2023-yilgi Angliya Supekubogi (rasmiy nomi FA Community Shield) – tarixdagi 101-bor oʻtkazilayotgan FA Community Shield turniri. Unda Angliya Premyer-ligasi hamda Angliya kubogining amaldagi gʻoliblari oʻzaro toʻp surishadi. Turnirning 2023-yilgi final uchrashuvi 6-avgust kuni London shahridagi Wembley stadionida boʻlib oʻtdi. 2022-2023-yilgi mavsumda „Manchester City“ jamoasi bir vaqtning oʻzida Premyer-liga hamda Angliya kubogida chempionlikni qoʻlga kiritganligi sababli ularga raqib sifatida ligani ikkinchi oʻrinda yakunlagan klubi ishtirok etdi.
Uchrashuvning asosiy 90 daqiqasi 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi, penaltilar seriyasida esa „Arsenal“ning (4:1) qoʻli baland keldi. Bu klubning 2020-yilgi Angliya Superkubogidan keyingi dastlabki rasmiy sovrini boʻldi. „Manchester City“ esa ketma-ket uchta FA Community Shield finalida magʻlub boʻlgan ikkinchi jamoaga aylandi, bundan avval ularning hamshalarlari „Manchester United“ 1998-2001-yillar oraligʻida ketma-ket toʻrt marotaba imkoniyatni boy bergan edi. Shuningdek „Arsenal“ 2010-yildan buyon Premyer-liga yoki Angliya kubogi sovrinini yutmasdan turib superkubokni qoʻlga kiritgan ilk jamoaga aylandi.
„Liverpool“ klubi turnirning amaldagi gʻolibi boʻlishiga qaramasdan bu safargi finalga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmadi. Tarixi „Manchester City“ 2022-2023-yilgi Angliya Premyer-ligasi gʻolibi sifatida 2023-yilgi Angliya Superkubogiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Keyinchalik klub 2023-yilgi Angliya kubogi finalida mahalliy raqibi „Manchester United“ni ham magʻlub etgan holda qi’ta trebli sohibiga aylanishdi. „Arsenal“ esa Premyer-ligada ikkinchi oʻrinni egallagan holda 2023-yilgi turnirga yoʻllanma oldi. Bu ikki jamoaning ushbu turnirdagi oʻzaro uchinchi bahsi boʻlib bundan avval ular 1934-yilgi FA Charity Shield va 2014-yilgi FA Community Shieldda toʻqnash kelishgan va ikkalasida ham londonliklarning qoʻli baland kelgan. Tafsilotlar
GK 1 Aaron RamsdaleRB 4 Ben WhiteCB 2 William SalibaCB 6 Gabriel MagalhãesLB 12 Jurriën Timber CM 41 Declan Rice CM 5 Thomas ParteyRW 7 Bukayo SakaAM 8 Martin Ødegaard (c)LW 11 Gabriel Martinelli CF 29 Kai HavertzSubstitutes:GK 30 Matt TurnerDF 3 Kieran Tierney DF 15 Jakub KiwiorDF 16 Rob HoldingDF 18 Takehiro TomiyasuMF 10 Emile Smith Rowe MF 21 Fábio Vieira FW 14 Eddie Nketiah FW 19 Leandro Trossard Murabboy: Mikel Arteta GK 18 Stefan OrtegaRB 2 Kyle Walker (c)CB 5 John StonesCB 3 Rúben DiasLB 25 Manuel AkanjiCM 16 RodriCM 8 Mateo Kovačić RW 20 Bernardo SilvaAM 19 Julián ÁlvarezLW 10 Jack Grealish CF 9 Erling Haaland Substitutes:GK 31 EdersonDF 14 Aymeric LaporteDF 21 Sergio GómezDF 82 Rico LewisMF 4 Kalvin PhillipsMF 17 Kevin De Bruyne MF 47 Phil Foden MF 80 Cole Palmer MF 87 James McAteeMurabbiy: Pep Guardiola
Oʻyinning eng yaxshi futbolchisi Leandro Trossard (Arsenal)
Hakam asisstentlari: Tim Wood (Gloucestershire) Dan Robathan (Norfolk) Toʻrtinchi hakam: John Brooks (Leicestershire) Zaxira yordamchi hakamlar: Steve Meredith (Nottinghamshire) Video assistent referi: Michael Salisbury (Lancashire) Yordamchi video assistent referi: Neil Davies (London)Oʻyin qoidalari 90 daqiqa Penaltilar seriyasi agar durrang qayd etilsa Toʻqqiz zaxira futbolchisi, oltitasi maydonga tushirilishi mumkin Manbalar
Turkum:Wembley stadionida oʻtgan sport musobaqalari Turkum:Manchester City F.C. oʻyinlari Turkum:Arsenal F.C. oʻyinlari Turkum:FA Community Shield Turkum:2023-2024-yilgi mavsum Angliya futboli