universitetida elektrotexnika boʻyicha bakalavr va magistr darajasini olgan.
Faoliyati Doerr 1974-yilda Intel korporatsiyasiga qoʻshilgan. Intelning eng muvaffaqiyatli sotuvchilaridan biriga aylangan. Shuningdek, xotira qurilmalari uchun bir nechta patentlarga ega. 1980-yilda Doerrga Kleiner Perkins bilan ishlash taklif qilingan. Intel prezidenti Andrew Grove unga: „John, venchur kapitali bu – haqiqiy ish emas. Bu koʻchmas mulk agenti boʻlishga oʻxshaydi“, deganJohn Doerr, 2018, Measuring What Matters. New York, Portfolio/ Penguin. Quote at p.33..
Doerr oʻsha yili Kleiner Perkinsga qoʻshilgan va oʻshandan beri texnologiya kompaniyalari, jumladan Compaq, Netscape, Symantec, Sun Microsystems, drugstore.com, Amazon.com, Intuit, Macromedia va Googlega venchur kapital mablagʻlarini taqsimlashga rahbarlik qilgan.
Doerr Google kompaniyasidan Larry Page, Sergey Brin va Eric Schmidtni, Amazon.com dan Jeff Bezos; Scott Cook va Bill Kempbell qoʻllab-quvvatlagan.
Iqtisodiy tiklanish boʻyicha maslahat kengashi 2009-yil fevral oyida Doerr AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan AQShning iqtisodiy inqirozini hal qilishda maslahat berish va koʻmaklashish maqsadida Prezidentning Iqtisodiy tiklanish boʻyicha maslahat kengashi aʼzosiga tayinlandi.
Shaxsiy hayoti Doerr Ann Howland Doerga uylangan. Ular ikki farzandi bilan Kaliforniyaning Woodside shahrida yashaydi.
2010-yil avgustda ular Giving Pledge kampaniyasiga imzo qoʻyganlar. Bu kampaniya Bill va Melinda Gates jamgʻarmasi hamda Warren Buffett tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, juda katta boylikka ega shaxslarni oʻz hayotlari davomida boyliklarini xayriya maqsadlariga sarflashga undash uchun yaratilgan.
1997-yilda Doerr biznesdagi yutuqlari uchun Rice universitetining taniqli bitiruvchisi unvoniga sazovor boʻlgan. 2009-yilda Doerr Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining aʼzosi etib tayinlangan (see also the 4th entry on page 10 of the AAAS New members list for April 2009 sorted by field ). 2010-yilda Doerr Kaliforniya shon-shuhrat zaliga kiritilgan. 2019-yilda Doerr Amerika yutuqlari akademiyasining Oltin plastinka mukofotiga sazovor boʻlgan.
Shuningdek, Doerr Khan Academy global maslahat kengashi aʼzosi.
2022-yil 4-may kuni Stenford universiteti Ann va John Doerrning Stenford Doerr Barqarorlik maktabini tashkil etish uchun 1,1 milliard dollar xayriya qilishini eʼlon qildi. Sovgʻa akademik muassasa uchun ikkinchi eng katta sovgʻadir – birinchisi Michael Bloombergning Johns Hopkins universitetiga 1,8 milliard dollarlik sovgʻasi. Bu universitet tarixidagi Stenfordga berilgan eng katta sovgʻadir.
Siyosat Doerr Demokratlar partiyasi tarafdori va bir necha bor partiya uchun mablagʻ yigʻish tadbirlarini oʻtkazgan. Mark Zuckerberg va Reid Hoffman bilan birga John Doerr immigratsiya islohoti, taʼlimni yaxshilash va ilmiy tadqiqotlarga yoʻnaltirilgan FWD.us lobbi guruhi asoschilaridan biri boʻlgan.
Manbalar
Turkum:1951-yilda tugʻilganlar Turkum:21-asr amerikalik xayriyachilar Turkum:Amerikalik milliarderlar Turkum:Amerika xristianlari Turkum:Amerika korporativ direktorlari Turkum:Amerika venchur kapitalistlari Turkum:Saint-Louislik ishbilarmonlar Turkum:Google direktorlari Turkum:Garvard biznes maktabi bitiruvchilari Turkum:Intel odamlari Turkum:Kleiner Perkins odamlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rice universiteti bitiruvchilari