Laureano Antonio „Toni“ Villa Suárez (1995-yil 7-yanvarda tugʻilgan), Toni Villa yoki oddiygina Toni nomi bilan tanilgan ispaniyalik professional futbolchi, La Liganing „Girona“ klubi chap qanot himoyachisi.
Klublardagi faoliyati Ispaniyaning Mursiya shahrida tugʻilgan Toni faoliyatini „Real Valladolid“ klubida boshlagan. U 2014-yilning 23-aprelida klubning zaxira jamoasidagi debyutini oʻtkazdi, Tercera División turniri doirasidagi „Racing Lermeño CF“ klubiga qarshi bahsda futbolchi zaxiradan maydonga tushirildi va ushbu uchrashuvda valyadolidliklar 5:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Toni oʻzining birinchi golini 2014-yil 28-sentyabrda „Real Oviedo“ bilan kechgan (4:3) Segunda División B uchrashuvida kiritdi. 2016-yilning 8-iyunida u klub bilan shartnomasini 2018-yilga qadar uzaytirdi, ammo 4-avgust kuni uchinchi diviziya jamoasi „Cultural y Deportiva Leonesa“ga ijaraga berildi.
2017-yilning 12-iyunida, 42 yil deganda „Cultural“ jamoasining Segunda divizioniga chiqishda yordam berdi. Biroq biroz vaqt oʻtgach sobiq klubi uning shartnomasidagi sotib olish bandini faollashtirgach Toni „Valladolid“ga qaytdi va ikkinchi divizion klubining uzil-kesil asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. U professional debyutini 3-sentyabr kuni oʻtkazdi, oʻz maydonida „CD Tenerife“ga qarshi oʻyinda (2:0) Míchel oʻrniga ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushirildi.
2017-yilning 4-dekabrida Toni shartnomasini 2021-yilga qadar uzaytirdi. U oʻzining birinchi professional golini 12-may kuni oʻz uyida „Albacete Balompié“ klubiga qarshi oʻyinda (3:2) kiritdi. Mavsum davomida u jami 30 ta oʻyinda maydonga tushib jamoasining La Liga yoʻllanmasini qoʻlga kiritishida yordam berdi.
Toni Ispaniyaning yuqori divizonidagi debyutini 2018-yilning 17-avgustida „Girona“ jamoasiga qarshi safarda 0:0 hisobi yakunlangan oʻyinda oʻtkazdi. U La Ligadagi ilk goli 1-dekabr kuni „CD Leganes“ga qarshi oʻyinda (4:2) kiritdi.
2022-yilning 1-sentyabrida Toni boshqa bir ispan klubi „Girona“ bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
Statistikasi
+ Klub, mavsum va musobaqalarga koʻra oʻyinlar va gollarKlubMavsumLigaCopa del ReyYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarValladolid B2014–15Segunda División B375———3752015–2016Segunda División B372———372Jami747———747Cultural Leonesa2016–2017Segunda División B36550—42457Valladolid2017–2018Segunda División30240—403822018–2019La Liga26200——2622019–2020La Liga23010——2402020–2021La Liga21243——2552021–2022Segunda División37530——4052022–2023La Liga2000——20Jami13911123—4015514Girona2022–2023La Liga24120——2612023–2024La Liga20———20Jami261200000281Karyera jami27424193008230129
Manbalar
Havolalar Profile at the Girona FC website