Lola Badalova (1928-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — 25-sentyabr 1991-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbek aktrisasi, dublyaj artisti. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1974). Hayoti va taʼlimi Lola Badalova Toshkent shahrida tugʻilgan. U oʻrta maktabni tamomlaganidan keyin 1945-yilda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi qoshidagi kino aktyori maktab-studiyasini ham bitirgan. Keyinchalik A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (hozirgi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti)ga oʻqishga kiradi va uni 1951-yilda „Dramatik teatr va kino aktyorligi“ yoʻnalishi boʻyicha yakunlagan. Faoliyati Lola Badalova aktrisalik faoliyatini 1946-yilda Hamza nomidagi davlat drama teatridan boshlagan. Ushbu teatr sahnasida yuzga yaqin rollarni ijro etgan.
Kinodagi faoliyati Nabi Gʻaniyev rejissyorlik qilgan „Tohir va Zuhra“ (1945-yil) filmidagi epizodik roldan boshlangan. Ilk katta roli G.Kozintsev va L.Trauberglar rejissyorligidagi „Boʻron“ filmida Lola roli boʻldi.
Manbalar
Havolalar Lola Badalova IMDbda Lola Badalova Splayda Lola Badalova Кино-театр.ру'da
Turkum:1928-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti bitiruvchilari