Abu Hoshim Muhammad ibn Jaʼfar al-Hasaniy al-Alaviy () (1095–1094-yillarda vafot etgan) Hoshimiylarning sharifiylar sulolasidan boʻlgan birinchi Makka amiri. Hijriy 455-yilda (milodiy 1063) Ali as-Sulayhiy tomonidan amir etib tayinlangan. 487-yilda (milodiy 1094) 70 yoshdan oshganida vafot etgan. Hukmronligi davrida Fotimiylar va Bagʻdod xalifaligi oʻrtasida bir necha bor bay’at oʻzgartirgan. Ibn al-Asir Abu Hoshim toʻgʻrisida: „U haqida maqtovga sazovor narsa yoʻq edi“, deb yozgan boʻlsa, Zahabiy: „U zolim, yaxshiliklardan mahrum edi“, deydi. Abu Hoshimning vafotidan keyin uning oʻrniga oʻgʻli Qosim ibn Abu Hoshim kelgan.

Manbalar

Turkum:Makka shariflari Turkum:Hoshimiylar sulolasi