STUDENT bu algebrik masalalardagi muammolarini hal qilish uchun ishlab chiqilgan dastlabki sun'iy intellekt dasturi. Bu dastur Lispda Daniel Bobrow tomonidan 1964-yilda doktorlik dissertatsiyasi sifatida yozilgan (Bobrow 1964). Ushbu dastur oʻrta maktab algebra kitoblarida uchraydigan masalalarni oʻqish va ularga yechim topish uchun moʻljallangan. Dastur koʻpincha tabiiy tilni qayta ishlashda (NLP) sunʼiy intellektning dastlabki yutugʻi sifatida tilga olinadi. Texnik tavsifi 1960-yillarda kompyuterlar asosan faqat universitetlarda tadqiqot kontekstida mavjud edi. MITdagi MAC loyihasi doirasida STUDENT dasturi matematik savollarga javob beruvchi dasturiy taʼminotning dastlabki namunasi boʻlib, ushbu tizim tabiiy tilni qayta ishlash va symbolic programming (ramziy dasturlash)ni oʻz ichiga oladi. Matematik masalalarni yechishga qaratilgan bu kabi boshqa tizimlarni ishlab chiqish 1960-yillarda qattiq disk va dasturiy taʼminotda ham amalga oshirildi: masalan, Philips, Baseball va Synthex tizimlari.
STUDENT tizimi matematik masalalarni yechish uchun quyidagicha harakatlanadi: dastlab masala yozma ravishda, yaʼni soʻzlar bilan tizimga kiritiladi, dastur masalani yechgandan soʻng javobni raqamlar bilan ifodalaydi. Bu shaklni oʻzgartirish evristikadan iborat qatlamli quvur liniyasida amalga oshiriladi. Dastlab, ingliz tilidagi jumlalar yadroli jumlalarga aylantiriladi, ularning har biri bitta maʼlumotni oʻz ichiga oladi. Keyinchalik, yadro jumlalar matematik ifodalarga aylantiriladi|. Transformatsiyani qoʻllab-quvvatlaydigan bilimlar bazasi 52 ta faktni oʻz ichiga oladi
STUDENT dasturi mantiqiy xulosaga ega qoidaga asoslangan tizimdan foydalanadi. Qoidalar dasturchi tomonidan oldindan dasturlashtirilgan va tabiiy tilni tahlil qilish imkoniyatiga ega.
Machine learning (Mashinali oʻrganish) kabi tabiiy tillarni qayta ishlashning bir muncha kuchli variantlari keyinchalik qoʻllanila boshlandi, vaqtlar oʻtgani sari mavjud qurilmalar takomillashib bordi va bu odddiy qoidalarga asoslangan tizimlarga nisbatan ancha muvaffaqiyatli boʻldi.
Misol Agar Tom oladigan mijozlar soni u olib boradigan reklamalar sonining 20% kvadratidan ikki baravar boʻlsa va reklamalar soni 45 ta boʻlsa, Tom qancha mijozlar oladi?
(Norvigdan olingan)
Manbalar