Tonye Patrick Cole (1967-yil 11-yanvarda tugʻilgan) nigeriyalik milliarder biznesmen, u Nigeriya va qoʻshni Gʻarbiy Afrika mamlakatlaridagi butun energiya zanjirini qamrab oluvchi energetika konglomerati boʻlgan Sahara Group asoschilaridan biri va sobiq ijrochi direktori. Kompaniya dunyoning 38 mamlakatida 4000 dan ortiq xodimga ega va yillik aylanmasi 11 milliard dollarni tashkil etadi.
Nigeriyaning eng yirik energetika konglomeratlaridan birini tashkil etish va boshqarishdan tashqari, u butun dunyo boʻylab Sahara Group xayriya jamgʻarmasi uchun olib borilgan ishlarni boshqargan va tashkil etgan. U oʻzining Nehemiah Youth Empowerment kabi xayriya tashkilotlari orqali Afrika yoshlarini qoʻllab quvvatlashda davom etmoqda. Bundan tashqari, u Nigeriyadagi bir qator fondlar, jumladan Daun sindromi jamgʻarmasi, Slum-2-School Foundation, The Compassionate Center va turli mehribonlik uylari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. U Atlas Mara, Bloomberg TV Africa, Enactus Nigeria va Digital Jewels kompaniyalarida boshqaruv kengashi aʼzosi boʻlib ishlagan.. Shuningdek u Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Taraqqiyot Jamgʻarmasining Xususiy sektor boʻyicha maslahatchi guruh aʼzosi va Jahon bankining Fuqarolarni jalb qilish boʻyicha ekspert maslahat kengashining konsuli etib tayinlangan.
Hayoti Tonye Cole 1967-yil 11-yanvarda Rivers shtatining Port-Harcourt shahrida tugʻilgan. U Buyuk Britaniyaning Cambridgeshire shtatidagi Corona schoolda va keyinchalik Lagosdagi Kingʻs kollejida oʻqigan. U shuningdek Lagos universiteti bitiruvchisi boʻlib, u yerda arxitektura va muhandislik boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Shuningdek, 2014-yilda Harvard maktabining menejment yoʻnalishini tamomlagan. Braziliyaning Goiania shahridagi Grupo Quartro SA arxitektura firmasida u oʻzining birinchi ish faoliyatini boshlagan va u yerda 1990-yildan 1992-yilgacha arxitektor sifatidagi ish olib borgan. Braziliyadagi faoliyati davomida Janubiy Amerikadan bir necha kilometr uzoqlikdagi Tokantins shtatining markazi Palmas shahrining shaharsozlik loyihasini amalga oshirishda ishtirok etgan. Bu loyihada u Adliya vazirligi binosi, Palmas, Tokantins va Goianiadagi turli turar-joy uylarining dizayni uchun mas’ul boʻlgan arxitektor sifatida faoliyat yuritgan. Tonye 1993-yilda Nigeriyaga qaytib kelgan va 1993-1996-yillarda Empressa Sul Americana de Montagensning Nigeriyadagi ofisida operatsiyalar boʻyicha direktor sifatida ishga kirgan, bu kompaniya Braziliyadagi yettinchi yirik muhandislik firmasi hisoblanadi. 2013-yilda nashr etilgan Morning Reflections kitobining muallifi ham hisoblanadi. Cole Daily Times gazetasining sobiq direktori va Nigeriyaning Braziliyadagi sobiq elchisi Patrick Dele Colening oʻgʻli hisoblanadi. Uning oʻzi doktor Silviya Colega uylangan va uchta farzandi bor.
Kitoblari Morning Reflections (2013-yil).
My God Thinks (2016-yil)
Watchers of Times
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1967-yilda tugʻilganlar