Lodz universiteti (, ) – 1945-yilda Polshaning Lodz shahrida tashkil etilgan davlat tadqiqot universiteti boʻlib, urush davridahttps://www.studysmarter.co.uk/explanations/history/european-history/interwar-period/ davrda Lodz shahrida faoliyat yuritgan uchta oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi.

Lodz universiteti toʻliq akkreditatsiyadan oʻtgan, davlatga tegishli, anʼanaviy universitetdir. Bu Polshadagi oʻziga xos 18 ta muassasadan biri hisoblanadi.

Bu universitetda 25000 dan ortiq talaba va 2600 nafar oʻqituvchi bor. Universitet butun dunyodan 385 ta institutlar bilan xalqaro hamkorlik olib boradi. Polsha va xorijlik talabalarga taʼlim tili sifatida ingliz tilida olib boriladigan bir qator bakalavr, magistr va aspirantura kurslari mavjud.

Reytingi Universitet oʻzining yuqori akademik standartlarini saqlab qolishga doimiy harakat qiladi. Soʻnggi kunlarda quyidagi manbalarda bu haqida maʼlumot berilgan: Bankowa gazetasi (Polshaning nufuzli moliya va bank gazetasi) tomonidan 2011-yilgi reytingda koʻrsatilishicha, iqtisodiy fanlar boʻyicha oʻqitish sifatida Polsha universitetlari orasida 3-oʻrin, Polsha Adliya vazirligi tomonidan 2010-yilgi reytingda koʻrsatilishicha, yuridik maslahatchilar va fuqarolik-huquqiy notariuslar kabi boʻlajak yuristlar malakasini oshirish boʻyicha Polsha universitetlari orasida 2-oʻrin, 2010-yil QS va Webometrics reytinglari natijalariga koʻra Polshaning xalqaro oliy taʼlim muassasalari orasida 4-oʻrin. Kutubxonasi Lodz universiteti kutubxonasi Markaziy Yevropadagi eng yirik va eng zamonaviy akademik kutubxonalardan biri hisoblanadi. Kutubxonaning umumiy toʻplami 3 million jildni tashkil qiladi. Kitob fondining asosiy qismi kutubxona omborxonalarida joylashgan. Qolgan kitoblar va jurnallar asosiy oʻquv zali va oʻquv xonalarida joylashtirilgan. Roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar baʼzi toʻplamlardagi kitoblarni qarzga olish va qaytarish uchun maxsus mashinalardan foydalanishlari mumkin. Universitet bosh kutubxonasidan tashqari 106 ta filial kutubxonalari mavjud boʻlib, ularning fondlari muassasalarning ilmiy-didaktik faoliyatiga moslashtirilgan. Roʻyxatdan oʻtgan kutubxona kartalari egalari soni hozir 20 000 dan ortiq. Rektorlari Tadeusz Kotarbiński – 1945-1949 Józef Chałasiński – 1949-1952 Jan Szczepański – 1952-1956 Adam Szpunar – 1956-1962 Stefan Hrabec – 1962-1965 Józef Stanisław Piątowski – 1965-1968 Andrzej Nadolski – 1968-1969 Zdzisław Skwarczyński – 1969-1972 Janusz Górski – 1972-1975 Romuald Skowroński – 1975-1981 Jerzy Wróblewski – 1981-1984 Leszek Wojtczak – 1984-1990 Michał Seweryński – 1990-1996 Stanisław Liszewski – 1996-2002 Wiesław Puś – 2002-2008 Włodzimierz Nykiel – 2008-2016 Antoni Różalski – 2016-2020 Elżbieta Żądzińska – 2020- Galereyasi

Manbalar

Turkum:Polshadagi universitetlar