Anne Alvik – Norvegiyalik shifokor, davlat siyosatchisi. 1937-yil 7-mayda Namsosda tugʻilgan. U 1962-yilda Oslo universitetini tibbiy fanlar nomzodi ilmiy darajasi bilan tamomlagan. 1980-yilda London Gigiyena va Tropik tibbiyot maktabida ijtimoiy tibbiyot yoʻnalishi boʻyicha fan magistri darajasiga erishgan. 1977-yildan 1982-yilgacha Norvegiya sogʻliqni saqlash boshqarmasida bosh shifokor yordamchisi lavozimida ishlab boshlagan.

1982-yildan 1985-yilgacha u Akershusda okrug shifokoriga yordamchi boʻlgan. 1985-yilda Sogʻliqni saqlash boshqarmasi direktor yordamchisi lavozimida, 1992-yilda esa direktorlik lavozimiga koʻtarilgan. 1994-yildan boshlab Sogʻliqni saqlash boshqarmasi Norvegiya Sogʻliqni saqlash nazorat kengashi deb eʼlon qilindi. Anne Alvik 1983-yilda maʼmuriy tadqiqot fondida menejment boʻyicha malaka oshirgan hamda 1984—1985-yildan jamoatchilik tibbiyoti boʻyicha mutaxassislikka erishgan.

Bir necha yil davomida birlamchi tibbiy-sanitariya hizmatida turli tibbiy lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2000-yildan Anne direktorlik lavozimini tark etadi va bu vazifa Petter Øgarga topshirilgan. Birinchi martdan boshlab Petterga oylik taʼtilga chiqdi. Birinchi sentabrda davlat kengashi uni isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. Uning oʻrniga Lars E. Xanssen direktor etib tayinlandi.

Anne 1988-yildan 1992-yillar oraligʻida Yevropa Kengashi Jamoat salomatligi qoʻmitasining delegati lavozimida, 1997-yildan 2000-yilgacha esa Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti boshqaruv kengashi aʼzosi lavozimlarida ishlab keldi. Shuningdek Norvegiya saraton assotsiatsiyasi, Norvegiya tibbiyot uyushmasi, Norvegiya tadqiqot kengashi, Norsk forsk uchun Hovedkomiteen qoʻmitasi tashkilotlariga jalb qilingan. 1975-yildan 1979-yilgacha Liberal partiyasining Ås munitsipal kengashiga aʼzo boʻlgan. Akershus okrugi kengashi aʼzoligiga ham qoʻshilgan. Anne 1975-yildan 1976-yilgacha partiyaning parlament kotibi lavozmida faoliyat yuritgan. Manbalar

Turkum:Ayol shifokorlar Turkum:Siyosatchi ayollar Turkum:Norvegiyalik shifokorlar