Filippo Inzaghi () — Italiyalik futbolchi va murabbiy. Futbolchi sifatida hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. 2006-yilgi jahon chempioni, UEFA Chempionlar ligasining ikki karra gʻolibi, 2007-yilgi klublar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi. Yevropa klublari uchun ochiq boʻlgan UEFA va FIFA ning barcha turnirlarida gol urgan yagona futbolchi. Filippo Inzagining ukasi Simone ham sobiq futbolchi va murabbiy.
Futbolchilik faoliyati Filipponing otasi quyi ligada futbol oʻynagan, onasi Marina esa uy bekasi edi. U bolaligida darvozabon boʻlgan. 11 yoshidan Indzagi Piacenza Calcio 1919 klubining yoshlar jamoasida oʻynagan. Filippo professional futboldagi debyutini 1991-yil 28-avgustda, 18 yoshida, 1991-1992-yilgi Italiya kubogi birinchi bosqichining javob oʻyinida oʻtkazadi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan.
Keyinchalik Simone Seriyadagi debyutini 1991-yil 1-dekabrda „Kazertan“ga qarshi oʻtkazgan, oʻyinda Inzaghi oʻyin oxirida zaxiradan maydonga tushgan. Keyingi mavsumda Pippo ijara asosida C Seriyaning „Leffe“ klubiga oʻtgan, u yerda dastlab zaxirada oʻynagan. 1992-yil 20-dekabrda „Siena“ jamoasiga qarshi oʻyinda u faoliyatidagi ilk golini urgan. Mavsum davomida Filippo 21 oʻyinda 13 ta gol urgan. 1997-yilda kamtarona Atalanta jamoasida oʻynagan Indzagi A seriyada 24 ta gol urgan va darhol Yuventus tomonidan sotib olingan. 1998-yil 18-martda 1997/98-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi chorak finalining javob oʻyinida Dinamo Kiyev klubi darvozasiga 3 ta gol kiritgan. Uchrashuv 4:1 hisobida Juventus foydasiga hal boʻlgan.
2001-yilda Filippo Juventus dan Milanga oʻtgan. 2007-yilda Chempionlar ligasi finalida „Milan“ „Liverpul“ bilan toʻqnash kelgan, Indzagining ikkita goli evaziga „Milan“ 2:1 hisobida gʻalaba qozondi va kubokni qoʻlga kiritgan. 2012-yilning 8-mayida futbolchi mavsum oxirida klubni tark etishini eʼlon qilgan.
Faoliyati statistikasi + Fillipo Inzaghi ning faoliyati davomidagi statistikasi KlubMavusmLigaItaliya kubogiYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGoalsGollarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarPiacenza1991–1992Serie B2010——301994–1995Serie B371542——4117Total391552——4417Leffe (Ijara)1992-1993Serie C1211300——2113Verona (Ijara)1993-1994Serie B361311——3714Parma1995-1996Serie A1521062—224Atalanta1996-1997Serie A332411——3425Juventus1997-1998Serie A3118411061246271998-1999Serie A28131010142201999-2000Serie A331521810—43262000-2001Serie A28110065—3416Jami120577234274316589AC Milan2001-2002Serie A20101274—28162002-2003Serie A3017311612—49302003-2004Serie A1433282302872004–2005Serie A1102021—1512005-2006Serie A23122164—31172006-2007Serie A20253126—37112007-2008Serie A211100543329182008-2009Serie A26130063—32162009-2010Serie A2422172—3352010-2011Serie A620032—942011-2012Serie A712000—91Jami202732010724063300126Karyeradagi statistika466197351611269106623288
Xalqaro maydon + Milliy terma jamoa safidagi statistikaMilliy terma jamoaYilOʻyinlarGollarItaliya1997301998631999832000115200184200280200346200400200500200652200742Jami5725
Manbalar
Havolalar Italia1910.com dagi futbolchi profili FIGC.it dagi futbolchi profili
Turkum:Yashayotgan insonlar turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari turkum:futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Juventus FC futbolchilari Turkum:AC Milan futbolchilari Turkum:Piacenza Calcio 1919 futbolchilari Turkum:Parma Calcio 1913 futbolchilari Turkum:Atalanta BC futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Serie B futbolchilari Turkum:Serie C futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Italiya erkaklar terma jamoasi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1998 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2002 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2000 oʻyinchilari Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:Italiyalik futbol murabbiylar Turkum:Serie A murabbiylari