Yegor Valeriyovich Kondratyuk (; 2000-yil 3-avgust Odessada tugʻilgan) – ukrainalik va oʻzbekistonlik futbolchi, qanot hujumchisi va markaziy hujumchi pozitsiyasida harakat qiladi. Oʻzbekiston Pro ligasida „Qoʻqon 1912“ jamoasi tarkibida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati Yegor Ukrainada tugʻilgan. Futbolga oid dastlabki bilimlarini 2016-yildan Odessadagi 11-Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida olishni boshlagan. 2018-yilgi mavsumda Oʻzbekistonga kelgan va Qarshining „Nasaf“ jamoasi akademiyasida taxsil olgan. 2019-yilgi mavsumda Litvaning Stumbras jamoasi tarkibiga oʻtgan. Litvada yarim mavsum oʻynaganida soʻng Qarshiga qaytib kelgan va faoliyatini „Nasaf“ jamoasining 21 yoshgacha boʻlgan tarkibida davom ettirgan.
2020-yilgi mavsumda Moldovaning Dinamo Tiraspol jamoasi tarkibiga oʻtgan. Ikki mavsum davomida 40 ga oʻyin oʻtkazgan va 3 ta gol urgan. 2022-yilgi mavsumda Tiraspol klubini tark etgan va maʼlum vaqt jamoasiz qolgan. 2023-yilgo mavsumda Ukrainaning quyi ligasi ishtirok etadigan jamolardan, Titan Odessa klubi tarkibiga oʻtgan. Odessa jamoasi bir mavsum oʻynaganidan soʻng 2024-yilgi mavsum yozgi transfer oynasida Qoʻqon 1912 jamoasiga oʻtgan.
Manbalar
Havolalar
Yegor Kondratyuk OʻzPFL saytida
Yegor Kondratyuk Transfermarkt saytida
Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:3-avgustda tugʻilganlar Turkum:Odessada tugʻilganlar Turkum:yashayotgan insonlar Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FC Stumbras futbolchilari Turkum:FC Dinamo-Auto Tiraspol futbolchilari Turkum:FK Titan Odessa futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Moldovadagi muhojir erkak futbolchilar