„Not Like Us“ – amerikalik reper Kendrick Lamar tomonidan yozilgan va kuylangan diss trek. 2024-yil 4-may kuni Interscope Records bilan hamkorlikda Lamarning kanadalik reper Drake bilan boʻlgan bahslashuvlarga bagʻishlab chiqarilgan. Bu Lamarning Drakega aytgan disslar seriyasining beshinchi va eng soʻnggi treki edi. Qoʻshiq uning bundan avval chiqargan „Meet the Grahams“ singlidan 24 soat oʻtib taqdim qilingan.

Tarixi va chiqarilishi Amerikalik reper Kendrick Lamar va Kanadalik reper Drake oʻrtasida 2013-yildan beri turli bahslar boʻlib kelayotgan edi. 2024-yilning mart oyida Lamar Future va Metro Boomin bilan hamkorlikda „Like That“ singlini taqdim etdi. Bu esa Drake va Joe Colening „First Person Shooter“ trekiga nisbatan diss sifatida aytilgan edi. Kanadalik reper bunga javoban Push Ups va „Taylor Made Freestyle“ qoʻshiqlari bilan javob qildi. Oradan biroz vaqt oʻtgach bahsnining davomi sifatida Lamarning „Euphoria“ va „6:16 in L.A.“ qoʻshiqlari eʼlon qilindi.

„6:16 in LA“ treki chiqarilgandan bir necha soat oʻtib Drake „Family Matters“ singli bilan javob qildi. Unda Lamarni rafiqasi Whitney Alfordga nisbatan oilaviy zoʻravonlikda ayblab, uning ikkita farzandlarining asl otasi sifatida Dave Freeni koʻrsatadi. Bir soatdan kamroq vaqt oʻtgach, Lamar „Meet the Grahams“ nomli qoʻshigʻini eʼlon qildi. Unda Drakeni oʻzining Torontogi joylashgan uyida jinsiy ekspluatatsiya maqsadlarida odam savdosini boshqarishi va hozirda ommadan yashirib kelgan qiziga otalik qiluvchi jinsiy zoʻravon inson sifatida taʼriflagan. „Not Like Us“ singli esa 2024-yil 4-may kuni „Meet the Grahams“ chiqarilgan 24 soat vaqt oraligʻida taqdim etildi. Singl uchun ishlangan posterda Google Mapsda Drakening qarorgohi deb qaraluvchi bino 13 ta qizil belgi qoʻyilgan holda tashvirlangan. Bu ushbu joyda roʻyxatga olingan jinsiy zoʻravonlar borligining ramzi hisoblanadi.

Tijoriy natijalar "Not Like Us" tez sur’atlarda muvaffaqiyatga erishdi va koʻplab rekordlarini ham yangiladi, ularning aksariyati Drake tomonidan oʻrnatilgan edi. Spotify platformasida u hip-hop qoʻshiqlari orasida bir kunlik eshitishlar borasida rekord oʻrnatdi (12,8 million). Bundan tashqari singl bir haftada eng koʻp eshitilgan rep (81,2 million); 100 million (9 kun), 200 million (19 kun), 300 million (35 kun), 400 million (54 kun) va 500 millionlik (70 kun) natijalarga eng tez erishgan qoʻshiqqa aylandi. Singl ikki hafta davomida Billboard Global 200 chartida birinchi oʻrinni egallab, Lamarning bunday natija qayd etgan dastlabki singli boʻldi.

„Not Like Us“ AQShning Hot Rap Songs chartida toʻqqiz hafta davomida, Hot R & B / Hip-Hop Songsda yetti hafta va Streaming Songs chartida besh hafta davomida eng yuqori oʻrinni egallab turdi. Billboard Hot 100 chartida 2024-yilning 18-mayida 1-oʻringa koʻtarildi. Trek 70,9 million eshitishlar soni, 15,000 nusxada sotilgan holda 2020-yildan buyon hip-hop qoʻshiqlari uchin eng yaxshi koʻrsatkichni qayd etdi.

Klipi right|thumb|Not Like Us qoʻshigʻining musiqiy videosi ishlangan Martin Luther King, Jr. yodgorligi Trekning musiqiy klipi Dave Free va Lamar hamkorligida ishlangan. Charm LaʼDonna klip oish jarayonida xareograf sifatida faoliyat olib borgan. Qoʻshiq uchun ishlangan musiqiy video AQSh mustaqillik kunida taqdim etiladi. Klip YouTube platformasiga 2024-yil 4-iyul kuni soat kunduzgi 3 lar atrofida joylanadi. Ertasi kuni ertalab YouTubeda koʻrishlar soni 13 milliondan oshgan boʻlsa kun yakuniga borib bu natija 17 milliondan ortiqroqni tashkil etdi,

Chartlar

Chiqarilish tarixi +„Not Like Us“ trekining chiqarilish tarixiHududSanaFormat (lar)TarjimaLeyblTurli xil2024-yil 4-mayOriginalInterspofItaliya2024 yil 10 mayRadio orqali eshittirishUniversalKaliforniya2024 yil 11 iyulInterspof

Manbalar

Turkum:2024-yil qoʻshiqlari Turkum:2024-yil singllari Turkum:Kendrick Lamar qoʻshiqlari Turkum:Canadian Hot 100 chartida birinchi oʻrinni egallagan singllar