Birinchi ingliz—afgʻon urushi () – 1838-yildan 1842-yilgacha Britaniya imperiyasi va Kobul amirligi oʻrtasida boʻlib oʻtgan urush. Inglizlar dastlab amir Doʻstmuhammadxon (Barakzay) va sobiq qirol Shoh Shujo (Durroniy) oʻrtasidagi nizoda sobiq qirol taraf boʻlib, 1839-yil avgustda Kobulni egallab olgach, Shoh Shuja hukmronligini tiklab, mamlakatga muvaffaqiyatli bostirib kirishgan. Kobulni egallab olgan Britaniya hind qoʻshinlari shaharda ogʻir qishlarni boshdan kechirishgan. 1842-yilda Kobuldan chekinish paytida harbiy kuchlar va ularning harbiy qarorgohdagi aʼzolari deyarli butunlay qirgʻin qilingan.

Inglizlar avvalgi kuchlari yoʻq qilingani uchun uchun qasos olish maqsadida Kobulga qasos armiyasini yuborishgan. Mahbuslarni ozod qilgan ushbu kuchlar yil oxirigacha Afgʻonistonni tark etgan. Doʻstmuhammadxon oʻz hukmronligini tiklash uchun Hindistondagi surgundan qaytib kelgan.

Bu urush Katta oʻyin davridagi dastlabki yirik toʻqnashuvlardan biri boʻlib, 19-asrda Buyuk Britaniya va Rossiya oʻrtasida Markaziy Osiyoda hokimiyat va taʼsir uchun kurash ham boʻlgan.

Kelib chiqishi

Sabablari 19-asr Britaniya va Rossiya imperiyalari oʻrtasida Janubiy Osiyodagi taʼsir doiralar uchun inglizlar „Katta oʻyin“ va ruslar esa „Soyalar musobaqasi“ deb atagan diplomatik raqobat davri boʻlganPerry, James Arrogant Armies, Edison: CastleBooks, 2005 p. 110.. Imperator Pavel I dan boshqa hech bir rus podshosi Hindistonga bostirib kirish haqida oʻylamagan. Mazkur imperatorning 1800-yilda Hindistonga bostirib kirish haqidagi buyrugʻi 1801-yilda oʻldirilganidan keyin bekor qilingan. Biroq, 19-asrning koʻp qismida Britaniyada Rossiyaga nisbatan „dushman“ sifatida qarash kayfiyati saqlanib qolgan. Rossiyaning Markaziy Osiyoga, hozirgi Qozogʻiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikiston hududiga har qanday yurishi Londonda, amerikalik tarixchi David Fromkin taʼkidlaganidek, „qanchalik uzoq boʻlmasin“, har doim Hindistonni zabt etishga qaratilgan deb qabul qilinganFromkin, David "The Great Game in Asia" pp. 936–51 from Foreign Affairs, Volume 58, Issue 4, Spring 1980 pp. 937–38. 1832-yilda Buyuk Britaniyada ovoz berish va lavozimni egallash uchun talablarni pasaytirishni nazarda tutgan birinchi islohot qonuni qabul qilingan. Mazkur qonunni oʻta konservativ Rossiya imperatori Nikolay I ochiqchasiga maʼqullamagan. Bu esa koʻpchilik rus avtokratiyasi va Britaniya demokratiyasi toʻqnash kelishiga ishongan Angliya-Rossiya „sovuq urushi“ uchun zamin yaratganFromkin, David "The Great Game in Asia" pp. 936–51 from Foreign Affairs, Volume 58, Issue 4, Spring 1980 p. 938. 1837-yilda lord Palmerston va John Hobhouse Afgʻoniston va Sinddagi beqarorlik hamda Sikx qirolligining shimoli-gʻarbda kuchayib borishidan qoʻrqib, Afgʻoniston orqali Britaniya Hindistoniga ruslar bostirib kirishi mumkinligi haqidagi tasavvurni ilgari surishgan. Inglizlar imperator Nikolay I tashqi siyosatini inglizlarga qarshi va Osiyoda kengayish siyosati deya notoʻgʻri tushunishga moyil boʻlishgan. Imperator Nikolay Britaniyani liberal demokratik davlat sifatida yoqtirmasdan, „gʻalati“ deb bilgan boʻlsa-da, har doim Britaniya bilan Osiyodagi taʼsir doiralari boʻyicha kelishuvga erishish mumkinligiga va liberalizmning paydo boʻlishini boshdan kechirgan Britaniya jamiyatining mohiyatiga koʻra konservativ tabiatga ega ekanligiga ishonganRiasanovsky, Nicholas Nicholas I and Official Nationality in Russia, 1825–1855, Los Angeles: University of California Press, 1959 p. 255.. Nikolay tashqi siyosatining asosiy maqsadi Osiyoni zabt etish emas, balki Yevropadagi status-kvo saqlanib qolishi, ayniqsa Prussiya va Avstriya bilan hamkorlik qilish hamda Fransiyani izolyatsiya qilish boʻlgan. Chunki fransuzlar qiroli Lui Filipp I ni Nikolay „uzurpator“ boʻlgani uchun yomon koʻrganRiasanovsky, Nicholas Nicholas I and Official Nationality in Russia, 1825–1855, Los Angeles: University of California Press, 1959 pp. 257–58.. Orlean gersogi bir vaqtlar Nikolayning doʻsti boʻlgan, ammo 1830-yilgi inqilobdan keyin Fransiya taxtini egallagach, Nikolay liberalistdek koʻrina boshlagan sobiq doʻstiga nisbatan nafrat bilan qaray boshlaganRiasanovsky, Nicholas Nicholas I and Official Nationality in Russia, 1825–1855, Los Angeles: University of California Press, 1959 p. 258.. Rossiya Ost Indiya kompaniyasi uchun tahdid boʻlgan degan fikr sodir boʻlgan voqealarning bir versiyasidir. Olimlar hozirda Ost Indiya kompaniyasi qoʻrquvi aslida Doʻstmuhammadxon va Eron Qojar hukmdori ittifoq tuzib, Panjobda sikxlar hukmronligiga barham berish niyatida boʻlgan, degan boshqacha talqinni maʼqullashmoqda. Inglizlar bosqinchi islom qoʻshini Hindistonda xalq va knyazliklarning qoʻzgʻoloniga sabab boʻlishidan qoʻrqib, Doʻstmuhammadxon oʻrniga siyosiy jihatdab „yumshoqroq“ hukmdorni tayinlashga qaror qilishgan. „Mish-mishlar hayot va imperiyaning oʻzi uchun qimmatga tushishi mumkin edi. Shuning uchun ham Ost Indiya kompaniyasi sharqona boshqaruv oʻrnatilishi haqida emas, rus ayigʻi tahdidi haqida gapira boshlagan“.

1834-yilda Shoh Shujo Durroniy inglizlar yordami bilan Qandahorga bostirib kirgan, ammo magʻlubiyatga uchragan.

Kompaniya Afgʻoniston amiri Doʻstmuhammadxon bilan Rossiyaga qarshi ittifoq tuzish uchun Kobulga elchi yuborganL. W. Adamec/J. A. Norris, Anglo-Afghan Wars, in Encyclopædia Iranica, online ed., 2010J.A. Norris, Anglo-Afghan Relations , in Encyclopædia Iranica, online ed., 2010. Afgʻonistondagi fuqarolar urushi davrida sikxlar Peshovarni Peshovar sardorlaridan tortib olib, oʻzlariga boʻysundirishgan. Inglizlar Dal Xalsadan qoʻrqishardi. Ular sikx armiyasini tartibli qoʻshinga ega boʻlmagan va faqatgina jihod bayrogʻi ostida amir uchun kurashga chiqadigan afgʻon qabilalariga qaraganda ancha kuchliroq tahdid deb hisoblashganPerry, James Arrogant Armies, Edison: CastleBooks, 2005 p. 111.. Shu sababli lord Oklend Afgʻoniston bilan ittifoqdan koʻra Panjob bilan ittifoqni afzal koʻrgan. Inglizlar Panjob yoki Afgʻoniston bilan ittifoq tuzishlari mumkin boʻlsa-da, ikkalasi ham bir vaqtning oʻzida emas edi.

Hindiston general-gubernatori Lord Oklend Kobulga rus elchisi graf Yan Prosper Vitkevichning (ismning ruscha varianti Yan Vitkevich boʻlgan) kelishi va Doʻstmuhammadning Rossiyaga yordam soʻrab murojaat qilishi ehtimoli haqida eshitgach, siyosiy maslahatchilari mavjud tahdidni boʻrttirib koʻrsatishgan. Ost Indiya kompaniyasining Afgʻonistondagi bosh siyosiy mudiri lavozimida ishlagan shotlandiyalik Alexander Burnes Vitkyevichni shunday ta’riflagan: „U taxminan oʻttiz yoshlardagi, fransuz, turk va fors tillarida bemalol gaplashadigan, oliyjanob va xushmuomala odam edi. Shuningdek, kazaklar ofitseri kiyimini kiyib yurardi“Macintyre, Ben The Man Who Would Be King, New York: Farrar, Straus, Giroux, 2002 p. 205. Vitkevichning borligi Byornsni tushkunlikka solib qoʻygan. Bir zamondoshi u „umidsizlikka tushib, boshini hoʻl sochiq va roʻmol bilan bogʻlab, oʻtkir hidli shishani hidladi“ deb taʼkidlagan. Doʻstmuhammad graf Vitkevichni Rossiya bilan ittifoq tuzishni chindan xohlagani uchun emas, balki inglizlarni oʻzining ashaddiy dushmani Panjob Maxarajasi Ranjit Singx bilan ittifoq tuzishdan qoʻrqitish uchun Kobulga taklif qilgan edi. Inglizlar Singxni oʻzi bosib olgan sobiq afgʻon hududlarini qaytarishga majbur qilish qudratiga ega edi. Ruslar esa qaytara olmasliklari ham Doʻstmuhammadxon nega inglizlar bilan ittifoq tuzishni xohlayotganini tushuntirardi. Byorns 1837-yil dekabr oyining oxirida graf Vitkevich va Doʻstmuhammad bilan kechki ovqatdan keyin uyiga qaytayotganidagi voqea haqida quyidagicha yozgan: „Biz tartibsiz uydamiz. Rossiya imperatori Ranjit Singxga qarshi jang qilish ... [afgʻonlarga] pul taklif qilish uchun Kobulga elchi yubordi!!! Men oʻz koʻzlarim va quloqlarimga ishonmayapman“. 1838-yil 20-yanvarda lord Oklend Doʻstmuhammadga ultimatum yuborib, shunday degan: „Rossiya bilan barcha yozishmalardan voz kechishingiz kerak. Hech qachon ularning agentlarini qabul qilmaysiz yoki bizning ruxsatimizsiz ular bilan hech qanday aloqada boʻlmasligingiz kerak. Kapitan Viktevichni xushmuomalalik bilan ortga qaytarishingiz kerak. Peshovarga nisbatan barcha daʼvolaringizdan voz kechishingiz kerak“Macintyre, Ben The Man Who Would Be King, New York: Farrar, Straus, Giroux, 2002 pp. 205–06. Byornsning oʻzi lord Oklendning maktubi „yozuvchining niyatini koʻrsatib qoʻyadigan darajada diktatorlik va oʻta shafqatsiz“ ekanligidan shikoyat qilib, maktubni imkon qadar uzoq vaqt yetkazmaslikka harakat qilganMacintyre, Ben The Man Who Would Be King, New York: Farrar, Straus, Giroux, 2002 p. 206. Doʻstmuhammad maktubdan xafa boʻlsa-da, urushdan qochish uchun oʻzining maxsus harbiy maslahatchisi, amerikalik sarguzasht izlovchi Josiah Harlan orqali qandaydir murosaga kelish mumkinligini bilish uchun Byorns bilan muzokaralar olib borganMacintyre, Ben The Man Who Would Be King, New York: Farrar, Straus, Giroux, 2002 pp. 206–07. Byorns aslida hech qanaqa muzokara qilish huquqiga ega emas edi. Harlan Byornsning shunchaki harakatsizligidan shikoyat qilgan. Bu esa Doʻstmuhammadning 1838-yil 26-aprelda Britaniya diplomatik missiyasini chiqarib yuborishiga sabab boʻlgan.

Britaniyaning Fors va Afgʻonistonning Hindistonga bostirib kirishi borasidagi qoʻrquvi 1838-yilda afgʻonlar va ruslar oʻrtasidagi muzokaralar barbod boʻlgach, haqiqatga yanada yaqinlashgan. Forsning Qojarlar sulolasi Rossiya yordami bilan Hirotni qamal qilishga harakat qilgan. Afgʻonistondagi Hirot shahri tarixan Forsga tegishli shahar boʻlib, Qojar shohlari shaharbi qaytarib olishni anchadan beri orzu qilgan. Shahar „Oʻrta Osiyo don ombori“ nomi bilan mashhur boʻlgan unumdor tekislikda joylashgan. Hirot va uning atrofidagi qishloqlarni nazorat qilgan hukmdor butun Markaziy Osiyodagi eng yirik don manbasini ham nazorat qilar ediPerry, James Arrogant Armies, Edison: CastleBooks, 2005 pp. 110–11.. Oʻrta Osiyoda oʻz ishtirokini kuchaytirishni istagan Rossiya 1709-yilda Safaviy Forsi tarkibiga kirgan Hirot masalasida Afgʻoniston bilan hududiy ziddiyatlarga ega Qojar Forsi bilan ittifoq tuzgan. Lord Oklendning rejasi qamal qilayotganlarni quvib chiqarib, Doʻstmuhammad oʻrniga bir paytlar Afgʻonistonni boshqargan hamda oʻzini afgʻon taxtiga qayta tiklashi mumkin boʻlgan har qanday kuch bilan ittifoq tuzishga tayyor Shujoshoh Durroniyni tayinlash edi. Bu paytda Shujo Doʻstmuhammadxonni agʻdarish uchun harbiy tajribasi Birinchi Birma urushida Ost Indiya kompaniyasi qoʻshinlari tarkibida jarroh boʻlib ishlagan amerikalik sarguzashtchi Josiah Harlanni yollaganMacintyre, Ben The Man Who Would Be King, New York: Farrar, Straus, Giroux, 2002 p. 32. Shujo shoh 1809-yilda taxtdan agʻdarilgan hamda 1818-yildan buyon Britaniya Hindistonida surgunda yashab, bir kun kelib shohning foydasi tegishi mumkinligiga ishongan Ost Indiya kompaniyasidan nafaqa olib turgan. Inglizlar Afgʻonistonga bostirib kirayotganlarini rad etib, „qonuniy“ Shujo hukumatini „chet el aralashuvi va soxta muxolifatga qarshi“ qoʻllab-quvvatlayotganlarini daʼvo qilishgan. 1838-yilga kelib Shujo shohni sobiq fuqarolarining koʻpchiligi va zolim hukmdor deb bilganlar deyarli yodga olishmagan. Britaniya tez orada uning Afgʻonistonda xalq qoʻlloviga deyarli ega emasligini bilib olganPerry, James Arrogant Armies, Edison: CastleBooks, 2005 p. 112..