Jasurbek Odilovich Abdurayimov () – (1979-yil 19-oktyabr, Baliqchi tumani, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek davlat arbobi, 2018-yil 25-maydan buyon Baliqchi tumani hokimi.

Tarjimai holi Jasurbek Odilovich Abdurayimov 1979-yil 19-oktyabrda Andijon viloyati, Baliqchi tumanida tugʻilgan. 2000-yilda Andijon qishloq xoʻjaligi institutini agronomiya yoʻnalishini tamomlagan. 2020-yilda "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan. Jasurbek Abdurayimov ilk mehnat faoliyatini 1994-yilda Andijon viloyati Boʻston shirkatlar uyushmasi „Aralxon“ shirkati ishchiligidan boshlagan. 1998-2000-yillarda Baliqchi tumani qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi mutaxassisi, dehqonchilik boʻlimi 1-toifali mutaxassisi, 2000-2001-yillarda Baliqchi tumani „Olimbek“ shirkat xoʻjaligi agronomi lavozimlarida ishlagan.

2001-2003-yillarda "Oʻzmevasabzavot" uyushmasi ishlab chiqarish, tayyorlash va qayta ishlash boʻlimi yetakchi mutaxassisi, 2003-2014-yillarda Gʻoʻza urugʻchiligi Respublika markazining 1-toifali ish yurituvchisi, bosh mutaxassisi, boʻlim boshligʻi, 2014-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Paxtachilik va texnika ekinlarini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari vazifalarida mehnat qilgan.

2017-2018-yillarda esa Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari – qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018-yil 25-may kuni oʻtkazilgan Xalq deputatlari Baliqchi tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi Jasurbek Abdurayimov Baliqchi tumani hokimi etib tayinlangan.

Jasurbek Abduraimovning otasi Odiljon Abdurayimov ham bir vaqtlar Baliqchi tuman hokimi, keyinchalik esa Andijon viloyat hokimining qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

Manbalar

Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:19-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:Davlat arboblari Turkum:Baliqchi tumanida tugʻilganlar