Ziyodaxon Isoqova (1998-yil 14-fevral; Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumani) – oʻzbekistonlik para taekvondochi.

Tarjimai holi Ziyodaxonxon Isoqova 1998-yil 14-fevralda Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida tugʻilgan va mazkur tumandagi Qulibek qishlogʻida yashaydi. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

Faoliyati Ziyodaxon Isoqova Ozodbek Hasanov murabbiyligida para-taekvondo bilan shugʻullana boshlagan. 2017-yilda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosiga aylangan. Hozirgi vaqtda Bobur Qoʻziyev murabbiyligi qoʻl ostida musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda.

2021-yilning 21—22-may kunlari Iordaniyaning Amman shahrida oʻtkazilgan litsenzion turnirda ishtirok etib, oltin medalni va Tokioda oʻtkazilgan yozgi paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritgan. Paralimpiya oʻyinlarining yarim final bahsida Ziyodaxon perulik Leonor Espinozaga 7:17 hisobida magʻlub boʻlgan. 3-oʻrin uchun oʻtkazilgan bahsda esa tailandlik Khwansuda Phuangkitchaga 2:18 hisobida imkoniyatni boy bergan.

2022-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida boʻlib oʻtgan Paraosiyo oʻyinlarida ishtirok etib, −48 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

2023-yil Meksikada oʻtkazilgan Jahon chempionatida oltin medal sohibasiga aylangan.

2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 47 kg gacha vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan. Nimchorak finaldan erkin oʻtdi va chorak finalda neytral bayroq ostida ishtirok etgan Zakia Khudadadini 4:3 hisobida magʻlubiyatga uchratgan va yarim finalda tailandlik Khwansuda Phuangkitchadan 5:3 hisobida ustun kelgan. Finalda perulik sportchi – Leonor Espinozaga 4:10 hisobida magʻlub boʻlgan. Mukofotlari „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni (2024-yil)

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston para-taekvondochilari Turkum:Paralimpiyachi ayollar Turkum:Paralimpiada oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik kumush medal sohiblari‎ Turkum:Oʻzbekistonlik ayol taekvondochilar Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:21-asrda Oʻzbekiston ayol sportchilari