Raxim Abramov (1998-yil 15-martda tugʻilgan, Oʻzbekiston; shuningdek, Rakhim taxallusi bilan ham tanilgan) – rus reperi va videobloger (tiktoker). Qoʻshiqchi oʻzining „Fendi“ qoʻshigʻi bilan mashhur. Rossiyadagi eng koʻp maosh oluvchi tiktoker.

Yoshligi 1998-yil 15-martda Oʻzbekistonda tugʻilgan. Raximning ikkita ukasi bor.

Yoshligida u futbol, voleybol, basketbol bilan shugʻullangan. Oʻqish uchun Chitaga koʻchib oʻtdi, ammo texnikumga kirolmadi. Keyinchalik Raxim dasturchi boʻlish uchun Moskvaga yoʻl oldi.

Faoliyati Tarix va tasviriy sanʼat oʻqituvchilari Raximni oʻz hajviy roliklarini yaratishga ilhomlantirdilar va ularni tarmoqqa joylashtirdilar. Abramov YouTubeda kanal yaratgan, ammo bu unga muvaffaqiyat keltirmagan. 2018-yilda Instagramda qisqa videolarni joylashtirishni boshladi. Oʻsha yili TikTokda akkaunt ochgan va bu unga shuhrat keltirgan.

2019-yilda oʻzining birinchi qoʻshiqlarini yozishni boshladi, ulardan eng muvaffaqiyati „Kto tebe skazal?“ boʻlib, u bir necha soat ichida yozilgan. Qoʻshiq Slava Marlow tomonidan ishlab chiqarilgan.

2020-yil 17-iyulda Raxim „Fendi“ singlini chiqardi. 2020-yil 25-sentyabrda „Milly Rock“ qoʻshigʻi chiqdi. 2020-yil 2-oktyabrda „Fendi“ qoʻshigʻining klipi suratga olindi.

2020-yilda Raxim Forbes maʼlumotlariga koʻra eng koʻp maosh oluvchi tiktokerga aylandi.

2021-yilda Eldjey bilan hamkorlikda „URUS“ treki chiqdi. Trek chiqishi oldidan Raxim koʻk rangli Lamborghini Urus sotib oldi, mashina rangi Raximning eng mashhur treklaridan biri boʻlgan „Siniy Lamborghini“ ga ishora qiladi. Shuningdek, u taniqli tiktokchi Alina Kim ishtirok etgan „Etoy nochyu“ singlini chiqardi.

Raxim „Molodoy chelovek“ filmida Artur rolini ijro etgan.

Diskografiyasi

Singllari YilNomi2020Devochka naivnaTvitterKto tebe skazal?Ya ne xochu spatDrugFendiMilly RockRockstarBig Money2021FendiBeastySiniy LamborghiniEtoy nochyuXentay (Djigan)URUSSwipeUydyoshKto skazal?2022AkkordiVixodnieUbranGolden ChainRazojgi vo mne ogon2023Look At Me HabibiDangerousTalk To Me NiceLike ThatDubai Drift2024Bella HadidThe Babuli

Manbalar

Turkum:Rus reperlari