Amin Tarox (1953-yil 11-avgust – 2022-yil 24-sentyabr) – eronlik aktyor, Crystal Simorgh, Hafez hamda boshqa bir qator nufuzli mukofotlarga sazovor boʻlgan. Shuningdek, aktyorlikdan dars bergan, Taraneh Alidoosti, Gelareh Abbasi, Shabnam Moghaddami, Navid Pourfaraj, Pouria Rahimisam, Majid Vasheghani, Hedieh Bazvand va boshqa mashhur aktyorlarning ustozi hisoblanadi.

Hayoti

Tarox Sherozda tugʻilgan boʻlib, shu yerdagi oʻrta maktabda oʻqigan va maktabni tugatganidan soʻng Tehron universitetida tahsilni davom ettirgan. Mazkur universitetining madaniyat menejmenti yoʻnalishini tamomlagan. Taroxning uch nafar oʻgʻil farzandi boʻlib, ularning ismi Nima, Mani va Namidir. Bundan tashqari Tehronda uning kasting kompaniyasi ham mavjudAmin Tarox Eron kino maʼlumotlar bazasida (manbalar) .

Manbalar

Havolalar