„Meet the Grahams“ – amerikalik reper Kendrick Lamar tomonidan aytilgan diss trek. U 2024-yil 3-mayda kanadalik reper Drake bilan boʻlgan bahslashuvlarga bagʻishlab chiqarilgan. Bu Lamar Drakening „Family Matters“ trekiga javoban chiqargan dissi. „Meet the Grahams“ning premyerasi „Family Matters“ chiqqanidan bir soat oʻtmay boʻlib oʻtdi.
„Meet the Grahams“ xabarnoma shaklida yozilgan boʻlib, har bir qatori Drakening oila aʼzolariga, jumladan, uning oʻgʻli Adonis, uning ota-onasi Sandra va Dennis Graham, uning qizi (trekda „baby girl“ deb ataladi) va reperning oʻziga qaratilgan. Qoʻshiqda Lamar Drakeni otasi yoʻqligida, oʻzining OVO Sound records bilan jinsiy zoʻravonlik uchun shartnoma tuzganlikda ayblab, oʻzini jinsiy zoʻravon deya ataydi. U, shuningdek, Drake oʻzining Torontodagi uyidan jinsiy savdo aylanmasini boshqarayotganini daʼvo qilib, tez orada huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan reyd oʻtkazilishini aytdi. Lamar yana Drakeni oilasi, OVO Sound yorligʻidagi hamkasblari va oʻzi haqida yolgʻon gapirishda ayblaydi.
Muqaddima Aubrey Drake Grahamning oila aʼzolari: ota-onasi Sandra va Dennis Graham, turmush oʻrtogʻi Sofi Brussaux bilan oʻgʻli Adonisdan tashkil topgan. Adonis dastlab jamoatchilik eʼtiboridan yashirib kelingan, ammo repper Pusha T tomonidan aytilgan „The Story of Adidon“ diss trekida u haqida aytgan gaplaridan soʻng, Drakening oʻzi ham u haqida tan olgan. Drake va Kendrick oʻrtasidagi nizolar, garchi 2010-yillardan beri davom etib kelayotgan boʻlsa-da, 2024-yil mart oyida eng yuqori yangi choʻqqilarga koʻtarildi, Lamar „Like That“ qoʻshigʻi matnida Drakening shaxsiyati haqida haqoratli soʻzlarni aytib oʻtadi. Bunga kanadalik reper Rick Ross, Future, va The Weeknd bilan birgalikda aytgan „Push Ups“ qoʻshigʻi bilan javob beradi. Lamar esa „Euphoria“ni chiqardi va Drakening aralash qora tanli odam sifatida merosini shubha ostiga oladi. Oʻsha haftada u Drakening OVO Sound yorligʻida sotqinlar borligiga daʼvo qilib, „6:16 in LA“ nomli boshqa diss trekini taqdim etdi. Bunga javoban esa „Family Matters“ treki eʼlon qilindi, unda u Lamarni uzoq yillik sherigi Whitney Alfordga qarshi xiyonatda aybladi. Bir soatdan kamroq vaqt oʻtgach, Kendrick „Meet the Grahams“ singlini chiqardi.
Kompozitsiya The Alchemist tomonidan yozilgan „Meet the Grahams“ Lamarning oldingi javoblaridan farqli oʻlaroq, Timothy Carpenter & Truinityning „I Want To Make It“ qoʻshigʻidan olingan qoʻrqinchli pianino ritmi, xavotirli muhit atmosferasini beruvchi ovozlarni ishlatiladi. Qoʻshiq matnida Drake Jinsiy zoʻravonlik, jinsiy savdo aylanmalarini tashkil qilish kabi bir necha jinoiy ishlarda ayblanadi.
Trekning matnida Drakening oila aʼzolariga qaratilgan bir nechta qatorlar ham mavjud. Birinchi misra Drakening oʻgʻli Adonisga, ikkinchisi Drakening ota-onasi Dennis va Sandra Graham, uchinchisi qizi va oxirgi misralar reperning oʻziga qaratilgan. Qoʻshiqda Lamar Drake yashirin farzandi, qizi borligini daʼvo qiladi, Drakeni hozirgi fazandlaridan tashqari boshqa bolalarga otalik qilishda ayblaydi, Drake hamkorlida ishlaydigan studiya OVO Sound tarkibida turli jinoyatchilar borligini aytadi va uni jinsiy yirtqich deb ataydi. Lamar, shuningdek, Drake oʻzining Torontodagi uyidan jinsiy savdo halqasini boshqarayotgani haqida eslatib oʻtadi va uning „The Embassy“ deb nomlanuvchi uyida huquq-tartibot idoralari tomonidan reyd oʻtkazilishini zarurligini aytadiLyrics for „Meet the Grahams“ via Genius.
Chartlar + C"Meet the Grahams" trekining chartlardagi koʻrsatkichlari Chart (2024) Oʻrni Australia Hip Hop/R&B (ARIA) 10 Litva (AGATA) 26 MENA (IFPI) 17 Janubiy Afrika (Billboard) 19
Havolalar
Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar