Anne Peichert (; 1996-yil 26-noyabrda tugʻilgan) – Louane Emera () yoki oddiygina Louane nomi bilan tanilgan, fransuz qo‘shiqchisi va aktrisasi. Fransiyada u 2013-yilgi „The Voice: la plus belle voix“ loyihasida yarim finalchi boʻlganidan keyin tanildi. 2014-yilda „La Famille Bélier“ filmidagi roli bilan xalqaro miqyosda ham tanildi. Bu filmdagi roli uchun u „Eng istiqbolli aktrisa“ uchun César mukofotini qoʻlga kiritdi. U 2022-yilda Fransiyaning „Beyond Signs (Visions)“ serialida bosh rolni ijro etadi.
Hayoti Anne Peichert toʻrtta singlisi va yagona ukasi Bach bilan Fransiyaning Pas-de-Calais departamentida katta boʻldi. Louanening otasi Jean-Pierre Peichert fransuz boʻlib, polyak ona va nemis otaning farzandi edi. Uning onasi Isabel Pinto dos Santos esa portugaliyalik boʻlib, uning otasi portugal va onasi braziliyalik boʻlgan.
2008-yilda u Direct 8 kanalida efirga uzatilgan „L’École des stars“ nomli fransuz musiqa tanlovida ishtirok etdi.
Sakkiz yoshida DEGS kasalligi tashxisi qoʻyilgan Louane ota-onasi koʻpincha giperaktivligi uchun uni jazolashga majbur boʻlganini, lekin u ulardan intizom haqida koʻp narsani oʻrganganini hamda ular har doim unga mehr bilan munosabatda boʻlganini aytib oʻtdiLouane sur NRJ.
Louane oʻsmirlik davrida ham otasidan, ham onasidan ayrildi. Uning „The Voice“ loyihasida ijro etgan „Imagine“ qoʻshigʻi atigi uch oy oldin vafot etgan otasiga bagʻishlandi. Uning onasi 2014-yilda uzoq davom etgan kasallikdan keyin vafot etdi.
Karyerasi Musiqiy karyerasi
2013-yilda uning birinchi haqiqiy yutugʻi „The Voice: la plus belle voix“ loyihasining ikkinchi mavsumida ishtirok etishi bilan keldi. U sahnada William Shellerning „Un homme heureux“ qoʻshigʻini kuyladi va ijro toʻrt murabbiy Florent Pagny, Jenifer, Lui Bertignac va Garoularning barchasiga maʼqul keldi. Uning „blind audition“ epizodi 2013-yil 16-fevralda efirga uzatildi.
2013-yil 23-mart kuni Musiqiy janglar raundida u Natali Imbruglianing „Torn“ qoʻshigʻini ijro etgani soʻng, u Diana Espirga qarshi raqib sifatida tanlandi. Jonli ijrolar davomida u Michel Legrandning „Les moulins de mon cœur“ qoʻshigʻini kuyladi va ovoz berish natijalari orqali tanlovdagi ishtirokini davom ettiradigan boʻldi. Tanlov davomida u 2013-yil 27-aprelda Carly Rae Jepsenning „Call Me Maybe“ qoʻshigʻini ijro etdi. Louanening vafot etgan otasiga bagʻishlangan „Imagine“ qoʻshigʻi bilan u yana ovoz berish orqali tanlovda qoldi. Ammo uning tanlovdagi faoliyati Karla Brunining „Quelqu’un m’a dit“ qoʻshigʻini ijro etganidan keyin yarim final bosqichida yakunlandi. U bu bosqichda jami 74 ball toʻpladi, boshqa bir yarim finalchisi Lois esa 76 ball toʻplagan edi. Shunga koʻra, Louane 5-8-oʻrinlarni egallab, magʻlub boʻldi.
2015-yil 5-fevralda u Parijda Jessie J koʻrgazmasining ochilish marosimida xizmat qildi.
Uning debyut studiyaviy albomi „Chambre 12“ 2015-yil 2-martda taqdim etildi va katta muvaffaqiyatga erishdi. Uning „Avenir“ singli ham Fransiya chartlarida birinchi oʻrinni egalladi.
2017-yilda u „The Chainsmokers“ guruhi bilan birgalikda ularning „Memories…Do Not Open“ nomli debyut albomidan joy olgan „It Wonʼt Kill Ya“ qoʻshigʻini kuyladi.
2021-yil 1-sentabrda Pokémon 25 kompaniyasi „Game Boy“ oʻyin konsoli uchun „Game Girl“ qoʻshigʻini kuyladi.
Aktrisalik karyerasi
„The Voice“ loyihasidagi chiqishlaridan soʻng, Éric Lartigau uning mahoratini payqadi va uni oʻzining „La Famille Bélier“ filmiga taklif qildi. Filmda u karlar oilasida yagona eshitadigan inson, Paula rolini oʻynadi. Qahramon filmda Michel Sardouning bir qator qoʻshiqlarini, xususan, „Je vole“ taronasini kuylaydi. Bu filmdagi ijrosi uchun u „Eng istiqbolli aktrisa“ nominatsiyasida César mukofotini qoʻlga kiritdi.
U oʻsha yili Kann kinofestivalida premyerasi boʻlgan „TF1 2022“ nomli fransuz teleserialida bolalar psixologi rolini oʻynadi. Akim Isker rejissyori boʻlgan serialda, shuningdek, Soufiane Guerrab, Jean-Hugues Anglade va Julien Boisselier ham bosh rollarni rollarini ijro etdi. Serial voqealari bedarak yoʻqolgan bola hamda gʻalati hodisalarning govohiga aylanayotgan boshqa bir yosh bola bilan kechgan tergov jarayonlariga qaratilgan.
Shaxsiy hayoti 2017 va 2018-yillar oraligʻida Louane DJ Kungs bilan ishqiy munosabatlarda boʻlgani xabar qilindi, ammo ular buni rasman tasdiqlashdan bosh tortdi.
2018-yilning yozidan boshlab u musiqachi Florian Rossi bilan munosabatda boʻldihttps://www.potins.net/people-stars/louane-cest-lamour-fou-avec-son-cheri-351380.html. 2019-yil noyabr oyida Public jurnali Louane va Florian Rossi farzand kutayotganligini xabar qildi. 2020-yil mart oyining oxirida u qiz farzandni dunyoga keltirdi va unga Esmée deb ism qoʻyishdi. Instagram sahifasidagi jonli efirida Louane oʻz farzandining yuzini oshkor qilishni istamasligini aytdi, chunki u qizining hayoti oʻz hayotidan farq qilishini va birinchi navbatda uning shaxsiy daxlsizligini taʼminlashni xohlar edi.
Mukofotlari Yil Mukofot Yoʻnalish Nominant Natija 2015-yil Lumière Awards Eng yaxshi yosh aktrisa La Famille Bélier César Awards Eng istiqbolli aktrisa
Filmografiyasi
Filmlari Yil Film Rol Izoh 2014-yil La Famille Bélier Paula Bélier César va Lumières mukofotlarini qoʻlga kiritgan2016-yil Trollar Poppy Fransuzcha dublyajida ovoz bergan2017-yil Sahara Eva2017-yil Nos patriotes Marie2018-yil Les Affamés Zoé 2018-yil Super oila 2 Violet Parr Fransuzcha dublyajida ovoz bergan 2023-yil Marie-Line et son juge Marie-Line
Televizion loyihalari Badiiy loyihalari 2022: Visions, as Sarah Sauvant
Tok-shoulari Yil Shou 2014 On nʼest pas couché Le Grand Cabaret sur son 31 2015 Hier encore Le Grand Journal Du côté de chez Dave Touche pas à mon poste!
Tanlovlari Yil Tanlov Izoh 2008-yil L'École des stars 2013-yil The Voice 2-mavsum yarim finalchisi
Diskografiyasi Chambre 12 (2015) Louane (2017) Joie de vivre (2020) Joie de vivre (en couleurs) (2021) Sentiments (2022) Sentiments Heureux (2023)
Manbalar
Havolalar
Turkum:Fransiyalik aktrisalar Turkum:Fransiyalik qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar