Abdulrahmon ibn Abdulloh al-Arhabiy () – Karbaloda shahid boʻlgan jangchilardan biri.

Nasabi Abdulrahmon Abdulloh al-Arhabiyning oʻgʻli boʻlgan. Arhab shialarning Banu Hamdon qabilasi mashhur tarmoqlaridan biri edi. Abdulrahmon Kufada yuqori nufuzga ega shaxs boʻlib, Ali ibn Abu Tolib va Husayn ibn Alining hamrohlaridan edi. Uning ismi Abdulrahmon al-Kudariy, Abdulrahmon ibn Abdulloh al-Arhabiy va Abdulrahmon ibn Ubayd al-Arhabiy deb ham tilga olingan.

Kufaga safari Husayn ibn Ali Yazid I ga bay’at qilishdan bosh tortib, Makkaga borgach, Kufa ahli Husaynni u yerga taklif qilish uchun xat yozgan. Abdulrahmon ibn Abdulloh va Qays ibn Mushir Kufa ahli tomonidan 53 ta, boshqa bir manbaga koʻra esa, Husaynga yuborilgan 153 yoki 50 ta maktubda nomi keltirilganlardan boʻlgan. Bu maktublarning umumiy mazmuni uni Kufaga borishga chorlash edi. Ular Makkaga hijriy 60-yil Ramazon oyining 10 yoki 12-kuni (milodiy 680-yil iyul) kirib borganlar.

Kufaliklarning maktublariga javoban Husayn ularning qay darajada yordam bera olishini aniqlash maqsadida Muslim ibn Oqilni Kufaga joʻnatishga qaror qilgan. Muslim ibn Oqilning Kufaga qilgan safarida unga Qays ibn Mushir as-Saydaviy, Abdulrahmon ibn Abdulloh va Umarat ibn Ubayd as-Saluliylar hamrohlik qilgan. Muslim ibn Oqil shahid boʻlgach, Abdulrahmon Kufadan yashirincha chiqib, Husaynning karvoniga qoʻshilgan.

Karbalo jangidagi ishtiroki Ashuro kuni Abdulrahmon Umar ibn Saʼd qoʻshinining bir qancha askarlarini yarador qilgan va oʻldirgan. U dushmanning birinchi hujumidan shahid boʻlganlar qatorida sanaladi. Banu Asad uning jasadini boshqa Karbalo jangi shahidlari bilan birgalikda shahidlar qabriga dafn qilgan. Uning nomi „Ziyora an-Nahiya al-Muqaddasa“da Abdulrahmon ibn Abdulloh ibn al-Kudoriy al-Arhabiy deya tilga olingan.

Manbalar

Turkum:Karbalo jangida vafot etganlar Turkum:Husayn ibn Ali Turkum:600-yilda tugʻilganlar Turkum:680-yilda vafot etganlar Turkum:Husayniya