1992-yilda Angliya futbol ligasi boʻlgan Premyer-liga musobaqasi boshlanganidan beri jami 201 nafar futbolchi bitta oʻyinda uchta gol (xet-trik) yoki undan koʻproq gol urgan. Bu natijasi qayd etgan birinchi futbolchi fransiyalik Erik Kantona boʻlib, u Leeds United safida Tottenham Hotspur ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozonib, ushbu uchrashuvda uchta gol urgan. 201 nafar futbolchidan 31 nafari bir oʻyinda uchtadan ortiq gol urgan. Endi Koul, Alan Shirer, Jermen Defoe, Dimitar Berbatov va Serxio Aguerolar bir uchrashuvda beshta gol urishgan. Sadio Mané Premeyr-ligada eng tez xet-trik qayd etish boʻyicha rekordchi boʻlib, Sautgempton F.C. safida Aston Villaga qarshi oʻyinda 2 daqiqa 56 soniyada uchta gol urib, Robbi Fouler rekordini yangiladi. Mane va Foulerdan tashqari, Defoe, Gabriel Agbonlahor, Ian Wright va Andy Carroll 10 daqiqadan kamroq vaqt ichida xet-trik qayd etganlar va Premyer-ligadagi eng tezkor xet-trik mualliflariga aylanishgan. 1999-yilda Manchester United futbolchisi Ole Gunnar Solskjær oʻn ikki daqiqada Nottingem Forestga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib toʻrtta gol urdi, bu esa Angliyada futbolidagi eng tez urilgan toʻrt gol boʻldi.

2003-yilda Highburyda Arsenal va Sautgempton oʻrtasidagi oʻyinda Jermeyn Pennant va Robert Pires mezbon jamoa safida xet-trik qayd etishdi. 2007-yilda Blekbern jamoasi oʻyinchisi Rok Santa Kruz va Uigan vakili Markus Bent Uigan 5:3 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda xet-trik qayd etishdi. 2019-yilda Ayoze Perez ham, Jamie Vardy ham xet-trik qayd etdilar, uhsbu uchrashuvda Leicester City Southamptonni 9:0 hisobida magʻlub etdi. 2022-yilda Manchester City vakillari Erling Haaland va Fil Foden Manchester derbisida Manchester Yunayted ustidan 6:3 hisobida gʻalaba qozonib, xet-trik qayd etdilar. Faqat oltita futbolchi – Les Ferdinand, Ian Wright, Didier Drogba, Wayne Rooney, Erling Haaland va Harry Kane (ikki marta) ketma-ket ikkita liga oʻyinida xet-trik qayd etgan boʻlsa, Thierry Henry bir oy oraligʻidagi ketma-ket barcha oʻyinda xet-trick qayd etgan.

Rooneyning 2011-yil 10-sentabrdagi xet-triki va Mett Le Tissierning 1995-yil 19-avgustdagi xet-triki penaltilar va toʻgʻridan-toʻgʻri jarima zarbalaridan iborat boʻlgan gollar orqali amalga oshirilgan. Everton futbolchisi Dunkan Fergyuson va West Bromwich Albion futbolchisi Salomon Rondon Premyer-ligada bosh bilan xet-trik qayd etgan yagona oʻyinchilardir. 36 ta oʻyinchi Premyer-liga tashkil etilganidan beri „mukammal“ xet-trik qayd etgan, ammo faqat ikkita oʻyinchi bu natijaga bir necha bor erishgan: Robbi Fouler uch marta (hammasi Liverpool safida) va Yakubu ikki marta (Blackburn Rovers va Everton safida).

Bir kunda kiritilgan eng koʻp xet-triklarning soni uchta boʻlib, bu Premyer-liga tarixida ikki marta sodir boʻlgan: 1995-yil 23-sentabrda Fowler, Shearer va Toni Yeboahlar xet-trik qayd etgan va 2023-yil 2-sentabrda Evan Fergyuson, Erling Haaland va Son Heung-minlar bir kunda xet-trik qayd etishgan.

Bir mavsumda eng koʻp xet-triklar soni 19 ta boʻlib, bu ikki marta sodir boʻlgan: 1993-1994-yillarda (462 oʻyinda) va 2011-2012-yilgi mavsumda (380 oʻyinda). 2006-2007-yilgi mavsumda atigi 3 ta xet-trik qayd etilgan, Alan Shearer 1995-1996-yilgi mavsumda shaxsan oʻzi beshta xet-trik qayd etgan.

Sergeo Aguero Premyer-ligada oʻn ikki marta uch yoki undan ortiq gol urgan, bu boshqa oʻyinchilarga qaraganda koʻproq. Alan Shearer oʻn bitta xet-trik bilan ikkinchi oʻrinda; Robbi Fauler 9 ta, Genri, Keyn va Maykl Ouen esa 8 ta xet-trik qayd etgan. Besh nafar futbolchining har biri uchta turli klubda xet-trik qayd etgan: Yakubu (Blackburn, Everton va Portsmut); Nikolas Anelka (Arsenal, Chelsea va Manchester City); Kevin Kempbell (Arsenal, Everton va Forest); Les Ferdinand (Newcastle United F.C., Kvins Park Reynjers va Tottenham) va Teddi Sheringem (Manchester United, Portsmut va Tottenham) . Toʻrtta oʻyinchi xet-trik qayd etgan va baribir magʻlub boʻlgan: Matt Le Tissier (ikki marta), Dion Dublin, Roque Santa Cruz va Dwight Yorke.

Premyer-ligada xet-trik qayd etgan eng yosh futbolchi Michael Owen 1998-yil 14-fevralda 18 yoshu 62 kunligida Sheffild Wensdeyga qarshi oʻyinda oʻzining birinchi liga xet-trikini qayd etganida Liverpool safida boʻlgan. Premyer-ligada xet-trik qayd etgan eng keksa futbolchi Teddy Sheringham boʻlib, 2003-yil 26-avgustda Bolton Wayndersga qarshi oʻyinda 37 yoshu 146 kunligida Portsmut safida oʻynagan.

Dubious Goals Committee baʼzan oʻyindan keyin oʻyinchilar xet-trik qayd etmagan deb qaror qiladi, chunki gollardan birortasi ularga notoʻgʻri hisobga olingan. Southampton futbolchisi Egil Østenstad 1996-yilda Manchester Unitedga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etgan deb taxmin qilingan, ammo qoʻmita gollardan biri United vakili Phil Nevillga tegishli deb topilgan. Javier Hernández 2012-yil noyabr oyida Aston Villaga qarshi oʻyinda qayd etgan xet-triki bekor qilindi, chunki qoʻmita uning ikkinchi golini Ron Vlaarning avtogoli deb topdi.

Xet-triklar Belgilar izohiFutbolchi (X)Oʻyinchi nomi (agar mavjud boʻlsa, bir nechta xet-triklar soni)BoldJamoasi4 5Uchtadan ortiq gol urgan futbolchilarM DXet-trik qayd etib gʻalaba qozonolmagan futbolchilarZaxiradan tushib xet-trik qayd etgan futbochilarAOʻyinchi mukammal xet-trik qayd etdi: oʻng oyoq, chap oyoq va bosh bilan bittadan gol