„Ajoyib xayolparast“ () – 1977-yil suratga olingan oʻzbek sovet filmi. Film yozuvchi Odil Yoqubovning „Baxt qushi“ hikoyasi asosida suratga olingan.

Syujeti Qishloq xoʻjaligida shifokor boʻlib ishlovchi Hasan ismli shaxs film bosh qahramoni. Rafiqasi Tamilani qattiq yaxshi koʻradigan Hasan uning baxtli qilish uchun tinimsiz harakat qiladi. Kunlardan bir kun bemorlardan biri Hasanga quyondan zoʻr daromad kelishini aytib qoladi. Hasan boʻlsa tabiatan xayolparastroq boʻlganligi bois juda katta foyda haqida tunu-kun oʻylay boshlaydi. Oqibatda ham rafiqasiga, ham yaqinlari va qishloq ahliga tobora begona kishiga aylana boradi.

Filmda oʻzbek ayolining mashaqqatli hayot tasvirini oʻzida aks etgani eʼtirof etilgan. Shuningdek, bosh qahramon rolini ijro etgan Baxtiyor Ixtiyorov faoliyati mobaynidagi eng yaxshi rol boʻlganligini oʻz intervyusi orqali aytib oʻtgan.

Rollarda

Baxtiyor Ixtiyorov — Hasan; Aida Yunusova — Tamilla; Murod Rajabov — Vahob; Nigora Ernazarova — Sanobar; Bekzod Hamroev — Karim; Husan Musaboyev — kinomexanik Yoqub duduq

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston filmlari Turkum:Oʻzbekiston SSR filmlari Turkum:Oʻzbek tilidagi filmlar Turkum:1977-yil filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar