Kuralbek Dosjanovich Ordabayev (; 1949-yil 6-avgust, Chimkent, Qozogʻiston SSR, SSSR) – sovet futbolchisi, darvozabon pozitsiyasida oʻynagan. Qozoq futboli funksioneri va futbol murabbiyi, SSSR sport ustasi.

Biografiya Kuralbek Shimir urugʻidanBәydіbek baba – Alip bәyterek ұrpaqtariniң shejіresі. Shimir. Izdatelstvo Өner, Almati, 2007, Qұrastirushi avtori Asangeldі Otarov, 816 bet. ISBN 978-601-209-017-8. Futbolchilik faoliyatini vatani, Chimkentda boshlagan. 1971-yilda u Qozogʻistonning asosiy klubi, Olmaotaning „Qayrat“ klubiga taklif qilindi va SSSR chempionatining mavsum kashfiyoti deb topilgan. 12 yil davomida „Qayrat“ jamoasining asosiy darvozaboni boʻlgan.

KPSS aʼzosi edi. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng Kuralbek oʻzining sobiqjamoasi, Jiger futbol klubi rahbari, Qozogʻiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, prezidenti, Qozogʻiston Respublikasi Sport va turizm agentligining maslahatchisi boʻlgan.

Naradalar va unvonlar

1971-yil: – Temir yoʻllar boʻyicha Yevropa kubogi sohibi

1972-yi: – SSSR chempionatida „Mavsum kashfiyoti“ nominatsiyasida gʻolib boʻlgan.

2011-yil: – „Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yiligil“ medali. 2016-yil: – Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan u „Hurmat ordeni“ bilan taqdirlangan. 2023-yil: – „Olmaota shahrining faxriy fuqarosi“ unvoni.

Manbalar

Havolalar

Kuralbek Ordabayev Footballfactsru saytida Kuralbek Ordabayev Transfermarkt saytida

Turkum:6-avgustda tugʻilganlar Turkum:1949-yilda tugʻilganlar Turkum:Chimkentda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Qozogʻistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Qayrat klubi futbolchilari Turkum:FC Jiger futbolchilari Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:SSSR sport ustasi