Andrija Filipovich (1997-yil 18-aprel, Riyekada tugʻilgan) – xorvatiyalik professional futbolchi, Vengriyaning Kisvarda klubida hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi.
Klub karerasi Riyeka shahrida tugʻilgan Filipovich 2015-yilda HNK Rijeka yoshlar jamoasidan „Yuventus“ klubining yoshlar tizimiga qabul qilingan. 2015-yilning ikki davrasida Spezia Calcio yoshlar jamoasi tarkibida oʻtkazgan. 2016-yilgi mavsumda ilk professional faoliyatini Siena jamoasi tarkibida boshlagan, 2017-yil fevral oyida Sloveniyaning ND Gorica klubi bilan shartnoma imzolagan. 2019/2020 mavsumi oxirigacha Gorica jamoasi safida 62 ta oʻyinida maydonga tushib, 11 ta gol urgan.
Filipovich 2019-yilning yozida Eerste Divisie ligasi ishtirokchisi NAC Breda klubiga qoʻshilgan. Breda jamoasi tarkibida 15 oʻyin oʻtkazib, bir gol muallifiga aylangan. 2020-yil 31-yanvarda Sloveniyaning „NŠ Mura“ jamoasi bilan 2022-yil oxirigacha tuzilgan shartnomasi asosida yangi klubga oʻtgan. Biroq uning shartnomasi 2021-yilning avgustida oʻzaro bekor qilingan.
2021-yilning sentabrida Filipovich Albaniyaning „Partizani“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. U kalendar yili oxirida klubni tark etdi, Albaniya jamoasi safida barcha musobaqalarda 10 ta oʻyinda ikkita gol urdi.
2022-yil fevral oyida Filipovich Qozogʻiston Premyer-ligasi klubi „Atirau“ kluib bilan shartnoma imzolagan.
2023-yilning 13-fevralida Filipovich Qozogʻiston Premyer-ligasining boshqa klubi „Aktobe“ bilan shartnoma imzolagan. 2024-yilning 24-yanvarida „Aktobe“ klubini tark etganini eʼlon qilgan. 2024-yil 23-yanvarda Kisvarda Filipovich bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. 2024-yil 25-iyulda Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasi bilan yarim yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilingan.
Terma jamoadagi faoliyat Filipovich Xorvatiyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida 2015-yilda Chernogoriyaga qarshi m UEFA U-19 Yevropa chempionati saralashida maydonga tushgan va jamoasi bilan 3:1 hisobida gʻalaba qozongan.
Yutuqlar Mura
Sloveniya PrvaLiga : 2020/2021 Sloveniya kubogi : 2019/2020
Manbalar
Havolalar
Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Aktobe futbolchilari Turkum:FC Atirau futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Xorvatiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Vengriyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar