Tridib Chaudhuri (1911-yil 12-dekabr – 1997-yil 11-may) – hindistonlik siyosatchi va Hindiston mustaqilligi faoli. Inqilobiy Sotsialistik partiyaning rahbari va asoschisi. Gʻarbiy Bengaliyaning Baharampur shahridagi Lok Sabha aʼzosi. 1974-yilgi Hindiston prezidentlik saylovlarida muxolifatning qoʻshma nomzodi va Hindistondagi prezidentlik saylovlarida qatnashgan birinchi bengaliyalik inson. 1952-yildan 1984-yilgacha Lok Sabha aʼzosi, 1987-yildan 1997-yil vafotiga qadar Rajya Sabha aʼzosi boʻlgan. Shuningdek, Goa ozodlik harakatida ishtirok etganparliamentofindia obituary. Tridib Chaudhuri Inqilobiy sotsialistik partiyaning asoschilaridan biri hisoblangan.
1974-yil Hindistonda prezidentlik saylovi 1974-yil 17-avgustda Hindiston saylov komissiyasi mamlakatda bilvosita 6-prezidentlik saylovlarini oʻtkazgan. Tridib Chaudhuri 189 196 ta ovoz farqi bilan Faxruddin Ali Ahmadga magʻlub boʻlgan.
Kitoblari • The Swing Back: A Critical Survey of the Devious Zig-zags of CPI, Political Line (1947–50).
Manbalar
Turkum:1997-yilda vafot etganlar Turkum:1911-yilda tugʻilganlar