SeaLandIlgariPan-Atlantik kemalari korporatsiyasiSanoatYuk tashishAsos solingan1956AsoschiMalkom MaklinTuagtilgan2023Bosh qarorgohMiramar, Florida, A.Q.SH.Oldingi nomiMaerskSaytwww.sealandmaersk.com Sea-Land (so'ngra Maersk SeaLand va SeaLand deb nomlangan) bosh qarorgohi Amerikaning Florida shtati, Miramar shahrida joylashgan, 29 mamlakatda vakolatxonaga ega bo'lgan mintaqaviy konteyner tashish kompaniyasi edi. U konteyner kemalari, yuk mashinalari va mijozlarga xizmat ko'rsatadigan temir yo'llardan foydalangan holda okean va intermodal xizmatlarni Janubiy va Shimoliy Amerika, Markaziy Amerika va Karibliklar o'rtasidagi xaridorlarga xizmat ko'rsatishga taklif berdi

Tarixi thumb|2007-yil may oyida Sealand, Michigan Sea-Land Malcom McLean tomonidan Pan-Atlantik Usul kemalari korporatsiyasi sifatida tashkil etilgan. Ushbu jarayon kompaniyalarga vaqtni tejashga, xarajatni tejash orqali xalqaro savdoni kengayishiga olib keldi.

1956-yil, 26-aprel kuni McLean dunyodagi birinchi konteyner kemasi Ideal-Xni taqdim etdi. U Nyu-Jersi shtatining Newark shahridan, Texas shtatining Houston shahriga 58 ta alyuminiy konteynerlar bilan boradi.

1960-yil aprel oyida kompaniya nomi Pan-Atlantik Steamship Corporation-dan, Sea-Land nomiga o'zgartirildi.

1967-yildan, 1973-yilgacha, Vetnam urushi davrida Hindixitoy yarim oroliga oyida 1200ta konteyner yetkazib berish bilan Sea-Land taniqli bo'ldi, bu AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan 450 million dollar daromad keltiradi.

1969-yil, yanvar oyidan 1999-yilgacha, Sea-Land RJ Reynolds Tobacco Company, CSX va boshqalar egaligiga o`tdi.

1999-yil mart oyida, CSX Sea-Landni uchta qismga ajratdi: xalqaro yuk tashish kompaniyasi, mahalliy yuk tashish kompaniyasi va terminal operatori. 1999-yil, dekabr oyida Maersk xalqaro konteyner tashish biznesini sotib oldi.

2000-yilda Maersk Line o'zining global tijorat nomini Maersk SeaLandga o'zgartirdi. 2003-yilda Carlisle Group CSX-dan mahalliy yuk tashish qismini sotib oldi va nomini Horizon Lines deb o'zgartirdi.

2006-yilda, P&O Nedlloyd sotib olganidan keyin Maersk SeaLand kompaniyasi Maersk Line deb qayta nomlanganida, SeaLand o`z faoliyatini to`xtatadi.

2014-yil yanvar oyida, butun Amerika mintaqasida brendning kuchli tan olinishi tufayli, Maersk, SeaLand brendini, mintaqa ichki tashuvchilikka ixtisoslashtirilgan sifatida qayta tiklashni e'lon qildi, bu esa 2015-yil yanvar oyidan boshlab Amerika ichki savdo uchun mavjud Maersk Line tarmog'ini egallashga olib keladi.2023-yil, yanvar oyida Maersk brendni tugatilishini e'lon qiladi. Manbalar

Havolalar https://en.wikipedia.org/wiki/SeaLand. Oxirgi marta: 2024-yil, 13-iyul

Turkum:Maersk Turkum:CSX transporti Turkum:1956-yil tashkil etilgan transport kompaniyalari