Paetongtarn Shinawatra (tailandcha: แพทองธาร ชินวัตร, 21-avgust 1986-yilda tavallud topgan) – tailandlik siyosatchi va tadbirkor ayol. 2024-yilning 16-avgust sanasidan beri Tailandning 31-chi ayol Bosh vaziri. Shinawatra Pheu Thai siyosiy partiyasining yetakchisi. Taksin Shinawatraning kenja qizi (2001-yildan 2006-yilgacha bosh vazir) va Yingluk Shinawatraning jiyani (2011-yildan 2014-yilgacha bosh vazir). Paetongtarn Tailand tarixidagi bosh vazir boʻlgan eng yosh ayol. Yingluk Shinawatradan keyin ushbu lavozimni egallagan ikkinchi ayol hisoblanadi.

Hayoti Paetongtarn 1986-yil 21-avgustda Bangkokda tavallud topgan. U oʻrta taʼlimni Saint Joseph Convent School maktabida tugatgan. Paetongtarn Chulalongkorn universitetining siyosatshunoslik fakultetida tahsil olib, 2008-yilda siyosatshunoslik boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Shundan soʻng, Paetongtarn oʻqishini Angliyada davom ettirib, Surrey universitetida xalqaro mehmonxona menejmenti boʻyicha magistrlik darajasini olgan.

Manbalar

Turkum:Tailand Bosh vazirlari Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:21-avgustda tugʻilganlar