Emma Eliza Regan (1992-yil 4-dekabrda tugʻilgan) – irlandiyalik aktrisa, „The Fading Light“ (2009), „Love Eternal“ (2013), „Darkness on the Edge Of Town“ (2014) va „Penance 2018“ badiiy filmlari hamda „Aisling‘s Diary“ (2009), „Jack Taylor“ (2012) va „Vikings“ (2020) teleseriallaridagi rollari bilan mashhur.

Yoshligi va taʼlimi Regan Connemara shtatidagi Moycullen shahrida ulgʻaygan. Otasi mahalliy barlardan birining egasi boʻlgan. Regan Cork City Ballet maktabining badiiy direktori Alan Foleydan klassik balet va zamonaviy raqs sirlarini oʻrgangan. U Dublinning Grand Canal Dock shahridagi Bow Street akademiyasida (sobiq The Factory’s Actors Studio) ijodiy markazda oʻqigan, bu yerda oʻz sohasining ustalari boʻlgan Lance Daly, Shimmy Marcus, John Carney va Jim Sheridan kabi ustozlardan tahsil olgan.

Teatr Regan 2010-yilda The Abbey teatridagi „The Plough“ va „The Stars“ spektaklida Mollser rolida oʻzining sahnadagi debyuitini amalga oshirdi.

Film va televizion shoular Regan ekranlardagi ilk faoliyatini 2007-yilda Ivan Kavanaghning „Tin Can Man“ nomli horor filmidagi Michael Parle roli orqali boshlagan. Film butun dunyo boʻylab namoyish etilgan va bir nechta xalqaro mukofotlarni ham qoʻlga kiritgan.

Regan „Our Wonderful Home“ va „The Fading Light“ (Jameson Dublin xalqaro kinofestivali gʻolibi) kabi filmlarda ham ishtirok etgan. Undan tashqari George MacDonaldning qoʻrqinchli ertagi Colin Downey rejissyorligi ostida suratga olingan „The Shadows“ fantastik filmida bosh roldagi obrazni gavdalantirgan.

Regan, shuningdek, Brendan Muldowney tomonidan suratga olingan va yapon yozuvchisi Kei Ōishining „Loving The Dead“ asariga asoslangan „Love Eternal“ filmida maktab oʻquvchisi Cathy rolini ijro etgan. Ushbu film Varshavada boʻlib oʻtgan birinchi "Black Bear Film festivalida „Fresh Blood“ mukofotini qoʻlga kiritgan. Filmning premyerasi 2013-yil boshida Galway Film Fleadhda boʻlib oʻtgan va butun dunyo boʻylab ellikdan ortiq festivallarida namoyish etilgan. Jumladan Osiyodagi eng yirik kinofestivallardan biri boʻlgan Sitges va Busan shaharlaridagi kinofestivallarda ham ekranlashtirilgan.

2014-yilda u Brian Gleeson rejissyorligi ositda ishlangan va Sundance kinofestivalida namoyish etilgan birinchi irland filmi „The Irish Western Darkness on the Edge Of Town“da bosh rollardan birini ijro etgan. Film keyinchalik Netflix tarmogʻiga yuklangan va AQSh hamda Kanada davlatlari boʻylab namoyish etilgan.

2015-yilda Regan „Get Up And Go“ badiiy filmida, Irish IFTA award mukofotiga sazovor boʻlgan Peter Coonan va Killian Scottning „Love/Hate“ dramasida, shuningdek, „Fading Away“ nomli irland filmida bosh rollarda ishtirok etdi.

2017-yilda Regan oʻzini kino olamining boshqa sohalarida ham sinab koʻrdi. Shu yilda chiqarilgan „Wild Fire Nights“ qisqa metrajli filmida u yozuvchi, rejissyorlik va aktyorlik vazifalarining barchasini oʻzi bajardi. Ushbu film 2017-yilda boʻlib oʻtgan Galway Film Fleadh kinofestivalida premyera qilindi.

2023-yilda u Emmett Hughes tomonidan yozilgan „Advent“ badiiy filmida Niamh rolini oʻynadi. Film premyerasi 2023-yilgi Newport Beach kinofestivalida boʻlib oʻtdi.

Jurnalistika Regan, shuningdek, bir nechta nashrlarda, jumladan RTÉ va boshqa bir necha mashur jurnallar uchun sayohat va madaniy yoʻnalishlarda jurnalist sifatida faoliyat olib borgan. Filmografiyasi

Film va videolar Yil Nomi Rol Izoh/manba 2007 Tin Can Man Mel Ivan Kavanagh filmi 2008 Our Wonderful Home Emma Ivan Kavanagh filmi 2009 The Fading Light Cathy badiiy film 2010 The Death of James Connolly Nora Qisqa metrajli film 2011 Death of a Superhero Morna Film 2012 Ninety Seconds Elly Qisqa metrajli film 2012 Out There (Qisqa metrajli film) Jane Baron Randal Plunkett filmi 2013 The Shadows Alica Film 2013 Love Eternal Cathy Malone Film 2013 I Am Cursed Alicia 'sirli qiz' Film 2013 Out of Here Ruth Film 2014 Hollow lands The Woman Qisqa metrajli film 2014 After Shauna Qisqa metrajli film 2014 Guardian of the Ancient Shadow Crown Alice Film 2014 Darkness on the Edge Of Town Cleo Callahan Film 2015 The Second Coming Maud Gonne Film 2015 Get Up And Go Tara Film 2015 Fading Away Sive Film 2015 Ar Scáth le Chéile Aoife Doyle Qisqa metrajli film 2016 Adulting Emer Qisqa metrajli film 2016 The Irish Mob Re-enactment Actress Frank 'Dunieʼ Ryan: West End & Stopwatch Gang 2017 Wild Fire Nights Lila Qisqa metrajli film 2017 Maeve and the Moon Rhiannon Qisqa metrajli film 2017 Hexing Hannah Film 2017 The Second Coming Vol.2 Maud Gonne Film 2017 Roth Gracie Film 2017 How to Make a Film Anna Rose Film 2018 Dead Drop Love The Courtesan Qisqa metrajli film 2018 Penance Aine Ni Laoighrie Film 2018 Rapacious Qiz Qisqa metrajli film 2018 Sorry the Girlfriend Qisqa video 2023 Advent Niamh Film

Musiqiy kliplar Yil Nomi Qoʻshiqchi Rol2014In Flight Daithí Ó Drónaíqorachadan kelgan ayol2023In the eyes Sistirasosiy ayol

Manbalar

Havolalar

com_comprofiler/task, userProfile/user,170/Itemid,26/ Emma Eliza Regan at Irish Equity Emma Eliza Regan instagram Emma Eliza Regan twitter

Turkum:Irlandiyalik aktrisalar Turkum:Irlandiyalik yozuvchilar