Supercell – yoki (Supercell boʻronlari) bu katta hajimdagi va muntazam aylanma harakat qilib turadigan momaqaldiroqli bulutlardir. Shu sababli, bu boʻronlar baʼzida aylanadigan momaqaldiroqlar deb ham ataladi. Momaqaldiroq turlari orasida supercell eng kam uchraydi, lekin eng kuchli boʻlishi mumkin. Supercell koʻpincha boshqa momaqaldiroqlardan ajralib turadi va mahalliy ob-havoni 32 kilometr masofagacha oʻzgartirishi mumkin. U odatda 2-4 soat davom etadi.

Supercell boʻronlari uch xil turda uchrashi mumkin: klassik, kam yogʻingarchilik (LP), va yuqori yogʻingarchilik (HP). LP supercell boʻronlari odatda quruq iqlimlarda, masalan, AQShning baland tekisliklarida uchraydi, HP supercell boʻronlari esa koʻpincha nam iqlimlarda uchraydi. Supercell boʻronlari dunyoning istalgan joyida, qulay ob-havo sharoitida sodir boʻlishi mumkin, ammo ular eng koʻp AQShning Tornado Alley deb nomlanuvchi hududida uchraydi. Shuningdek, Yevropaning koʻplab qismlarida, shuningdek Argentina, Urugvay va janubiy Braziliyada ham supercell boʻronlari kuzatiladi.„ON THE MESOCYCLONE 'DRY INTRUSIONʼ AND TORNADOGENESIS“, Archived at: , Leslie R. Lemon

Xususiyatlari Supercell boʻronlari odatda boshqa momaqaldiroqlardan farq qiladi. Ular past bosimli tizimning issiq sektorida, sovuq front bilan birga shimoli-sharqiy yoʻnalishda harakatlanadi. Bu boʻronlar soatlab davom etishi mumkin. Supercell boʻronlari oʻrtacha shamoldan chetga chiqish xususiyatiga ega.Agar ular oʻrtacha shamoldan oʻngga yoki chapga qarab harakatlansa, mos ravishda „oʻngga harakatlanuvchilar“ yoki „chapga harakatlanuvchilar“ deb ataladi. Baʼzan supercell boʻronlari ikki xil aylanishlarga ega boʻlgan ikkita koʻtarilish oqimini rivojlantirishi mumkin, bu esa boʻronni ikkita supercellga ajratadi: biri chapga, biri esa oʻngga harakatlanuvchi boʻlib.thumb|Greeley, Kolorado yaqinidagi kam yomgʻir yogʻdiradigan supercellSupercell boʻronlari har qanday oʻlchamda boʻlishi mumkin – katta yoki kichik, past yoki baland. Ular odatda katta miqdorda doʻl, kuchli yomgʻir, kuchli shamol oqimlarni keltirib chiqaradi. Supercell boʻronlari mesatsiklon ichida odatda tornado hosil qiladigan kam sonli bulut turlaridan biridir.

Geografik tarqalishi Supercell boʻronlari mos ob-havo sharoitida dunyoning istalgan joyida sodir boʻlishi mumkin. Supercell turi sifatida aniqlangan birinchi boʻron 1962-yilda Angliyada yuz bergan. Maʼlumotlarga koʻra supercell boʻronlari eng koʻp AQShning markaziy Buyuk tekisliklari va janubiy Kanadada, janubi-sharqiy AQSh va shimoliy Meksikaga qadar kengayib, shuningdek, sharqiy-markaziy Argentina va unga tutash Urugvay hududlarida, Bangladesh va sharqiy Hindistonning baʼzi qismlarida, Janubiy Afrika va sharqiy Avstraliyada uchraydi. Supercell boʻronlari boshqa koʻplab oʻrta kenglik hududlarida, jumladan, Sharqiy Xitoy va butun Yevropada vaqti-vaqti bilan sodir boʻladi. Supercell boʻronlari eng koʻp boʻladigan hududlar tornado eng koʻp uchraydigan hududlarga toʻgʻri keladi. Manbalar

Tashqi saytlar

Supercell gʻalati boʻronlarining tuzilishi va dinamikasi Lemon, Lesli R., (1998) „Quruq intrusion“ va tornadogeneza haqida„Quruq kirish“ va tornadogenesis haqida „Gʻazobi kuchli boʻronlarning meteorologiyasi“ elektron jurnali Turkum:Bo'ronlar Turkum:Chaqmoq Turkum:Meteorologiya Turkum:Ob-havo