Amrita Sher-Gil (1913-yil 30-yanvar – 1941-yil 5-dekabr) – venger va hind rassomi. U XX asr boshidagi eng buyuk avangard ayol rassomlardan biri va zamonaviy hind rassomchiligining asoschisi sifatida tanilgan. Yoshligidan rasm chizishga qiziqqan Sher-Gil sakkiz yoshidan boshlab rassomchilik darslariga qatnashgan. 1932-yilda 19-yoshida „Yosh qizlar“ kartinasi bilan tanilgan. Sher-Gil oʻz asarlarida xalqning kundalik hayotini tasvirlagan.
Sher-Gil butun umri davomida turli mamlakatlarga, jumladan, Turkiya, Fransiya va Hindistonga sayohat qilgan, asosan ijod namunalarida mustamlakachilikdan oldingi hind sanʼati uslublari va zamonaviy madaniyatdan foydalangan. Sher-Gil XX asr Hindistonining mashhur rassomi hisoblanib, uning merosi Bengal uygʻonish davri ijodkorlari bilan bir xil darajada turadi. U shuningdek kitobxon va pianinochi edi. Hayoti va Ijodi Amrita Sher-Gil 1913-yilning, 30-yanvarida Vengriya qirolligining Budapesht shahrida tugʻilganGreat Minds , The Tribune, 12 March 2000.. Uning ota-onasi birinchi marta 1912-yilda Mariya Antuanetta Lohurga tashrif buyurganida uchrashishgan. Uning onasi Hindistonga Maharaja Ranjit Singhning nabirasi malika Bamba Sutherlandning hamrohi sifatida kelgan. U hind tarixshunos olimi Ervin Baktayning jiyani edi. Bolaligining koʻp qismini Budapeshtda oʻtkazgan. Oilada ikki farzand boʻlgan, singlisining ismi Indira Sundaram. Yoshligida modellik uchun uy xizmatkorlarini majburlarganOn Amrita Sher-Gil: Claiming a Radiant Legacy By Nilima Sheikh.
Uning oilasi Vengriyada moliyaviy muammolarga duch kelgan. 1921-yilda uning oilasi Hindistonning Shimla shahridagi Summer Hill shahriga koʻchib oʻtdi va Sher-Gil koʻp oʻtmay pianino va skripka chalishni oʻrganishni boshladi. Toʻqqiz yoshida u singlisi Indira bilan birga Shimla shahridagi Mall Rouddagi Shimlaning Gaiety teatrida kontsertlar va spektakllarda rol oʻynadiAmrita Shergill at sikh-heritage . Sikh-heritage.co.uk (30 January 1913).. Sher-Gil dastlab Xal Bevan-Petmandan, keyinchalik Uitmarshdan sanʼat boʻyicha rasmiy darslar oldi. Shimlada Sher-Gil yaxshi sharoitda yashagan. Bolaligida u oʻzini ateist deb eʼlon qilgani uchun katolik maktabi Iso va Maryam monastiridan haydalgan.
Oʻn olti yoshida Sher-Gil onasi bilan Parijda tasviriy sanʼat boʻyicha taʼlim olish uchun Yevropaga ketdi, avvaliga Pierre Vaillent va Lucien Simon qoʻl ostidagi Grande Chaumière akademiyasida (u yerda Boris Taslitskiy bilan uchrashdi) va keyinchalik École des Beaux-ArtsdaArchives 'Amrita Shergil' project www.hausderkunst.de.Amrita Sher-Gil profile at . Indianartcircle.com.. U oʻz ustozi Lyusen Simon taʼsirida va Taslitskiy kabi rassom doʻstlari va sevgilisi bilan ishlagan. Uni Paul Cézanne, Paul Gauguin va Amedeo Modigliani kabi Yevropa rassomlarining ijod namunalari ilhomlantirgan. 16 yosh boʻlishiga qaramasdan u Parijda qatʼiyat bilan ijod qilgan. 1931-yilda Sher-Gil muddat Yusuf Ali Xon bilan unashtirilgan, ammo uning amakivachchasi va keyinchalik eri Viktor Egan bilan ham ishqiy munosabatda boʻlganligi haqida mish-mishlar tarqalgani sabab toʻy boʻlmagan . Vafoti 1941-yilda, 28 yoshida, Lahorda oʻzining birinchi yirik yakkaxon koʻrgazmasi ochilishidan bir necha kun oldin, Sher-Gil ogʻir kasal boʻlib, komaga tushib qoldi. Keyinchalik 1941-yilning 5-dekabr tunida vafot etdi va oʻzidan koʻplab asarlar meros qilib qoldirdi. Uning oʻlimi sababi aniqlanmagan. Abort va undan keyingi peritonit uning oʻlimining ehtimoliy sabablari deb taxmin qilinganTruth, Love and a Little Malice, An Autobiography by Khushwant Singh Penguin, 2003. .. Sher-Gilning onasi shifokor eri Eganni uni oʻldirganlikda ayblagan. Uning oʻlimidan bir kun oʻtib, Britaniya Vengriyaga urush eʼlon qilgan va Egan dushman sifatida qamoqqa olingan. Sher-Gil 1941-yilning 7-dekabrida Lahorda dafn etilgan. Nomini abadiylashtirish
Sher-Gilning ayollar qismatini tasvirlash sanʼati Hindiston va boshqa mamlakatlar ayollari uchun mayoq rolini oldi. Hindiston hukumati uning asarlarini Milliy sanʼat xazinasi deb eʼlon qildi va ularning aksariyati Nyu-Dehlidagi Milliy zamonaviy sanʼat galereyasida saqlanadiAmrita Sher-Gil at . Culturalindia.net (30 January 1913).Amrita Sher-Gill at . Mapsofindia.com..
2013-yilda UNESCO Sher-Gil tavalludining 100 yilligini nishonladi. Sher-Gilning hayoti Amrita Chowdhuryning zamonaviy hind romani „Faking It“ ning asosiy mavzusi boʻlgan. Salman Rushdining 1995-yilda yozilgan „The Moor’s Last Sigh“ romanidagi Aurora Zogoiby obrazi Sher-Gildan ilhomlanib yaratilgan"Amrita Sher-Gil: A Self-Portrait in Letters and Writings", ed. Vivan Sundaram, Tulika Books, 2010.. 2016-yil 30-yanvarda Google kompaniyasi uning 103 yoshini Google Doodle bilan nishonladi. 2018-yili Mumbaydagi Sotheby’s auksionida uning „Koʻkdagi kichkina qiz“ kartinasi savdoda rekord darajadagi 18,69 kronga sotilgan. U 1934-yilda, uning Shimla shahrida yashaydigan 8 yoshli amakivachchasi Babitning portreti edi.
Galereya
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Ayol rassomlar Turkum:Rassomlar Turkum:Vengriya rassomlari Turkum:WikiAyollar