Vera Ivanovna Artamonova (1923—1994) — Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, sovet ayol mergani, umumiy hisobda 89 ta dushman askarlarini yoʻq qilgan.
Biografiyasi 1923-yil 24-avgustda Ryazan viloyati Miloslavskiy tumanidagi Yermolovka qishlogʻida tavallud topgan. Keyin oilasi bilan Leningrad shahriga koʻchib oʻtgan, u yerda otasi konkachi va tramvay haydovchisi boʻlib ishlay boshlagan, Veraning onasi esa uy bekasi boʻlgan.
Vera Artamonovaning ota-onasi nemislar qoʻlida halok boʻlgan va Vera ota onasi uchun qasos nemislardan olishga qasam ichgan. 1942-yil 7-dekabrda Vera Artamonova oʻz ixtiyori bilan Qizil Armiya safiga kirgan. Podolsk shahridagi Markaziy ayollar snayperlik maktabida tahsil olib, u yerni muvaffaqiyatli tamomlagan. 1943-yil 15-iyuldan harakatdagi armiya polkiga borib qoʻshilgan, 3-zarbdor armiyaning 153-armiya zaxira oʻqchi polkida yefreytor boʻlib xizmat qila boshlagan. Keyin 3-zarbdor armiyaning 21-gvardiya Nevel oʻqchi diviziyasi oʻqchi polkining 5-oʻqchi batalyoni mergani darajasiga koʻtarilgan. Velikiye lukidan Berlingacha boʻlgan harbiy yoʻlni bosib oʻtgan mergan ayol hisoblanadi. Urush yillarida u 89 ta dushmanni yoʻq qilgan. Vera Artamonova 3- va 2-darajali Shon-sharaf ordeni (1944-yil 26-yanvarda 30 ta oʻldirilgan dushman uchun mukofotga taqdim etilgan), 2- va 1-darajali Ulugʻ Vatan urushi ordenlari, shuningdek, medallari bilan taqdirlangan kam soni ayollardan hisoblanadi.
1945-yil 13-sentyabrdan leytenant unvonida V. I. Artamonova harbiy xizmatdan ozod etilgan. Leningradda yashagan va ishlagan, jamoat ishlari bilan shugʻullangan, shahar faxriylar kengashi aʼzosi boʻlgan.
1994-yil 29-iyulda Leningradda vafot etgan.
Manbalar
Turkum:24-avgustda tugʻilganlar Turkum:1923-yilda tugʻilganlar Turkum:29-iyulda vafot etganlar Turkum:1994-yilda vafot etganlar Turkum:Ryazan viloyatida tugʻilganlar Turkum:Leytenantlar (SSSR) Turkum:Vatan urushi 2-darajali ordeni sohiblari Turkum:1-darajali Vatan urushi ordeni sovrindorlari Turkum:III darajali Shuhrat ordeni sohiblari Turkum:Jasurlik uchun medali bilan mukofotlanganlar Turkum:„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari