Volodimir Oleksandrovich Yemets (; 1937-yil 3-aprel – 1987-yil 9-noyabr) – ukrainalik futbolchi va murabbiy.
Biografiya 1937-yil 3-aprelda Ukraina SSR, Dnepropetrovsk viloyati, Nikopol shahrida tugʻilgan.
Volodimir 1956-yilda Dnepropetrovskning „Metallurg“ jamoasi tarkibida futbol oʻynashni boshlagan va u bilan 4 ta oʻyin oʻtkazgan. 1956-yilda u oʻzining tugʻilgan joyi Nikopolga, mahalliy Trubnik jamoasiga qaytib kelgan. Jamoa safida 8 yil davomida 33 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan. 1964-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
1965-yilda u murabbiylikka oʻtib, Trubnik murabbiylaridan biriga aylangan. 1966-yilda jamoa bosh murabbiyi boʻlgan. 1971-yilda Trubnik oʻz nomini Kolosga oʻzgartirgan. 1981-yilgacha Yemets jamoani boshqargan Gennadiy Jizdik bilan tandemda bosh murabbiy boʻlib qolgan.
1981-yilda Gennadiy Jizdik bilan birga Dneprga (sobiq Metallurg) jamoasiga oʻtgan. Oʻsha paytda Dnepropetrovsk jamoasi Oliy ligaga endigina qaytgan va ligadagi oʻrtacha darjadagi jamoa va yuqori oʻrinlarni qoʻlga kiritmagan edi. Biroq, havas qilsa arziydigan taktik tuygʻu va jamoani birlashtirish qobiliyati Yemets va Jizdikga Dneprni chuqur inqirozdan olib chiqishga, keyin esa jamoani SSSR chempionatining oltin va qoʻsh bronza medallariga olib chiqishga imkon bergan.
1987-yilda mavsum boshida boshlangan muvaffaqiyatsiz natijalar tufayli „Dnepr“ klubini tark etgan. Dneprdan keyin (Jizdiksiz) Yemets Kishinyovdagi Nistru jamoasida ishlagan.
U 1987-yil 9 noyabrda Kishinyovda 1987-yilgi mavsumning soʻnggi oʻyinidan soʻng darhol yurak xurujidan vafot etgan. U Dneprdagi Sursko-Litovsk qabristoniga dafn etilgan.
Yutuqlar
Jamoa
Dnepr
SSSR chempioni: 1983-yil SSSR chempionatining bronza medali sovrindori (2): 1984, 1985 SSSR futbol federatsiyasi kubogi gʻolibi: 1986-yil
Shaxsiy
Ukraina SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy; Moldaviya SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy; Ukraina SSR Oliy Kengashi Prezidiumining diplomi; Ukraina SSR Oliy Kengashi Prezidiumining Faxriy yorligʻi; „SSSR jismoniy tarbiya aʼlochisi“ koʻkrak nishoni; „Sport jasorati“ faxriy koʻkrak nishoni – Lenin komsomolining eng yuqori mukofoti; Ukrainada xizmat koʻrsatgan jismoniy tarbiya xodim
Xotira
Dnepr, Nikopol va Chernigov koʻchalaridan biriga Vladimir Yemets nomi berilgan. Vladimir Aleksandrovich xotirasiga bagʻishlangan oʻyin har yili Dneprda boʻlib oʻtadi.
Manbalar
Havolalar
Volodymyr Yemets ffgd saytida Volodymyr Yemets Metallurg.at saytida Volodymyr Yemets Birinchi qatordan. Vladimir Yemets – „Dnepr“ning afsonaviy davrining afsonaviy murabbiyi.
Turkum:3-aprelda tugʻilganlar Turkum:1937-yilda tugʻilganlar Turkum:Nikopolda tugʻilganlar Turkum:9-noyabrda vafot etganlar Turkum:1987-yilda vafot etganlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:FC Dnipro futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar