Laleh Pourkarim ( , . 1982-yil 10-iyun, Enzeli, Eron) – shved qoʻshiqchisi, musiqachi, aktrisa, bastakor. LaLeh taxallusi ostida ijod etadi. Qisqa aktrisalik faoliyatidan soʻng, 2005-yilda "Laleh" debyut albomi bilan musiqa olamiga kirgan. �M4�Laleh" Shvetsiyada 1-oʻrinni egalladi va yilning eng koʻp sotilgan albomi boʻldi.

Biografiyasi Laleh Pourkarim 1982-yil 10-iyunda Eronda tugʻilgan. Laleh nomi forscha „lola“ degan maʼnoni anglatadi. left|thumb|200x200px|9 yoshiga qadar Lale Belarus SSR poytaxti Minsk shahrida yashagan. Lalehning otasi Huchang Pourkarim rassom, jurnalist, taniqli eron etnografi va jamoat sotsiologi, gazeta muharriri edi. Lalehning onasi Atefe Pourkarim Gruziyadan Ozarbayjon orqali Eronga kelgan va Tehron universitetida adabiyotshunoslik va matematikadan tahsil olgan.

Laleh SSSRda 8 yil yashadi. 1991-yilda (9 yoshida) Laleh va uning onasi Sharqiy Berlin orqali Tidaholmdagi (Shvetsiya) qochqinlar lageriga kirishdi.

1994-yil avgust oyida Lalening otasi kanoedan yiqilib tushgan ayolni qutqarishga urinib, uning koʻz oʻngida vafot etadi. Kanoe agʻdarilgan vaqtda u yordam berishga harakat qilgan. Ayol tirik qolgan, lekin Lalehning otasi choʻkib ketgan.

Aktrisa sakkizinchi sinfda (13-14 yosh) birinchi marta musiqa tanlovida qatnashdi va unda gʻolib boʻldi.

Laleh Pourkarim 2007–2008-yillarda Västerbotten okrugidagi Norrlandda yashagan. 2010-yilda Skellefteådagi qisqa muddatli faoliyatdan soʻng u Stokgolmga koʻchib oʻtgan.

Laleh ikkita davlat fuqarosi hisoblanadi. Aktrisa shved, ingliz, rus va fors tillarida bemalol gaplasha oladi.

Laleh Pourkarim sayohat qilishni yaxshi koʻradi. Yevropa va Lotin Amerikasidagi qator mamlakatlarga tashrif buyurgan.

Aktrisa 2014-yil oxirida 1993-yildan beri har yili beriladigan Göteborgare mukofotini olgan.

Shaxsiy hayoti Laleh intervyu berishni umuman yoqtirmaydi, shuning uchun uning shaxsiy hayoti haqida deyarli hech narsa maʼlum emas. U vegetarian va hayvonlarni juda yaxshi koʻradi. Yoshligida sevimli sporti basketbol va futbol boʻlgan. Bir vaqtlar Stokgolm chekkasida – Butchurka kommunasining Tulinge tumanida yashagan, u yerda oʻzining ovoz yozish studiyasi boʻlgan, lekin 2014-yil oxirida u Los-Anjelesga yaʼni AQShga koʻchib ketgan.

Ijodi Lalehning musiqiy diapazoni balladalardan pop rokgacha choʻzilgan. Uning ilhom manbalari – Cornelis Vreeswijk, The Police, Cat Stevens va ABBA.

Qoʻshiqchi 2010-yil aprel oyida Los-AnjelesdaMUSEXPO | Showcase Artists butun dunyo boʻylab isteʼdodlarni izlayotgan har yili boʻlib oʻtadigan MusExpo musiqa anjumanida ishtirok etgan.

Laleh 2012-yilda 1960-yillarda taʼsis etilgan Evert Taube stipendiyasini olgan.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Qoʻshiqchilar