Madrid 75px Bayrogʻi Gerbi 200px Joylashishi Tashkil qilinishi VIII asr Viloyat Madrid viloyati Aholi Zichlik 3,228,359 (2005)5,198 kishi/km² Ona tillari Ispancha Shahar hokimi Alberto Ruiz-Gallardón Web sayti www.munimadrid.es
Madrid – Ispaniya poytaxti, Madrid provinsiyasining va Yangi Kastiliya tarixiy viloyatining bosh shahri. Mamlakatning asosiy siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Mansanares daryosi (Taxo havzasi) boʻyida, Meseta platosida, 650 m balandlikda joylashgan. Iklimi quruq subtropik iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 4,9°, iyulniki 24,2°. Yillik yogʻin 420 mm. Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 2,8 mln. kishi (1998).
M. ilk bor qoʻlyozmalarda 932 yilda qayd etilgan.M. oʻrnida Yu-asraa mavr-ush/jing Majirit nomli qalʼasi boʻlgan. 1083-yilda arablardan ozod etilgan va 1118-yildan erkin shahar huquqi berilgan. XIV—XV asrlarda Kastiliya qirollari qarorgohi. 1561-yildan Ispaniyaning rasmiy poytaxti.
M. va uning atrofidagi korxonalar mamlakatda ishlab chiqariladigan mahsulotning 1/10 qismini beradi. Shahar sanoatining yetakchi tarmogʻi — mashinasozlik (avtomobilsozlik, samolyotsozlik, lokomotivsozlik), elektrotexnika (optika priborlari, radiotexnika va telefon jihozlari, qishloq xoʻjaligi qurollari ishlab chiqarish). Kime (jumladan, plastmassa ishlab chiqarish), qurilish materiallari, poligrafiya, kimyo-farmatsevtika, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, farfor-fayans va boshqa sa-noat korxonalari bor. Badiiy xunarmandchilik (kashta tikish, toʻr toʻqish, zargarlik buyumlari tayyorlash va boshqalar) rivojlangan. M.da yirik korxonalar boshqarmasi, banklar, sugʻurta kompaniyalari, savdo firmalari va birjalar joylashgan. M. — xalqaro turizm markazlaridan. Untlar, Mariya Kristina qirollik kollegiumi, konservatoriya, sanʼatshunoslik va boshqa oʻquv mu-assasalari, Qirollik akademiyasi, ilmiy tadqiqot institutlari, astronomiya rasadxonasi, botanika bogʻi, kutubxonalar, Prado muzeyi, Milliy arxeologiya, sanʼat va boshqa muzeylar bor. Metropoliten qurilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan yepiskop ka-pellasi (1520), Pla sa Mayor ansambli (1619), Kirol saroyi (1738—64), cherkovlar, ratusha (XVII—XVIII asrlar) va boshqa saqlanganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Tarixi thumb|"Bo'ri va hayot daraxti" xaykaltaroshlik namunasi
Arxeologik izlanishlar Mansanares daryosining qirg'og'ida so'nggi paleolit davriga (tahminan 100 ming yil oldin) oid insoniyat izlari borligini isbotlab berdi. Madrid ilk bor solnomalarda eslanadi. Aytishlaricha shaharni Kordobaning amiri Muhammad I leonlar va kastillardan himoya qilgan. Shahar ilk bor Madjirit nomi bilan, milodiy 932-yilda atalgan.
Geografiyasi
Iqlimi
Hududiy boʻlinishi left|thumb|250px|Madrid tumanlarining xaritasi Shahar tumanlari Centro: Palacio, Embajadores, Cortes, Justicia, Universidad, Sol. Arganzuela: Paseo Imperial, Acacias, Chopera, Legazpi, Delicias, Palos de Moguer, Atocha. Retiro: Pacífico, Adelfas, Estrella, Ibiza, Jerónimos, Niño Jesús. Salamanca: Recoletos, Goya, Fuente del Berro, Guindalera, Lista, Castellana. Chamartín: El Viso, Prosperidad, Ciudad Jardín, Hispanoamérica, Nueva España, Pza. Castilla. Tetuán: Bellas Vistas, Cuatro Caminos, Castillejos, Almenara, Valdeacederas, Berruguete. Chamberí: Gaztambide, Arapiles, Trafalgar, Almagro, Vallehermoso, Ríos Rosas. Fuencarral-El Pardo: El Pardo, Fuentelarreina, Peñagrande, Barrio del Pilar, La Paz, Valverde, Mirasierra, El Goloso. Moncloa-Aravaca: Casa de Campo, Argüelles, Ciudad Universitaria, Valdezarza, Valdemarín, El Plantío, Aravaca. Latina: Los Cármenes, Puerta del Ángel, Lucero, Aluche, Las Águilas, Campamento, Cuatro Vientos. Carabanchel: Comillas, Opañel, San Isidro, Vista Alegre, Puerta Bonita, Buenavista, Abrantes. Usera: Orcasitas, Orcasur, San Fermín, Almendrales, Moscardó, Zofio, Pradolongo. Puente de Vallecas: Entrevías, San Diego, Palomeras Bajas, Palomeras Sureste, Portazgo, Numancia. Moratalaz: Pavones, Horcajo, Marroquina, Media Legua, Fontarrón, Vinateros. Ciudad Lineal: Ventas, Pueblo Nuevo, Quintana, La Concepción, San Pascual, San Juan Bautista, Colina, Atalaya, Costillares. Hortaleza: Palomas, Valdefuentes, Canillas, Pinar del Rey, Apóstol Santiago, Piovera. Villaverde: San Andrés, San Cristóbal, Butarque, Los Rosales, Los Ángeles (Villaverde). Villa de Vallecas: Casco Histórico de Vallecas, Santa Eugenia. Vicálvaro: Casco Histórico de Vicálvaro, Ambroz. San Blas: Simancas, Hellín, Amposta, Arcos, Rosas, Rejas, Canillejas, Salvador. Barajas: Alameda de Osuna, Aeropuerto, Casco Histórico de Barajas, Timón, Corralejos.
Iqtisodiyoyi
Madaniyati
Bayramlari 15-may — Avliyo Isidora kuni. 13-iyun — Avliyo Antoniya Florid kuni. 16-iyul — Avliyo Virgen Karmen kuni. 7-avgust — Avliyo Kayetana kuni. 10-avgust — Avliyo Lavrentiy kuni. 15-avgust — Avliyo Virgen Paloma kuni. 12-oktyabr — Avliyo Virgen Pilar kuni. 9-noyabr — Avliyo Virgen Almudena kuni.
Hamdoʻstlik shaharlari Afina (), Yunoniston (1971-yil 4-may) Pekin (), Xitoy (1985 16-sentabr) Belgrad, Serbiya Berlin (), Germaniya (1988) Buenos-Ayres, Argentina Bordo, Fransiya Bogota, Kolumbiya Bryussel, Belgiya Karakas, Venesuela Gavana, Kuba Lissabon, Portugaliya Managua, Nikaragua Mexiko, Meksika Montevidio, Urugvay Moskva, Rossiya Nyu-York, AQSh Nuakshot, Mavritaniya Panama shahri, Panama Parij, Fransiya Kito, Ekvador Rabot, Morokko San-Xose, Kosta Rika Tegusigalpa, Gonduras Tripoli, Liviya Varshava, Polsha Qohira (), Misr
Havolalar Madrid shahrining rasmiy vebsayti Madrid shahrining metrosi
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Ispaniya shaharlari