Mayk Antamanov (, ; 1987-yil 24-aprel, Krasnoyarskda tugʻilgan) – Yangi Zelandiyalik futzalchi, darvozabon ampulasida oʻynaydi. Mayk Yangi Zelandiya terma jamoasida oʻynaydi. Ikki marta OFC Millatlar Kubogi gʻolibi (2022, 2023). 2021-yilda Yangi Zelandiyaning eng yaxshi futzalchiisi boʻlgan.
Biografiya Mayk Krasnoyarskda tugʻilgan. Maktabda oʻqigan davridan mini-futbol oʻynashni boshlagan. Talabalik yillarida Sibir federal universitetini Universiada musoboqalarida himoya qilgan va Krasnoyarsk oʻlkasi chempionatida „Yenisey-GKhK“ jamoasida oʻynagan. Madridda boʻlib oʻtgan atom sanoati va energetika xodimlari oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Yadro chiqindilarini saqlash inshootida ishlagan.
Mayk Moskvaga koʻchib oʻtgach, futzal unga daromad keltirmagani uchun mashgʻulotlarni toʻxtatgan. Keyinchalik Antamanov Rossiyadan Yangi Zelandiyaga koʻchib ketgan va u yerda boʻsh vaqtlarida futzal oʻynashda davom ettirgan. Mayk East Coast Bays va Forrest Hill Milford klublarining tarkibida oʻynagan. 2016-yilda Oklend klubi tarkibida Yangi Zelandiya milliy ligasida oʻynay boshlagan. Uch marta mini-futbol boʻyicha Yangi Zelandiya chempionatining eng yaxshi darvozaboni deb tan olingan. Antamanov mahalliy ligada oʻynab, maosh olmagan. Yangi Zelandiyada u maktabda fan oʻqituvchisi boʻlib ishlagan.
2021-yil oxirida Mayk Yangi Zelandiyaning eng yaxshi futzalchisi deb topilgan. Rossiyalik darvozabonning muvaffaqiyatlari Yangi Zelandiya terma jamoasi murabbiylar shtabi eʼtiborini tortgan. Yangi Zelandiya futbol assotsiatsiyasi yordami bilan u fuqarolik olgan va FIFAdan Yangi Zelandiya terma jamoasi nomini sport musoboqalarida himoya qilish uchun ruxsat olgan. Uning terma jamoadagi debyuti 2022-yilda Okeaniyadagi mini-futbol boʻyicha asosiy turnir boʻlgan OFC Millatlar Kubogida boʻlib oʻtgan. Unda Yangi Zelandiya hal qiluvchi oʻyinda Solomon orollarini magʻlub etib (6:2) gʻolib boʻlgan. Antamanov turnirning eng yaxshi darvozaboni sifatida taqdirlangan.
2023 -yilgi navbatdagi Millatlar kubogi turnirida Yangi Zelandiya yana gʻalaba qozongan va bu terma jamoaga 2024-yilda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatida ishtirok etish imkonini bergan. Antamanov yana turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan.
2024-yilning mart oyi holatiga koʻra, Antamanov Yangi Zelandiya terma jamoasi safida 12 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan.
Yutuqlar
OFC Millatlar kubogi gʻolibi: 2022, 2023-yillar OFC Millatlar Kubogining eng yaxshi darvozaboni: 2022, 2023-yillar Yangi Zelandiyaning eng yaxshi futzalchisi: 2021-yil Yangi Zelandiya chempionatida yilning eng yaxshi darvozaboni: 2016, 2018, 2020-yillar Yangi Zelandiya chempioni: 2018-yil
Manbalar
Havolalar Mayk Antamanov Playmakerstatsuz saytida
Turkum:24-aprelda tugʻilganlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Krasnoyarskda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futzalchilar Turkum:Futzal darvozabonlari Turkum:Rossiyalik erkak futzalchilar Turkum:Yangi Zelandiyalik erkak futzalchilar