Anne Golon (1921-yil 17-dekabrda tugʻilgan) – fransuz yozuvchisi boʻlib, ingliz tilida soʻzlashuvchi kitobxonlar orasida Sergeanne Golon nomi bilan tanilgan. Uning „Angélique“ romanlari seriyasii butun dunyo boʻylab 150 million nusxada sotilgan va koʻplab maqtovlarga sazovor boʻlgan.
Hayoti Anne Golon (tugʻilgan paytidagi ismi Simone Changeux boʻlgan) 1921-yil 17-dekabrda Fransiyaning janubi-sharqidagi Toulon portida tugʻilgan. U fransuz olimi va dengiz floti kapitani Per Changeuxning qizi boʻlgan. U yoshligidan rasm chizish va yozishga qiziqqan hamda oʻzining birinchi romani boʻlmish „The Country From Behind My Eyes“Joelle d’Anterne (1943) Au pays de derrière mes yeux, Desclée de Brouwer, Paris asarini 18 yoshida Joëlle Danterne taxallusi ostida nashr ettirgan. Ikkinchi jahon urushi paytida u velosipedda Fransiyadan Ispaniyaga sayohat qilgan. U ijodi davomida turli xil taxalluslardan foydalangan holda ijod qilgan va „France Magazine“ jurnali yaratilishiga katta hissa qoʻshgan. U „The Patrol of the Saint Innocents“Anne Golon (1947) La Patrouille des saints-innocents, Alsatia, Paris asari uchun adabiyot yoʻnalishidagi maxsus mukofot bilan taqdirlangan.
Anne Golon 1947-yilda Afrikaga jurnalist sifatida yuborilgan va u yerda Serge Golon ismi bilan mashhur lekin asli ismi Vsevolod Sergeïvich Goloubinoff boʻlgan oʻzining boʻlajak turmush oʻrtogʻi bilan tanishib qolgan. Ular 1956-yilda „Angélique“ romanlar toʻplamidagi ilk roman „Angélique, the Marquise of the Angels“niAnne Golon; Serge Golon (1956) Angélique, marquise des anges, J’ai lu, Paris birgalikda yozishgan. Roman juda katta muvaffaqiyat qozongan. Roman dastlab Fransiyada nashr etilganida, "Angélique" romanlari toʻplamida Anne va Serge Golon ismlarining ikkalasi ham yozilgan edi – Anne muallif sifatida eʼtirof etilgan boʻlsa va Serge tarixiy tadqiqotlarning koʻp qismini amalga oshirgan edi. Keyinchalik ushbu toʻplam Britaniyalik nashriyotchilar tomonidan tarjima qilinganda ikki muallifning ismi "Sergeanne Golon" sifatida qoʻshib tarjima qilib yuborilgan.
1960-yillarda Bernard Borderie tomonidan suratga olingan beshta qismdan iborat boʻlgan badiiy filmlar seriyasi „Angélique“ romanlari toʻplamlarining yanada mashhur boʻlishiga hissa qoʻshgan. Aktrisa Michèle Mercier Angélique rolini, Robert Hossein esa uning eri Joffrey de Peyrac rolini ijro etgan.
1972-yilda Anne va Serge yangi „Angélique“ romanlar toʻplamining yangi qismlarini yozish uchun gʻoyalar va manbalarni oʻrganish uchun Kanadaga sayohat qilishgan. Oʻsha yili Anne "Angélique and the Ghosts" asarini yozgan, lekin uning turmush oʻrtogʻi Serge shu yili vafot etgan.
Erining vafotidan soʻng Anne yozuvchilik faoliyatini davom ettirish bilan bir qatorda toʻrtta farzandini ham tarbiyalagan. 1972–1985-yillar oraligʻida Anne „Angélique“ romanining ikkinchi yarmini va „La Victoire d’Angélique“ asarini yozgan. U shu tarzda yana 4 ta jilddan iborat kitob yozgan. U yaratgan asarlarning deyarli barchasi katta muvaffaqiyatga erishgan va kitobxonlar tomonidan sevib mutolaa qilingan.
1990-yillarga kelib, Anne qashshoqlikka tushib qolgan va mualliflik huquqini suiisteʼmol qilgani hamda mualliflik huquqi uchun toʻlanadigan haqni bermaganligi uchun fransuz nashriyotchisi Hachettega qarshi sudga murojaat qilgan. 2006-yilda, deyarli oʻn yil davom etgan huquqiy kurashdan soʻng, u „Angélique“ romanlar seriyasining yagona egasi degan huquqqa erishgan.
Anne Golon 2017-yil 14-iyulda Fransiyaning Versal shahrida peritonit kasalligidadan vafot etgan.
Asarlari
Angélique: Marquise of the Angels (, 1957) Angélique: The Road to Versailles (, 1958) Angélique and the Sultan (, 1960) Angélique in Revolt (, 1961) Angélique in Love (, 1961) The Countess Angélique (, 1964) The Temptation of Angélique (, 1966) Angélique and the Demon (, 1972) Angélique and the Ghosts (, 1976) Angélique à Québec (1980) Angélique, la Route de l’Espoir (1984) La Victoire dʼAngélique (1985)
Manbalar
Havolalar The official website for the Angélique series A 2013 press kit featuring an interview with Anne Golon A 2018 article from BFM TV documenting Anne Golonʼs legal battle with Hachette
Turkum:fransiyalik yozuvchilar Turkum:ayol yozuvchilar Turkum:1921-yilda tugʻilganlar