Xacho Araikovich Dunamalyan (, 2001-yil 9-iyunda tugʻilgan), Xcho taxallusi bilan mashhur arman millatiga mansub rus qoʻshiqchi va qoʻshiqnavisi.

Biografiyasi Xcho 2001-yilning 9-iyunda Armanistonning Vanadzor shahrida tugʻilgan.

2018-yilda yashash joyidagi 10-sonli maktabni tamomlagan. Shuningdek, musiqa maktabida skripka chalishni oʻrgangan. Yoshligida ikki yil davomida boks va uch yil kurash bilan shugʻullangan, ammo oyogʻidagi jarohati tufayli sportni tark etib, oʻzini musiqa olamida sinab koʻrishga qaror qilgan.

Xcho musiqalarida oʻz ona tili arman va ruschadan tashqari ingliz tilidan ham foydalanadi.

Musiqiy karyerasi 2018-yilda maktabni tugatgandan soʻng boshlangan va bir yildan ichida ancha mashhurlikka erishgan. Koʻpgina qoʻshiqlar YouTube platformasida 30 milliondan 50 milliongacha koʻrilgan, shuningdek, uning baʼzi treklari turli musiqiy chartlar hamda musiqiy platformalarining eng yuqori oʻrinlaridan joy olgan. Misol uchun, "Ti i ya" qoʻshigʻi 2 yil ichida 101 million koʻrishlar soniga erishgan va hattoki Will Smith ham oʻz instagramida musiqadan foydalangan holda video ishlagan.

2024-yilda Latviya Respublikasining Tashqi ishlar vaziri Baiba Braže Xchoning mamlakat „qora roʻyxati“ga kiritilgani maʼlum qildi va hozirda qoʻshiqchiga ushbu davlatga kirish taqiqlandi.

Diskografiyasi 2020 – CROSS 2022 – Immigrant Manbalar

Turkum:Rossiyalik qoʻshiqchilar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:9-iyunda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar