Xitoylik Zheng Qinwen finalda xorvatiyalik Donna Vekićni 6:2, 6:3 hisobida magʻlub etib, 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ayollar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bu Xitoyning ayollar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida birinchi gʻalabasi, 2004-yilgi ayollar juftliklaridan keyin mamlakatning tennis sportidagi birinchi oltin medali, olimpiada tennisida Osiyo mamlakatlari uchun birinchi yakkalik oltin medali, shuningdek, Xorvatiya uchun ham ayollar oʻrtasidagi birinchi yakkalik bahslarida qoʻlga kiritilgan medal boʻldi. Bronza medali uchun bahsda Polshaning 1-raqamli tennischisi Iga Świątek slovakiyalik Anna Karolína Schmiedlováni 6:2, 6:1 hisobida magʻlub etdi. Bu Polshaning olimpiadada tennis sportidagi birinchi medali boʻldi. Reytingda 67-oʻrinda turgan Shmiedlova bu bosqichgacha chiqqan birinchi slovakiyalik ayol boʻldi.

2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ayollar oʻrtasidagi yakkalik tennis musobaqasi 2024-yil 27-iyuldan 3-avgustgacha Fransiyaning Parij shahridagi Roland Garros stadionida boʻlib oʻtdi. Unda 28 davlatdan 64 nafar tennischi ishtirok etdi.

Saralash

Har bir Milliy Olimpiya qoʻmitasidan (MOQ) toʻrttagacha sportchi ishtirok etishi mumkin. 2000-yilgi oʻyinlardan beri musobaqada toʻrt nafar sportchi qoidasi kiritilgan. Erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida saralash asosan ATP reytingi roʻyxati orqali amalga oshiriladi. Erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida 64 ta kvota mavjud.

Musobaqa formati Musobaqada bronza medali uchun oʻyin oʻtkazildi. Uchrashuvlar 3 set davom etdi. Agar tenglik kuzatilsa soʻnggi setda 7 ochkolik tay-brek oʻynaldi.

Jadval Jadval quyidagicha edi.

+Jadval Shan 27 Yak 28 Du 29 Se 30 Chor 31 Pay 1 Ju 2 Shan 3 R64 R32 R16 ¼ ½ BM F

Ishtirokchilar Ishtirokchilar 2024-yil 22-iyuldagi reyting boʻyicha joylashtirilgan.

Barcha bosqichlar

Final

Yuqori yarim boʻlim Boʻlim 1

Boʻlim 2

Quyi yarim boʻlim Boʻlim 3

Boʻlim 4

Manbalar

Havolalar

Draw Entry List Turkum:Tennis 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida