Milliy Olimpiya qoʻmitasi (MOQ) – butunjahon olimpiya harakatining milliy tarkibiy qismi. Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi nazorati ostida mamlakat sportchilarining Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini tashkil etish uchun javobgar. Shuningdek, Milliy olimpiya qoʻmitalari oʻz mamlakatlaridagi shaharlarni boʻlajak Olimpiada oʻyinlariga nomzod shahar sifatida koʻrsatishlari mumkin. Bundan tashqari, oʻz geografik hududlari doirasida sportchilar faoliyatini rivojlantirish hamda milliy darajada murabbiylar va rasmiy vakillarni tayyorlash uchun ham yordam beradi.
Milliy Olimpiya qoʻmitalari 2023-yil holatiga koʻra, jami 206 ta Milliy Olimpiya qoʻmitalari mavjud. Bularga Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo 193 davlatning har biri, 1 ta BMT Bosh Assambleyasi kuzatuvchi davlati (Falastin), BMT tomonidan tan olinmagan 2 ta davlat (Kosovo va Tayvan) va Yangi Zelandiya kiradi (Kuk orollari).
Shuningdek, Milliy Olimpiya qoʻmitalari tan olingan 9 ta qaram hududlar ham mavjud. Ular Amerika Qoʻshma Shtatlarning 4 ta hududi (Amerika Samoasi, Guam, Puerto-Riko va Amerikaning Virgin orollari, Britaniyaning 3 ta xorijdagi hududi (Bermuda, Britaniyaning Virgin orollari va Kayman orollari), Niderlandiya Qirolligining (Aruba) va Xitoyning 1 ta maxsus maʼmuriy hududi (Hong Kong).
1996-yilga qadar qaram hududlarni yoki taʼsischi mamlakatlarni XOQ tarkibidagi alohida davlatlar sifatida tan olish qoidalari Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi kabi qatʼiy emas edi. Bu esa ushbu hududlarga oʻzlarining suveren davlatlaridan alohida jamoalarni maydonga tushirishga imkon berdi. 1996-yilda Olimpiya xartiyasiga kiritilgan tuzatishdan soʻng, MOQ faqatgina oʻzi tegishli boʻlgan mamlakat xalqaro hamjamiyat tomonidan mustaqil davlat sifatida tan olinganidan keyingina XOQ tarkibiga kiritilishi belgilab qoʻyildi. Yangi qabul qilingan ushbu qoidaning bundan oldingisiga taʼsiri boʻlmaganligi sababli oʻzgarishdan oldin tan olingan qaram hududlar va taʼsis mamlakatlar Olimpiada oʻyinlariga alohida jamoalarni joʻnatishda davom etishlari mumkin. Farer orollari va Makao esa Olimpiadaga oʻz Paralimpiya terma jamoalarini yuboradi.
Ushbu qoidalar asosida kelajakdagi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan yagona davlat Vatikan boʻlib, u BMTning kuzatuvchi davlatlaridan biridir. Garchi ushbu maʼlumot aniq boʻlmasa-da, Yangi Zelandiya bilan erkin assotsiatsiyalashgan Niue davlati ham oʻz tashqi aloqalarini olib boradi hamda BMTning ixtisoslashgan agentliklari va shartnomalarida mustaqil ravishda ishtirok etishi huquqiga ega deb hisoblaniladi. Hozirgi vaqtda qolgan barcha tan olinmagan va qisman tan olingan davlatlar XOQga aʼzo boʻlish huquqiga ega emas, chunki ular Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo mamlakatlarning aksariyati tomonidan tan olinmaydi. Kyurasao, Farer orollari, Gibraltar, Grenlandiya, Makao, Yangi Kaledoniya va Taiti kabi tarkibiy davlatlar va qaram hududlar ham endilikda BMT davlatlari tomonidan tan olinmaydi, shuning uchun ushbu hududlardan kelgan sportchilar Olimpiadada faqatgina oʻzlari tarkibiga kiritilgan davlat milliy terma jamoalari hisobidan oʻyinlarda ishtirok etishlari mumkin. Bu qoida maqomi oʻzgargan hududlarga ham taalluqlidir. Niderlandiyaning Antil orollari Olimpiya qoʻmitasi 2010-yilda oʻz faoliyatini toʻxtatganligi sababli XOQning 2011-yil iyul oyida boʻlib oʻtgan 123-sessiyasida tarqatib yuborilgan.
Millatlar hamdoʻstligiga kiruvchi mamlakatlar va hududlarning Milliy Olimpiya qoʻmitalari, odatda, Hamdoʻstlik oʻyinlari assotsiatsiyasining aʼzolari hisoblanadi, ammo bu qoida Buyuk Britaniyaning taʼsis mamlakatlariga (Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya), shuningdek, hamdoʻstlik va Olimpiya sporti uchun alohida tashkilotlarni yuritadigan Kanada yoki Avstraliya uchun ham taalluqli emas. Millatlar hamdoʻstligining boshqa aʼzolari uchun ularning MOQlari Hamdoʻstlik oʻyinlarida oʻz milliy jamoalarini tashkil etish va nazorat qilish uchun javobgardir.
Roʻyxatga olingan Milliy Olimpiya qoʻmitalari Quyida joriy MOQlar roʻyxati keltirilgan:
Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tomonidan tan olingan 206 ta Milliy Olimpiya qoʻmitalari va Milliy Olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi (ANOC) aʼzolari. 7 ta Milliy Olimpiya qoʻmitalari oʻzlarining qitʼa Olimpiya assotsiatsiyalari tomonidan tan olingan, ammo Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tomonidan tan olinmagan.
ANOC aʼzolari Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish huquqiga ega. Qitʼa Olimpiya assotsiatsiyasiga aʼzo boʻlgan, ammo ANOC aʼzosi boʻlmagan baʼzi Milliy Olimpiya qoʻmitalari qitʼa miqyosidagi va submintaqaviy darajadagi turnirlarda qatnashadi. Biroq bu qoʻmitalar Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishlari mumkin emas.
Jami 5 ta qitʼa Olimpiya assotsiatsiyalari mavjud:
Afrika – Afrika Milliy Olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi (ANOCA) Amerika – Pan-Amerika sport tashkiloti (PASO) Osiyo – Osiyo Olimpiya Kengashi (OCA) Yevropa – Yevropa Olimpiya qoʻmitalari (EOC) Okeaniya – Okeaniya Milliy Olimpiya qoʻmitalari (ONOC)
Yozgi va Qishki Olimpiada oʻyinlari XOQ tomonidan tan olingan barcha MOQlar ishtirok etishi mumkin boʻlgan musobaqalar sifatida aynan XOQning oʻzi tomonidan boshqariladi. Har bir qitʼa oʻz aʼzolari uchun chempionatlar oʻtkazadi:
ANOCA – Afrika oʻyinlari PASO – Pan-Amerika oʻyinlari va Pan-Amerika qishki oʻyinlari OCA – Osiyo oʻyinlari va Qishki Osiyo oʻyinlari EOC – Yevropa oʻyinlari ONOC – Tinch okeani oʻyinlari
Garchi oʻz-oʻzlari bilan kontinetal ittifoq boʻlmasa-da, Arab Milliy Olimpiya qoʻmitalari ittifoqi (UANOC) va Oʻrta yer dengizi oʻyinlari xalqaro qoʻmitalari (CIJM) qitʼa ittifoqlari boʻlmasa-da, arab tilida soʻzlashuvchi davlatlar va Oʻrta yer dengizi mamlakatlari oʻrtasida koʻplab sport musobaqalarini tashkil qilinadi. UANOCni tashkil etuvchi 22 ta Milliy Olimpiya qoʻmitalari, CIJMga kiruvchi 26 ta qoʻmitalarning barchasi ANOCA, EOC yoki OCA aʼzolari boʻlib, ular oʻz sportchilarini Afrika, Yevropa yoki Osiyo oʻyinlariga yuborish huquqiga ega. UANOC va CIJM Milliy Olimpiya qoʻmitalari quyidagi roʻyxatda qayd etilgan.
Afrika (ANOCA) Jazoir1 2 Angola Benin Botsvana 3 Burkina Faso Burundi Kamerun Kabo-Verde Markaziy Afrika Respublikasi Chad Komor orollari1 Kongo Kongo Kot-dʼIvuar Jibuti1 Misr12 Ekvatorial Gvineya Eritreya Esvatini 3 Efiopiya Gabon 3 Gambiya 3 Gana 3 Gvineya Gvineya-Bisau Keniya 3 Lesoto 3 Liberiya Liviya12 Madagaskar Malavi 3 Mali Mavritaniya1 Mavrikiy 3 Marokash12 Mozambik 3 Namibiya 3 Nigeriya Nigeriya 3 Ruanda 3 San-Tome va Prinsipi Senegal Seyshel orollari 3 Syerra-Leone 3 Somali1 Janubiy Afrika 3 Janubiy Sudan Sudan1 Tanzaniya 3 Togo 3 Tunis12 Uganda 3 Zambiya 3 Zimbabve 3 1: Milliy Olimpiya qoʻmitasi UANOC aʼzosi.
2: Milliy Olimpiya qoʻmitasi CIJM aʼzosi.
3: Milliy Olimpiya qoʻmitasi, shuningdek, Milliy Hamdoʻstlik oʻyinlari assotsiatsiyasi hamdir.
Amerika (Pan-Amerika sport tashkilotlari) Antigua va barbuda1 Argentina Aruba Bagama orollari1 Barbados1 Beliz1 Bermud oroli1 Boliviya Braziliya Britaniyaning Virgin orollari Kanada Kayman orollari1 Chili Kolumbiya Kosta-Rika Kuba Dominika1 Dominikana Respublikasi Ekvador Salvador Grenada1 Gvatemala Gayana1 Gaiti Gonduras Yamayka1 Meksika Nikaragua Panama Paragvay Peru Puerto-Riko Sent Kitts va Nevis1 Sent-Lyusiya1 Sent-Vinsent va Grenadinlar1 Surinam Trinidad va Tobago1 Amerika Qoʻshma Shtatlari Uruguay Venesuela Amerikaning Virgin orollari 1: Milliy Olimpiya qoʻmitasi, shuningdek, Hamdoʻstlik oʻyinlari federatsiyasi aʼzosi.
Osiyo (OCA) Afgʻoniston Bahrayn1 Bangladesh5 Butan Bruney5 Cambodja Xitoy Hong Kong, Xitoy Hindiston5 Indoneziya Eron Iroq1 Yaponiya Iordaniya1 Qozogʻiston Shimoliy Koreya Janubiy Koreya Quvayt1 Qirgʻiziston Laos Livan14 Aomin2 Malayziya5 Maldiv5 Mongoliya Myanma Nepal Ummon1 Pokiston5 Falastin1 Filippin Qatar1 Saudiya Arabistoni1 Singapur5 Shri Lanka5 Suriya14 Tayvan3 Tojikiston Tailand Sharqiy Timor Turkmaniston Birlashgan Arab Amirliklari1 Oʻzbekiston Vetnam Yaman1 1: Milliy Olimpiya qoʻmitasi UANOC aʼzosi.
2: Milliy Olimpiya qoʻmitasi OCA aʼzosi, ammo ANOC aʼzosi emas.
3: XOQ, ANOC va OCA tomonidan qoʻllaniladigan rasmiy nom Xitoy Respublikasi ().
4: Milliy Olimpiya qoʻmitasi CIJM aʼzosi.
5: Milliy Olimpiya qoʻmitasi, shuningdek, Hamdoʻstlik oʻyinlari milliy assotsiatsiyasi.
Yevropa (EOC) Albaniya2 Andorra2 Armeniston Avstriya Ozarbayjon Belarus Belgiya Bosniya va Gersegovina2 Bolgariya Xorvatiya2 Kipr23 ChexiyaCzechia Olympics.com Daniya Estoniya Finlandiya Fransiya2 Gruziya Germaniya Buyuk Britaniya Gretsiya2 Vengriya Islandiya Irlandiya Isroil1 Italiya2 Kosovo2 Latviya Lixtenshteyn Litva Luksemburg Malta23 Moldova Monako 2 Chernogoriya 2 Niderlandiya Makedoniya 2 Norvegiya Polsha Portugaliya 2 Ruminiya Rossiya Federatsiyasi4 San Marino 2 Serbiya 2 Slovakiya Sloveniya 2 Ispaniya 2 Shvetsiya Shveysariya Turkiya 2Türkiye Olympics.com Ukraina 1: Isroil OCA aʼzosi boʻlgan, ammo 1952-yildan 1981-yilgacha tashkilotdan chiqarib yuborilgan. 1994-yilda EOKga qoʻshilgan.
2: Milliy Olimpiya qoʻmitasi CIJM aʼzosi.
3: Milliy Olimpiya qoʻmitasi, shuningdek, Hamdoʻstlik oʻyinlari milliy assotsiatsiyasi.
4: Milliy olimpiya qoʻmitasi XOQ tomonidan toʻxtatilganIOC Executive Board suspends Russian Olympic Committee with immediate effect.
Okeaniya (ONOC) Amerika Samoasi Avstraliya Kuk orollari Fiji Guam Kiribati Marshall orollari Mikroneziya Nauru Yangi Kaledoniya1 Yangi Zelandiya Niue1 Norfolk orollari1 Shimoliy Mariana orollari1 border|25px|Palau bayrogʻi Palau Papua Yangi Gvineya Samoa Solomon orollari Fransuz Polineziyasi1 Tonga Tuvalu
Vanuatu Uollis va Futuna orollari1 1: Milliy Olimpiya qoʻmitasi ONOCning assotsiatsiyalangan aʼzosi, ammo ANOC aʼzosi emas.
Boʻlimlar MOQ barcha beshta qitʼa assotsiatsiyasiga boʻlingan Milliy Olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasining (ANOC) aʼzolaridir: QitʼaAssotsiatsiyaMOQlarEng qadimgi MOQEng yangi MOQ180x180pxAfrika Milliy Olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi54Misr (1910)Janubiy Sudan (2015)Pan-Amerika sport tashkiloti41Amerika Qoʻshma Shtatlari (1894) Dominika (1993) Sent-Kitts va Nevis (1993)
Sent-Lyusiya (1993)Osiyo Olimpiya Kengashi44The OCA includes 45 NOCs; the Macau Sports and Olympic Committee is not recognized by the IOC and Macau does not compete at the Olympic Games.Yaponiya (1912) Sharqiy Timor (2003)Yevropa Olimpiya qoʻmitalari50Fransiya (1894)Kosovo (2014)Okeaniya Milliy Olimpiya qoʻmitalari17Avstraliya (1895)Tuvalu (2007) Tan olinmagan Milliy olimpiya qoʻmitalari Farer orollari va Makao Milliy Paralimpiya qoʻmitalari sifatida tan olingan va Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqiga ega. Biroq hech bir hududning Milliy Olimpiya qoʻmitasi XOQ tomonidan tan olinmagan, shuning uchun ular Olimpiadada qatnasha olmaydi. Makao Osiyo Olimpiya Kengashi tomonidan tan olingan va Osiyo oʻyinlarida ishtirok etadi.
Olimpiya qoʻmitalari tan olinmagan boshqa mavjud mamlakatlar va mintaqalarga Kataloniya, Gibraltar, Fransiya Polineziyasi, Niue, Yangi Kaledoniya, Kyurasao, Gvadelupa, Fransuz Gvianasi, Martinika, Sint Marten, Shimoliy Mariana orollari, Anguilla, Montserrat, Terks va Kaykos orollari, Dnestrboʻyi Moldova Respublikasi, Kurdiston, Shimoliy Kipr, Somaliland, Abxaziya va tubjoy amerikaliklar kiradi.
2014-yilda Janubiy Osetiya Milliy Olimpiya qoʻmitasini tashkil etish niyatida ekani maʼlum qilingan.
Olimpiya sporti Tashkilot nomiSportXOQ aʼzosi boʻlmagan tashkilotlar jahon darajasidagi aʼzo tashkilot hisoblanadiXOQ aʼzosi boʻlmagan faqat qitʼa darajasidagi aʼzo hisoblanadiBuyuk Britaniya misolidaFIFAFutbol Anguilla, Montserrat, Terks va va Kaykos orollari, Kyurasao, Macao, Farer orollari, Gibraltar, Tahiti, Yangi Kaledoniya Shimoliy Mariana orollari, Sint Maarten, Gvadelupe, , Fransiya Gvianasi, Bonayre, (faqatgina klub musobaqalari), Zanzibar (faqatgina klub va CECAFA musobaqalari)) Angliya, Shotlandiya,