Eduard Vasilyevich Malofeyev (, ; 1942-yil 2-iyunda tugʻilgan) – sovet va belaruslik futbol murabbiyi va asli rossiyalik sobiq futbolchi.
Rossiya SFSRda tugʻilib oʻsganiga qaramay, Malofeyev Belorussiyada mashhur boʻlib, Minskning „Dinamo“ jamoasi uchun Sovet Oliy ligasida 100 dan ortiq gol urgan. Eduard murabbiyligida Minskning „Dinamo“ jamoasi yagona Sovet chempioni unvonini qoʻlga kiritgan va Belarus milliy futbol jamoasiga ustozlik qilgan.
Hayot va martaba Malofeyev „Avangard Kolomna“ (1960), „Spartak“ (1961—1962) va Minskning „Dinamo“ (1963—1972) klublarida oʻynagan. 1962-yilda „Spartak“ bilan Sovet Ittifoqi chempionligini qoʻlga kiritgan.
Malofeyev 1963—1968-yillarda SSSR terma jamoasi safida 40 marta maydonga tushgan va 6 ta gol urgan. Eduard UEFA Yevro-1964 va 1968, shuningdek, 1966-yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan.
Malofeyev murabbiy sifatida Minskning „Dinamo“ klubini 1982-yilda SSSR Oliy ligasida chempionlikka olib chiqqan. 1984–1986-yillarda SSSR terma jamoasiga bosh murabbiy boʻlgan. Eduard boshchiligidagi terma jamoa 1986-yilgi jahon chempionatiga yoʻllanma olgan, ammo u jahon chempionati boshlanishidan biroz oldin Valeriy Lobanovskiy foydasiga ishdan boʻshatilgan. Shuningdek, u 2000—2003-yillarda Belarus milliy futbol jamoasini boshqargan.
2004—2007-yillarda Vladimir Romanov xoldingi bilan bogʻliq uchta klubda (Belarusning MTZ-RIPO Minsk, Litvaning FBK Kaunas va Scottish Hearts) turli murabbiylik va maʼmuriy lavozimlarda ishlagan.
Keyingi yillarda u Sankt-Peterburgning „Dinamo“ jamoasini (2009-yilda u Rossiya birinchi divizioniga koʻtarilganLaureati sezona 2009–go goda ), „Shaxtyor Soligorsk“ va „Pskov-747“ klublarini boshqargan.
Terma jamoada gollar № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musoboqa 1. 1965-yil 17-oktyabr Kopengagen, Daniya 2–0 3–1 1966-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 2. 1966-yil 12-iyul Middlesbrough, Angliya 1–0 3–0 1966-yilgi FIFA Jahon chempionati 3. 3–0 4. 1966-yil 28-iyul London, Angliya 1–1 2–1 5. 1967-yil 11-iyun Moskva, Sovet Ittifoqi 1–0 4–3 UEFA Yevro-1968 saralashi 6. 1967-yil 6-sentyabr Turku, Finlandiya 5–2 5–2 7. 1967-yil 31-oktyabr Piraeus, Gretsiya 1–0 1–0 Manbalar
Havolalar Profile at RussiaTeam
Turkum:1942-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Belaruslik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:SSSR milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FC Spartak Moskva futbolchilari Turkum:FC Dinamo Minsk futbolchilari Turkum:1966-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari Turkum:SSSR Oliy ligasi futbolchilari Turkum:SSSR birinchi ligasi futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Belaruslik futbol murabbiylar Turkum:Sovet Ittifoqi milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:FC Dinamo Moskva murabbiylari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi murabbiylari Turkum:SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustalari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Belarus milliy futbol terma jamoasi murabbiylari