Bernarda Ferreyra de Laserda (; Korrea de Souza bilan turmush qurgan) – portugal shoirasi, yozuvchi va dramaturg.
Biografiyasi Yozuvchining bolalik va oʻsmirlik davri haqida deyarli hech qanday maʼlumot saqlanmagan, de Laserda haqida hech qanaqa biografik maʼlumotlar ham mavjud emas, faqat Bernardaning 1595/6Manuel Maunder (1842). The biographical treasury: a dictionary of universal biography. Longman, Brown, Green & Longmans. p. 169. Retrieved 19 October 2012.-yili Portuda tugʻilgani maʼlum, xolos.
Ferreyra de Laserda bir necha tillarda ijod qilgan. Shulardan ispan, lotin va portugal tillarida yozilgan koʻzga koʻringan asarlari mavjud. Oʻzining „Filis“ qoʻshigʻini unga bagʻishlagan yozuvchi Lope de Vega shoiraning lotin tili, ispan qalami va portugalcha qalbining sofligini maqtaydi.
Bernarda Ferreyra de Laserdaning ispaniya qiroli Felipe III (Lissabon, 1618) ga bagʻishlangan „Hespana libertada“ sheʼri kastiliya tilida yozilgan. Asarning ikkinchi qismi muallifning (1673) qizi Mariya Klara de Meneses vafotidan keyin deyarli oʻttiz yil oʻtgach paydo boʻlgan.
De Laserdaning portugalcha sheʼrlari „Soledades do Busao“ (Lissabon, 1634) nomli toʻplamda nashr etilgan va bir vaqtlar oʻquvchilar tomonidan yuqori baholangan, ammo baʼzi tanqidchi adabiyotshunoslar ularni faqat „poetik soʻzlar toʻplami“ deb taʼriflashgan.
Portugal shoiri Manuel de Galyegos ham de Laserda sheʼrlari haqida juda ijobiy fikr bildirgan, bu shoiraning erkak hamkasblari tomonidan ham ijodining yuqori baholaganidan dalolat beradiGwyn Fox (1 June 2008). Subtle Subversions: Reading Golden Age Sonnets by Iberian Women. CUA Press. p. 189. ISBN 978-0-8132-1528-0. Retrieved 19 October 2012..
Bernarda Ferreyra de Laserda 1644-yilda Lissabon shahrida vafot etganDiaz, Jose Simon (1962). Siglos de Oro: Indice de Justas Poeticas. Madrid: CSIC..
Art-feminist Judi Chikago turli davrlarning koʻzga koʻringan ayollariga bagʻishlangan „Zvaniy ujin“ badiiy kompozitsiyasida shoira nomini abadiylashtirgan 28 March 2007..
Manbalar
Turkum:Portugaliyada tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:1644-yilda oʻlganlar