Sandra „Sandy“ Dukat (1972-yil 3 mayda tugʻilgan) – amerikalik paralimpiya sportchisi. U proksimal femoral fokal etishmovchilik bilan tugʻilgan, toʻrt yoshida oʻng oyogʻini tizzasidan yuqori qismigacha kesib tashlagan. U togʻ changʻisi, suzish va triatlon boʻyicha xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan. 2013-yil fevralda u tizzasidan yuqorisi amputatsiya qilingan ayollar oʻrtasida marafon boʻyicha jahon rekordini oʻrnatgan.
Sportdagi faoliyati Sandra Dukat mehnatga layoqatlilar bilan turli sport turlarida shugʻullanib ulgʻaygan. U basketbol oʻynagan, balandlikka sakrashga qiziqqan va oʻrta maktabning suzish jamoasi safida boʻlgan. U Chikago Reabilitatsiya Institutiga (RIC) qoʻngʻiroq qilib, amputatsiyani qoʻllab-quvvatlash guruhini qidirganda, ularning sport jamoalari haqida maʼlumotga ega boʻlgan. Shundan soʻnggina u paralimpiya sporti mavjudligini bilgan.
Suzish 1996-yilda Sandra Dukat RICda suzish boʻyicha jamoaga qoʻshilgan. 1997-yilda u AQSh milliy chempionatida 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan va National 5K Disabled Open Water Invitational tanlovida gʻolib boʻlgan. Sandra 1998-yilda AQShning nogironlar suzish jamoasiga tanlab olingan. 1998-yilda nogironlar oʻrtasida suzish boʻyicha jahon chempionatida u 800 metrga erkin usulda suzish boʻyicha oʻsha paytdagi S9 Amerika rekordini yangilagan va AQSh terma jamoasi sardori boʻlgan. Biroq, u finalga chiqa olmagan.
Changʻi sporti Sandra Dukat togʻ changʻi sportiga birinchi marta 1997-yilda AQShning Hartford Ski Spectacular Disabled Sports musobaqasida qatnashganidan soʻng qiziqib qolgan. U RIC Paralimpiya sporti dasturida changʻi uchishni boshlagan, soʻngra har yili 6 oy Koloradodagi nogironlar milliy sport markazida mashgʻulot oʻtkazishga qaror qilgan. Sandra Dukat 2002-yilda Salt-Lake-City shahrida boʻlib oʻtgan qishki Paralimpiada oʻyinlarida togʻ changʻisi boʻyicha ikkita bronza medali va 2006-yilda Turindagi qishki Paralimpiada oʻyinlarida bitta bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2004-yil IPC togʻ changʻisi boʻyicha jahon chempionatida u 3 ta musobaqada: gigant slalom va Super-G boʻyicha bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Sandra Dukat IPC togʻ changʻisi boʻyicha Jahon kubogida muvaffaqiyat qozongan. 2003-2004-yilgi mavsumda u umumjamoa hisobida beshinchi oʻrinni egallagan.
Sandra Dukat 2007-yilda oʻzining togʻ changʻi sportidagi faoliyatini yakunlagan.
Triatlon Sandra Dukat changʻi uchish mavsumlaridan boshqa vaqtlarda motivatsiya va faollikni saqlash uchun triatlon bilan muntazam ravishda shugʻullangan.
2003-yilda Sandra Saint Anthony triatlonining uchkurash yoʻnalishida gʻolib boʻlgan. 2004-yilda u AQSH Paralimpiya triatlonini rivojlantirish jamoasiga qoʻshilgan. Sandra Dukat 2008-yilda AQShning triatlon boʻyicha jismoniy jihatdan qiyin ahvolda boʻlganlar terma jamoasi tarkibiga kiritilgan.
Sandra Dukat 2007. USA Triathlon. Archived from the original on August 23, 2012. Retrieved February 6, 2013., 2008, 2009 va 2010-yillarda paratriatlon boʻyicha AQSh milliy chempionatining ayollar oʻrtasidagi tizzadan past qismi boʻlmaganlar boʻlimda gʻolib boʻlgan. 2008-yilda u Vankuverda boʻlib oʻtgan ITU triatlon boʻyicha jahon chempionatida AQSh shaʼnini himoya qilgan. Sandra Dukat 2008-yilda tizzasidan pasti boʻlmagan nogiron sportchilar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada gʻolib boʻlib, jahon chempioniga aylangan va 2008-yilda AQShda Triatlon boʻyicha yilning eng yaxshi paratriatleti deb topilgan.
Yugurish Ilgari 5K, 10K va yarim marafon poygalarida qatnashgan Sandra Dukat oʻzining birinchi marafonini 2009-yil yanvar oyida oʻtkazgan. Uni mashgʻulot sherigi va tizzadan pastroq amputatsiya boʻyicha jahon rekordchisi Amy Palmiero-Winters kuzatib borgan. 4:40:46 vaqt koʻrsatkichi bilan u marafonni 5 soatdan kamroq vaqt ichida tugatgan birinchi tizzasidan yuqorisidagi amputant ayol boʻlgan.
Shaxsiy hayoti 2007-yilda Sandra Dukat Koloradodagi nogironlar milliy sport markazida nogiron ayol togʻ changʻichilari uchun stipendiya dasturini boshlab, mablagʻ yigʻish uchun Kilimanjaro togʻiga koʻtarilgan besh nafar nogiron togʻ changʻichilari safida boʻlgan.
Sandra Dukat Ogayo shtati Springfielddagi Wittenberg universitetida tahsil olgan. Bir necha yillar davomida u Jismoniy faollik va nogironlik milliy markazida axborot mutaxassisi boʻlib ishlagan.Sandra hozirda The Hartfordda ishlaydi va AQSh Paralimpiya oʻyinlari bilan doimiy aloqaga ega. Mazkur faoliyati uchun u 2011-yilda Hartfordning „Achieve Without Limits“ kampaniyasi uchun USOCning ajoyib taʼsir etuvchi mukofotini qoʻlga kiritgan.
2023-yilda u Wittenberg atletika faxriy zaliga kiritilgan. Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1972-yilda tugʻilganlar Turkum:21-asrda amerikalik sportchilar Turkum:21-asrda amerikalik sportchi ayollar Turkum:Wittenberg universiteti bitiruvchilari Turkum:Amerikalik ayol togʻ changʻichilari Turkum:Amerikalik ayol sportchilar Turkum:Amerikalik ayol triatletlar Turkum:Amerikalik ayol marafon yuguruvchilari Turkum:Amerikalik nogiron sportchilar