Jarell Amorin Quansah (2003-yil 29-yanvarda tugʻilgan) – ingliz professional futbolchisi, Bundesliganing Bayer 04 klubi va Angliya milliy futbol terma jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.
Yoshlikdagi karyerasi Quansah besh yoshida oʻzi tugʻilgan Warringtondagi Woolston Rovers va Winwick Dragonsdan Liverpulga borib qoʻshilgan.
Klublardagi karyerasi Quansah Premer-liga klubi bilan birinchi professinal shartnomasini 2021-yilning 4-fevralida imzolagan. Ushbu 2020—2021-yilgi mavsumda u Billy Koumetio, Melkamu Frauendorf, Maks Voltman, Konor Bredli va Luke Chambers kabi 18 yoshgacha boʻlgan Liverpulning yoshlar jamoasiga sardorlik qilgan va ular bilan birga Angliya yoshlar kubogi finaliga chiqqan.
Keyingi mavsumda u UEFA Yoshlar ligasi jamoasiga ham sardorlik qildi.
Keyin Quansah Premer-liga va EFL kubogida kattalar jamoasi bilan birinchi marta oʻyinlarga qatnashdi, ammo ushbu oʻyinlarda maydonga tushish baxtiga muyassar boʻlmadi. Liverpul ikkala bahsda ham gʻolib chiqdi va ikkala kubokni ham boshi uzra koʻtarib gʻalabani nishonladi.
2023-yilning 20-yanvarida Quansah mavsum soʻnggigacha oʻzining birinchi klubi boʻlgan Bristol Roversga ijaraga berildi. U 28-yanvar kuni Morekembga qarshi 5:1 hisobida magʻlub boʻlingan oʻyinda kattalar safida debyut qildi va natijaga qaramay muxlislarda yaxshi taassurot qoldirdi. Ipswich Town bilan 0-0 hisobidag kuchlar teng kelgan bahsda ajoyib oʻyin koʻrsatdi. Rovers murabbiyi Joey Barton Quansahning oʻyiniga nisbatan oʻzining iliq fikrlarini bayon etdi. U Quansahning toʻp bilan ishlash qobiliyatini alohida eʼtirof etdi va keyingi uchrashuvlarda ham shunday yuqori darajadagi futbol oʻynay olishi mumkinligini taxmin qildi. 18-mart kuni u Portsmouthga qarshi oʻz uyida 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan oʻyinning soʻnggi daqiqalarida qoʻpollik qilgani uchun faoliyatidagi ilk qizil kartochkasini oldi va oʻyindan chetlashtirildi.
2023-yilning 27-avgustida Quansah Liverpul safida oʻzining professional debyutini oʻtkazdi. U Premer-ligada Nyukasl Yunayted ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda Joël Matipning oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi. 14-dekabr kuni Quansah UEFA Yevropa Ligasida Liverpul safidagi ilk golini Union Saint-Gilloise klubiga qarshi oʻyinda kiritdi.
2024-yilning 25-fevralida Liverpul Wembley stadionida Chelsiga qarshi 2024-yilgi EFL kubogi finalida oʻynadi. Qoʻshimcha boʻlimlardagi 106-daqiqasida Quansah Ibrahima Konaté oʻrniga maydonga tushdi. Liverpul qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozondi va Quansah klub bilan birinchi sovrinini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yilning 13-may kuni u Premer-ligadagi ilk golini safarda Aston Villa klubiga qarshi bahsda kiritdi. Keyin u 2024-yil 19-may kuni Yurgen Kloppning klub boshqaruvidagi soʻnggi oʻyinida Vulverxemptonga qarshi ketma-ket ikkinchi oʻyinda gol urdi.
Xalqaro karyerasi Jarell Quansah birinchi marta Angliya yoshlar terma jamoalarida 16 yoshgacha boʻlganlar va 19 yoshgacha boʻlganlar bilan oʻynagan.
2022-yil iyun oyida Quansah 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi 2022-yilgi Yevro uchun Angliya terma jamoasi tarkibiga kiritildi. Slovakiyadagimusobaqada barcha oʻyinlarni markaziy himoyachi sifatida boshlagan va jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan. Eng muhimi u yarim finalda jamoasi bilan Italiya qarshi bahsda Italiyalik yoshlar ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. 2022-yil 1-iyulda Quansah finalda maydonga tushdi va Kallum Doylga golli uzatmani amalga oshirdi. Angliya qoʻshimcha boʻlimlarda Isroilni 3:1 hisobida magʻlub etib, turnirda gʻalaba qozondi. U musobaqa davomidagi yuqori darajadagi oʻyinlari bilan UEFA turnir jamoasiga kiritildi.
Shaxsiy hayoti Quansahning akasi Keenan ham futbolchi boʻlib, Shimoliy Milliy Liganing Southport klubida oʻynaydi.
Statistikasi
+Klub safidagi liga doirasidagi va umumiy statistikaKlubMavsumFA CupEFL kubogiUmumiyOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarLiverpul U-212021–2022——202022–2023——20Umumiy——40Bristol Rovers (ijara)2022–2023——160Liverpul2023–20244050333Umumiy4050533
Sovrinlari Liverpul
EFL kubogi: 2023—2024
Manbalar
Havolalar Jarell Quansah Bayer 04 Leverkusen saytida Jarell Quansah Liverpool F.C. saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Liverpool F.C. futbolchilari Turkum:Bristol Rovers F.C. futbolchilari Turkum:Bayer 04 Leverkusen futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Angliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari